Kredit bo’yicha taminot turlari va ularni qo’llash amali kirish asosiy qism


Kredit ta’minlanganligining asosiy shakllari


Download 362.5 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi362.5 Kb.
#1538923
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KREDIT BO’YICHA TAMINOT TURLARI VA ULARNI QO’LLASH AMALI (2)

Kredit ta’minlanganligining asosiy shakllari

Tijorat banklari kreditni qaytmaslik xatarini oldini olish maqsadida quyidagi ta’minot turlarini qabul qiladi:

  • mol-mulk (ko‘chmas va ko‘char mulklar);

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kafilligi (kafolati);

  • uchinchi (jismoniy) shaxslarning kafilligi;

  • qarz oluvchining muddatli va jamg‘arma omonatlari (depozitlari);

  • qimmatli qog‘ozlar;

  • sug‘urta polislari va boshqa ta’minot turlari;

Ta’minot sifatida olinayotgan mol-mulk va kafillar (tashkilotlar) kredit olinayotgan hududda (filialda) joylashgan bo‘lishi shart. Boshqa hududlarda joylashgan mol-mulk va kafillar (tashkilotlar) ta’minot sifatida tan olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlarni qaytarish ta’minoti sifatida olingan ko‘chmas mol-mulk va boyliklarning mavjudligi va saqlanishi ssuda berishga qadar oldindan, mustaqil baholovchi yoki bank xodimi tomonidan baholanishi hamda kreditning amal qilish davrida bank xodimlari tomonidan garov ta’minoti saqlanayotgan yoki joylashgan joyga chiqib har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
Garovga olingan boyliklar hisobidan berilgan kreditlar - bu qarz oluvchining xususiy mulki hisoblangan, kreditor bankning talablari bo‘yicha aniq mulkiy boyliklar yuzasidan garov xuquqlari bilan ta’minlangan kreditlardir. Kreditlar moddiy garov bilan faqat kredit berish chog‘ida emas, balki kreditlarning butun amal qilish davri mobaynida ta’minlanishi shart.
Qarz oluvchining molk-mulkiga bo‘lgan bankning garov xuquqi O‘zbekiston
Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq rasmiylashtiriladi. Garov shartnomasi notarial idorada rasmiylashtirilishi va belgilangan tartibda qayd etilgan bo‘lishi lozim.
Qarz oluvchi bir vaqtning o‘zida kreditni ta’minoti sifatida bir nechta ta’minot turlaridan foydalanishi mumkin.
Garov predmeti har xil mol-mulkdan, shu jumladan, buyum, jixozlar va boshqa qimmatliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Muomaladan chiqarilgan garov ob’eketlari, qarz oluvchining shaxsiyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan talabnomalar, jumladan, shaxs xayotiga yoki sog‘ligiga etkazilgan zararni qoplash, aliment to‘g‘risidagi talabnomalar bundan istisno hisoblanadi va bu ob’ektlar ta’minot sifatida qabul qilinmaydi.
Garovga qo‘yilayotgan mol-mulkni baholash O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari ta’minotning turlari quyidagilar kiritish mumkin:
qimmatbaho toshlar va metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari, Moliya Vazirligi, banklar, boshqa kredit institutlar va sug‘urta kompaniyalarining kafolatlari.
Tijorat banklari, kreditni qaytarish qobiliyati 2-toifadan past bo‘lmagan kredit oluvchilardan, kreditni qaytarilish ta’minoti sifatida “Madad”, “O‘zbekinvest”, “Ishonch” BSK, “Kafolat”, “Alskom” shuningdek, “O‘zdavlatsug‘urtanazorat” ning litsenziyasiga ega bo‘lgan boshqa sug‘urta kompaniyalaridan, kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtasi bo‘yicha bank-benefitsiar foydasiga sug‘urta polislarini qabul qilishlari mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga berilgan kreditlar ta’minotiga “O‘zagrosug‘urta” davlat - aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tomonidan kredit oluvchining kreditni qaytarmaslik xatari bo‘yicha bank - benifitsiar foydasiga berilgan sug‘urta polislarini qabul qilinishi mumkin. Bunda kreditlash faqat, sug‘urta to‘lovi sug‘urta kompaniyasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazilib, kredit oluvchi tomonidan bankka sug‘urta polisi taqdim etilgach amalga oshiriladi.
Berilayotgan kredit hisobidan sug‘urta to‘lovini to‘lash man etiladi
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 52-moddasiga muvofiq qarzdorning oilasi normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan uy-joy va boshqa mulklarni kredit ta’minoti sifatida olishga ruxsat etilmaydi.
YUqori likvidlikka ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar ham garov ashyosi bo‘lishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:

  • davlatning qimmatli qog‘ozlari: - aksiya va obligatsiyalar;

  • boshqa emitentlarning depozit sertifikatlari.

Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoyillar kredit munosabatlari rivojlanishining birinchi bosqichida ko’zga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o’z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular kreditning qaytib berishliligi, kreditning muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va to’lovlilik tamoyillaridir. Biz ko’rib o’tmoqchi bo'lgan tamoyili kreditning ta’minlanganligidir. Bu tamoyil yordamida kreditning iqtisodiyotni rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liqlik ta’minlanadi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo’jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag’larining har bir so’miga muayyan miqdorda moddiy boyliklar qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan har qanday kreditlar to’liq tovar-moddiy boyliklari bilan yoki ma’lum xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos bo’ladi. Bu o’z navbatida bankning likvidligiga va pul muomalasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy-boyliklari va xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatidagi eng asosiy muammolardan biri berilgan ssudalarning qaytarilmasligidir. Ushbu muammoni qisman hal etish, ya’ni mijoz tomonidan kreditni qaytara olmaslik riskini kamaytirish yo’llaridan biri mijoz mulkining ma’lum qismini berilgan kredit uchun garov sifatida talab qilishdir.


Bizga yaxshi ma'lumki, risk bank faoliyatining «hamroxi» hisoblanadi. Banklar aktivlarining juda katta qismini riskli aktivlar tashkil qilib, kredit esa bankning eng baland riskli (100 foiz riskli) aktiv operatsiyasi hisoblanadi. Kredit operatsiyasidagi eng katta risk uning ya'ni, berilgan kreditning qaytmaslik riskidir. Shu bois, kreditni ta'minlanganligi birinchidan, kreditning qaytmasligi bilan bog’liq xavfni (riskni) kamaytiradi yoki oldini oladi, ikkinchidan, kredit bilan bog’liq yo'qotishlarni oldini oladi, uchinchidan, qarz mablag’larining bankka qaytarilishini kafolatlaydi.
Kreditning ta'minlanganligi deganda, beriladigan kreditning qaytarilishi aniq moddiy qimmatliklar, pul hujjatlari yoki pul mablag’larini olishga bo’lgan huquq bilan kafolatlangan bo'lishi tushuniladi.
Tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning ta’minlanganligiga ko'ra ikki guruhga bo’lishimiz mumkin:

  • ta’minlangan kreditlar;

  • ta’minlanmagan kreditlar.

Kreditning ta’minlanganligi aniq garov ob'ektini tegishli tartibda rasmiylashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Lekin ayrim hollarda masalan, yirik mijozlar kreditlanayotganda garov sifatida aniq shaklga ega bo'lgan garov ob'ekti emas, balki umumiy aktivlari olinishi mumkin. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar bank amaliyotida asosan ta'minlanmagan kreditlar berish keng yo'lga qo'yilgan. Ular blankli kreditlar deb ataladi.
Kreditlarni garov ta'minoti bilan ta'minlashning asosiy sabablari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
- mamlakatlardagi iqtisodiy nobarqarorlik tufayli mijozlarning pul oqimi zaif va nobarqaror bo'ladi.
Bizga ma'lumki, kredit garov ob'ekti bilan ta'minlanmagan taqdirda, uni qaytarishning yagona manbai bo'lib mijozning pul oqimi hisoblanadi. Pul oqimi qanchalik zaif va nobarqaror bo'lsa, kreditning qaytmaslik ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi;
- mijozning kredit tarixini o'rganish amaliyoti shakllanmaganligi sababli kredit riski yuqori bo'ladi;
- tijorat banklarida mijozlarning moliyaviy holatini baholash tizimi rivojlanmagan bo'ladi.
Kreditning ta'minlanganligiga mazmunan quyidagicha qarash mumkin, kreditning ta'minlanganligiga iqtisodiy kategoriya sifatida yondashiladigan bo'lsa, u ma'lum bir moddiy boylik yoki xarajat uchun beriladi, shu bois doimo har bir so'm kredit bir so'mlik tovar-moddiy qiymatliklar, xarajatlar, xizmatlar va boshqalar bilan ta'minlanishi lozim.
Kredit qaytarilishining iqtisodiy asosini mablag’ aylanishi tashkil qiladi. Shu sababli, kreditning ta'minlanganlik tamoyili uning muddatlilik va qaytarishlilik tamoyilining bajarilishiga asos bo'ladi.
Banklar amaliyotida kreditning qaytarilishini ta'minlashning ikki guruh manbalari mavjud:
I Birlamchi manbalar.
Birlamchi manbalarga mahsulot realizatsiyasidan (yoki xizmat ko'rsatishdan) tushgan tushumlar kiradi. Ya'ni qarz olayotgan korxonaning barqaror faoliyat olib borishi, pul oqimi va taqdim etilgan biznes-reja birlamchi manbalarning asosi hisoblanadi. Chet ellik ko'pgina banklar kredit qaytarilishining «Oltin qoidasi» sifatida aynan birlamchi manbalarga ko'proq e'tibor qaratadilar. Bunday holatda kreditni qaytarishning real ta'minoti bu moliyaviy barqaror bo'lgan korxonalarning doimiy daromadlaridir. Bunday mijozlar likvid balansga, yuqori rentabellikka, yuqori darajada o'z kapitali bilan ta'minlanganlik darajasiga ega bo'ladi. Shunday ekan, rivojlangan mamlakatlarda kredit shartnomasini tuzishda bankir asos qilib oluvchi «Oltin qoida» - mijoz faoliyatining barqarorligi, daromadidir. Shu boiz, mijozni o'rganganda uning pul oqimi, soha va uning biznesi rivojlanish istiqbollari, mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchilar bilan munosabatlariga e'tibor qaratish lozim. Agar bank mazkur mijozning pul oqimlari to'g’risida salbiy xulosaga ega bo'lsa, kredit bitimlari tuzilmaydi.
Kredit qaytarilishining real garovi sifatida tushumning e'tiborga olinishi faqatgina moliyaviy barqaror korxonalargagina taalluqlidir. Bunday kreditlar o'ta ishonchli, moliyaviy barqaror va bank bilan doimiy munosabatda bo'lgan mijozlargagina berilishi mumkin.
Biroq bu masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Ya'ni, agar kredit so'rab bankka murojaat qilgan mijoz bankning yangi mijozi bo'lsa yoki yuqoridagi talablarga javob bermasa va yoki bizning bank tizimimizda qanday yo'l tutiladi, ta'minotning qaysi manbalaridan foydalaniladi. Ushbu savol tug’ilganida ta'minotning ikkinchi yo'nalishini javob qilib ko'rsatishimiz mumkin.
II Ikkilamchi manbalar.
Bank korxonaning pul tushumi bo'yicha ma'lum darajadagi risklar yuzaga kelganda kreditni qaytarish bo'yicha ikkinchi yo'nalish sifatida boshqa ta'minot turlarini ham talab qilishi mumkin.



  1. Download 362.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling