Kredit-modul tizimi


Oʻqish yuklamasining muvozanatli taqsimoti[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 17.26 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2023
Hajmi17.26 Kb.
#1232452
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Oʻqish yuklamasining muvozanatli taqsimoti[tahrir | manbasini tahrirlash]


ECTS kredit-modul tizimida talaba har bir oʻquv yili uchun toʻplab borishi kerak boʻlgan kreditlar miqdori oldindan belgilab qoʻyilgan. Bu 60 kreditni tashkil qiladi. Har bir semestr uchun belgilangan kreditlar miqdori esa 30 kreditni tashkil qiladi. Bundan tashqari, talaba har bir kreditni qoʻlga kiritish uchun belgilangan oʻqish yuklamasi miqdori ham aniq va bu 25-30 soat oraligʻida. Shunday ekan, talabalarning har oʻquv yilidagi oʻqish yuklamasi oʻrtacha 1500-1800 soat (60*25 = 1500; 60*30= 1800), har semestrdagi oʻqish yuklamasi esa oʻrtacha 750-900 soatni tashkil etadi (30*25 = 750; 30*30= 900). Talabaning bir yillik va bir semestrdagi oʻqish yuklamasi bu miqdordan koʻp ham, kam ham boʻlishi mumkin emas. Shunday ekan, talabalarning bir oʻquv yili yoki bir semestr davomidagi oʻqish yuklamasi ECTS kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan barcha universitetlarda deyarli bir xil boʻladi. Bu birxillik oʻquv dasturlariga barqarorlik va muvozanat olib kiradi. Endilikda OTMlar talabalarga bir semestrda 7ta fan, ikkinchi semestrda esa 10ta fanni oʻqishga majburlashi qiyinlashadi. Amaldagi tizimda esa bunday barqarorlik va muvozanatga kafolat yoʻq edi. Shuning uchun talabalar bir semestr davomida baʼzida 7ta, baʼzida 8ta, va yana boshqa semestrda esa 10 fanni oʻqishlariga toʻgʻri kelyapti. Hozirda aksariyat mahalliy universitetlarda talabalar bir semestr davomida odatda 7-10tagacha fanni oʻqishiga toʻgʻri kelmoqda. Aslida 8-10 fanni 4 oy ichida har tomonlama oʻrganish — muammoli masala. Mamlakatimizdagi amaldagi oliy taʼlim standartlari toʻgʻrisidagi qoidalarda ham OTMlar talabalarga haftasiga 36 soatgacha auditoriya mashgʻulotlari belgilashi mumkinligi qayd etilgan. Bu 5 kunlik oʻquv haftasida kuniga 7 akademik soatni anglatadi. Bunday holatda aksar talaba fanlarni tom maʼnoda oʻrganish oʻrniga kunini shunchaki darsdan darsga, xonadan xonaga yugurib oʻtkazadi. Qolaversa, shuncha vaqtni auditoriyada oʻtkazgan talaba darsdan tashqaridagi vaqtini oʻqishga sarflashi ehtimoli kam. Kredit-modul tizimida esa kreditlarning fanlar boʻyicha oʻrtacha taqsimoti 5, 6 yoki 7.5 ni tashkil etadi. Bu degani talaba bir semestrda koʻpi bilan 4, 5 yoki juda borsa 6 fan oʻrganadi (30/7.5=4; 30/6=5; 30/5=6). Bu talabalar semestr davomida oʻrganishi zarur boʻlgan fanlarning soni amaldagidan koʻra ancha qisqarishini anglatadi. Yaʼni kredit-modul tizimi OTM oʻquv dasturlariga meʼyor va sifat olib kirishi, taʼlimni tashkil etishda son koʻrsatkichidan sifat koʻrsatkichiga oʻtishiga xizmat qiladi. Chunki fanlar soni bu tarzda qisqarishi talabalar oʻz vaqt va imkoniyatlarini shu kam sonli fanlarni chuqurroq va har tomonlama oʻrganishlariga imkoniyat yaratadi.

Download 17.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling