Kredit turlari va rasmiylashtirilishi


Kredit ta’minlanganligining asosiy shakllari


Download 84.78 Kb.
bet3/6
Sana27.10.2023
Hajmi84.78 Kb.
#1725810
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1523418450 70954

Kredit ta’minlanganligining asosiy shakllari
Tijorat banklari kreditni qaytmaslik xatarini oldini olish maqsadida quyidagi ta’minot turlarini qabul qiladi:

  • mol-mulk (ko‘chmas va ko‘char mulklar);

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kafilligi (kafolati);

  • uchinchi (jismoniy) shaxslarning kafilligi;

  • qarz oluvchining muddatli va jamg‘arma omonatlari (depozitlari);

  • qimmatli qog‘ozlar;

  • sug‘urta polislari va boshqa ta’minot turlari;

Ta’minot sifatida olinayotgan mol-mulk va kafillar (tashkilotlar) kredit olinayotgan hududda (filialda) joylashgan bo‘lishi shart. Boshqa hududlarda joylashgan mol-mulk va kafillar (tashkilotlar) ta’minot sifatida tan olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlarni qaytarish ta’minoti sifatida olingan ko‘chmas mol-mulk va boyliklarning mavjudligi va saqlanishi ssuda berishga qadar oldindan, mustaqil baholovchi yoki bank xodimi tomonidan baholanishi hamda kreditning amal qilish davrida bank xodimlari tomonidan garov ta’minoti saqlanayotgan yoki joylashgan joyga chiqib har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
Garovga olingan boyliklar hisobidan berilgan kreditlar - bu qarz oluvchining xususiy mulki hisoblangan, kreditor bankning talablari bo‘yicha aniq mulkiy boyliklar yuzasidan garov xuquqlari bilan ta’minlangan kreditlardir. Kreditlar moddiy garov bilan faqat kredit berish chog‘ida emas, balki kreditlarning butun amal qilish davri mobaynida ta’minlanishi shart.
Qarz oluvchining molk-mulkiga bo‘lgan bankning garov xuquqi O‘zbekiston
Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq rasmiylashtiriladi. Garov shartnomasi notarial idorada rasmiylashtirilishi va belgilangan tartibda qayd etilgan bo‘lishi lozim.
Qarz oluvchi bir vaqtning o‘zida kreditni ta’minoti sifatida bir nechta ta’minot turlaridan foydalanishi mumkin.
Garov predmeti har xil mol-mulkdan, shu jumladan, buyum, jixozlar va boshqa qimmatliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Muomaladan chiqarilgan garov ob’eketlari, qarz oluvchining shaxsiyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan talabnomalar, jumladan, shaxs xayotiga yoki sog‘ligiga etkazilgan zararni qoplash, aliment to‘g‘risidagi talabnomalar bundan istisno hisoblanadi va bu ob’ektlar ta’minot sifatida qabul qilinmaydi.
Garovga qo‘yilayotgan mol-mulkni baholash O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari ta’minotning turlari quyidagilar kiritish mumkin:
qimmatbaho toshlar va metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari, Moliya Vazirligi, banklar, boshqa kredit institutlar va sug‘urta kompaniyalarining kafolatlari.
Tijorat banklari, kreditni qaytarish qobiliyati 2-toifadan past bo‘lmagan kredit oluvchilardan, kreditni qaytarilish ta’minoti sifatida “Madad”, “O‘zbekinvest”, “Ishonch” BSK, “Kafolat”, “Alskom” shuningdek, “O‘zdavlatsug‘urtanazorat” ning litsenziyasiga ega bo‘lgan boshqa sug‘urta kompaniyalaridan, kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtasi bo‘yicha bank-benefitsiar foydasiga sug‘urta polislarini qabul qilishlari mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga berilgan kreditlar ta’minotiga “O‘zagrosug‘urta” davlat - aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tomonidan kredit oluvchining kreditni qaytarmaslik xatari bo‘yicha bank - benifitsiar foydasiga berilgan sug‘urta polislarini qabul qilinishi mumkin. Bunda kreditlash faqat, sug‘urta to‘lovi sug‘urta kompaniyasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazilib, kredit oluvchi tomonidan bankka sug‘urta polisi taqdim etilgach amalga oshiriladi.
Berilayotgan kredit hisobidan sug‘urta to‘lovini to‘lash man etiladi
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 52-moddasiga muvofiq qarzdorning oilasi normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan uy-joy va boshqa mulklarni kredit ta’minoti sifatida olishga ruxsat etilmaydi.
YUqori likvidlikka ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar ham garov ashyosi bo‘lishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:

  • davlatning qimmatli qog‘ozlari: - aksiya va obligatsiyalar;

  • boshqa emitentlarning depozit sertifikatlari.


Download 84.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling