Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlil qilish


Download 54.83 Kb.
bet7/15
Sana07.08.2023
Hajmi54.83 Kb.
#1665600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Kreativ pedagogning fikrlashi an

Zamonaviy pedagog har qanday yoshda ham kuchli, yengilmas va irodali shaxs bo’lishi kerak. Biroq, yosh zamonaviy pedagoglar o’zlariga yuklangan barcha masuliyatni tushunmaydilar. Ma’lumki, yosh zamonaviy pedagoglar o’zlariga juda ham ishongan bo’ladilar. Biroq, ularda tajriba yetarli bo’lmaydi. Katta yoshdagi zamonaviy pedagog yetarlicha tajribaga ega bo’lgani bois o’zi va jamoani boshqarishni, qayerda va qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Ammo yosh zamonaviy pedagog boshqalardan o’rganadi, o’z maqsadiga qanday erishishni tasavvur eta oladi. Yosh zamonaviy pedagog degani o’ziga tengdosh shaxslar manfaatlari uchun qonun doirasida faol ish yuritishni anglatadi. Zamonaviy pedagog o’z kuchiga ishongan, jasur va xarizmatik inson bo’lishi lozim. U, hatto, yosh avlodning himoyachisi bo’la oladi. Odatda, yosh zamonaviy pedagoglar tengdoshlari orasida ajralib turadigan yorqin xislatlarga ega shaxslardir. Ular nafaqat tengdoshlarini o’ziga jalb qila oladi, balki o’zidan katta yoshdagilar bilan ham tez til topisha oladi. Bunday zamonaviy pedagog tengdoshlaridan ko’ra ko’proq ma’lumotga ega bo’ladi, bu esa unga muhim masalalarni hal etish imkonini beradi.

Yosh zamonaviy pedagog - tarbiyachilarga xos xususiyatlarni quyidagi toifalarga bo’lish mumkin:

– ishonch – o’z bilim va tajribasini qo’llash;

– faollik – g’ayrat bilan harakat qila olish;
– tashabbuskorlik – faollikning ijodiy namoyon bo’lishi, g’oyalar, takliflarni ilgari surish;
– bilimdonlik – ishni chuqur bilish orqali namoyon qilish;
– kirishimlilik – o’zgalar bilan muloqotga tez kirishish, samimiy bo’lish, insonlararo muloqotga ehtiyoj;

– zehnlilik – voqea-hodisaning mohiyatini tezda anglash, uning sabab va natijasini oldindan ko’ra bilish, eng muhimini aniqlay olish;

– qunt-matonatlilik – iroda kuchini namoyon qila olish, qat’iyatlik, ishni yakuniga yetkaza olish;

– dadillik – his-tuyg’u va harakatlarini, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda nazorat qila olish;


Download 54.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling