«Blits-so‘rov» - talabalarni harakatlar ketma-ketligini to‘g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, ma’lumotlarning keraklisini tanlab olishni, o‘zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o‘z fikrini o‘tkaza olish hamda o‘z faoliyati, kunini rejalashtira olishni o‘rgatishga qaratilgan.
«Bahs-munozara» - oydin bo‘lmagan fikrlarni oydinlashtirish, aniq bo‘lmagan dalillarni asoslash, shuningdek, haqiqatni to‘laqonli anglashga yordam beradi. Bashs-munozarani tashkil etish ma’lum qoidalarga asoslanishi zarur. Chunonchi, o‘zgalarning fikrini diqqat bilan tinglay olish, o‘z fikrini ilgari surishda ishonchli dalillardan foydalanish.
“Insert” – avvalgi bilimlarni faollashtirish, matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o‘zining mustaqil faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli, o‘zlashtirishning vazifalarini yechish va o‘quv materialini mustahkamlash, kitob bilan ishlashning malakalarini rivojlantirish o‘qitish usulidir.
«Iyerarxiya» - oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o‘tish usullarini qo‘llash orqali talabalarni mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan.
«Talaba» - talabalar bilan yakkama-yakka holda ishlash o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikda ishlash yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.
«Charxpalak» - talabalarni o‘tilgan mavzularni yod olishga, berilgan savollarga to‘g‘ri javob berishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatishga qaratilgan.
«FSMU» - talabalarni fikrni bayon etishni, fikr bayoniga sabab ko‘rsatishni, sababni asoslovchi misol ko‘rsatishni va fikrni umumlashtirishni o‘rgatishga qaratilgan.
II.MUSTAQIL TA’LIM ISH REJASI
Do'stlaringiz bilan baham: |