Kredit modul tizimida o'quv jarayonini tashkil qilish


Download 1.87 Mb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi1.87 Mb.
#1006797
  1   2   3
Bog'liq
kredit modul tizimida o\'quv jarayonini tashkil qilish

kredit modul tizimida o'quv jarayonini tashkil qilish

Bajardi: Usarova go’zal 11b 22kt

Tekshirdi: po’latov g’.m.

Reja:

  • 1. Kredit-modul tizimi haqida
  • 2. Talabaning o‘qish yuklamasi
  • 3. o‘quv dasturiga tanlov fanlarining kirib kelishi

Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
— oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
— bitta fan, kurs (kredit)ning­qiymatini aniqlash;
— talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
— talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
— taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;
— taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan talabdan kelib chiqib oʻzgartirish mumkinligi.
Yuqoridagilar dars mashgʻulotlarini nafaqat oʻqitishni innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil oʻqib-oʻrganish, taʼlimga yangicha munosabatda boʻlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga oʻr­gatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yoʻnaltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini taʼminlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling