Kredit va uning hozirgi shakli


Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta’sir qiluvchi omillar


Download 369.38 Kb.
bet5/7
Sana09.04.2023
Hajmi369.38 Kb.
#1344595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kredit va uning hozirgi shakli

4. Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Kredit munosabatlarining subyektlarga yoki kreditlarning turlariga nisbatan aniq ko’rsatkichlar shaklida belgilab qo’yiladigan kreditdan foydalanishning qat’iy chegarasi kreditlash chegarasi deyiladi. Masalan, kreditning hajmi va yalpi ijtimoiy mahsulot hajmi o’rtasidagi nisbatdan foydalanib kredit chegarasini belgilash mumkin. Bu ko’rsatkichning optimal darajasi korxonani kreditga layoqatligini hisobga olgan holda kreditlashdir. Bunga har xil normativlarni qo’llash, bir mijozga beriladigan kredit miqdorini cheklash kabi tadbirlarni kiritish mumkin. Kreditning quyidagi chegaralari mavjud:
Kreditning ichki chegarasi - kreditning turli shakllarga ega ekanligidan kelib chiqadi (banklar, tijorat va boshqalar). Kreditning ichki chegarasi miqdor jihatdan kreditning har bir shakliga bo’lgan talabga, korxona va xalq xo’jaligining ehtiyojiga va kredit resurslarining mavjudligiga bog’liq
1. Kreditning qayta taqsimlash chegarasi iqtisodiyotda mavjud kredit resurslarining hajmi bilan belgilanadi.
2. Kreditning antisipasiyaviy chegarasi. Kredit yordamida pul jamg’armalarini hosil qilish imkoniyatlarini so’ngi chegarasi antisipasiya deb yuritiladi va bu imkoniyat uning barcha shakllarida namoyon bo’ladi.
Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to’lash. Bu xaq qarz summasining yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to’lash muddati, olingan qarzni o’z vaqtida uzilishiga bog’liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi bank bo’yicha hisobot oyi boshiga bo’lgan o’rtacha foiz stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari mavjud. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasi- da ko’zda tutilgan foiz stavkalari tushuniladi.



Download 369.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling