Kredit va uning iqtisodiy ahamiyati Amrilloyev Diyorbek Sayfullo o`g`li


Download 21.18 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi21.18 Kb.
#1133251
Bog'liq
Tezis kredit va uning iqtisodiy ahamiyati


Kredit va uning iqtisodiy ahamiyati

Amrilloyev Diyorbek Sayfullo o`g`li
Toshkent Moliya institute talabasi

Kredit bu, bo`sh turgan pul mablag`larini ssuda fondi shaklida to`plash va ularni muhtoj bo`lib turga yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uvhun ma`lum muddatga, foiz to`lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatini ifodalaydi.


Kredit (lot. creditum – qarz, credo – ishonaman, maqullayman) – pul mablag`lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to`lab qaytarib berish sharti bilan ma`lum muddatlarga qarz berish. Qarzga mablag` beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq) kreditga boʻlinadi.
Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklari, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi iste`molchilarning mablag`i yetarli bo`lmagan sharoitda to`lovni kechiktirimasdan tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to`lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Iqtisodiy adabiyotlarda kredit faoliyatining ob’ekti va sub’ektiga ta’rif berish orqali iqtisodiy faoliyat turiga kiruvchi va asosiy maqsadli daromad olishga hamda o‘z manfaatlariga erishishga yo‘naltirilgan faoliyatga kredit faoliyati sifatida ta’rif berilgan. Kredit faoliyati deganda kredit munosabatlari qatnashchilarining manfaatlarini ko‘zlab, ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan hamda bank xizmatlari va operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan faoliyatning yig‘indisini tushunishimiz mumkin.
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning samaradorligini ta’minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.Maknoton rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biri kreditlarni garov ta’minoti asosida berishni odatiy hol sifatida qabul qilishdir, degan xulosaga keldi.1 Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida olinadigan mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga etishi lozim. Bu esa, mulkni doimiy ravishda qayta baholab turishni taqozo qiladi. Chunki mulklarning joriy bahosini tez-tez o‘zgarish holati mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotiga xos bo‘lgan holat hisoblanadi.
Xorijiy va milliy iqtisodchilar kreditning mohiyati va roliga nisbatan turli xil nazariy yondashuvlarga ega bo‘lsalar-da, ularning barchasi banklarni qisqa muddatli kreditlashni tashkil qilish asosini korxonaning to‘lov aylanmasi qonuniy ekanligi bilan bog‘lashadi. Kapital aylanishining asosiy qonuniyati sifatida uning uzluksiz ta’minlanishi tushuniladi.
O’zining faoliyat doirasiga qarab qarz oluvchi korxona va tashkilotlar bir necha guruhlarga bo’linishi mumkin. Agrar sohada kreditlar oluvchilar. Bu sohaning bo’lishi - maxsus kredit muasasalari - agrobanklarning, keyinchalik qishloq xo’jaligi sohalariga xizmat ko’rsatuvchi boshqa banklar Paxtabank, G’allabank va boshqa shu turdagi banklarning tashkil topishini belgilab beruvchi asos hisoblanadi. Bu banklar faoliyatining o’ziga xos xususiyati qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan mavsumiylikni e’tiborga olgan holda kreditlash hisoblanadi. Tijorat sohasi uchun kreditlar berish. Bu soha bo’yicha kreditlar savdo va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik sub’ktlariga beriladi. Bu kreditlar tez aylanib kelish xususiyatiga ega bo’lib, tijoratchilar ehtiyojini qondirishda katta ahamiyatga egadir.
Xalqaro kredit — davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga beriladigan kreditlar; pul va moddiy vositalarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakati.
Takror ishlab chiqarishni kengaytirish, istemolni taminlash uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi ko’proq, daromadliroq bo’lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadning o’rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni yuzaga keltiradi va uning massasi oshishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirishda xalqaro kreditning roli. Xalqaro kredit o’z funksiyalarini bajarishda ikkiyoqlama rol o’ynaydi (ijobiy va salbiy).
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy o’rni - uni takror ishlab chiqarish rivojlanishini taminlashda va kengaytirishda namoyon bo’ladi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga turtki bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro kredit ishlab chiqarish baynalmilallashuviga va ayirboshlashuviga, jahon bozorining tashkil topishiga va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi salbiy o’rni - bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda uning qarama-qarshiligi kuchayishida namoyon bo’ladi. Iqtisodiyotda nomutanosiblik chuqurlashadi, kredit-tovarlar qayta ishlanishi tezlashadi, mamlakatlar o’rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlaydi hamda iqtisodiy ko’tarilish va davriy pasayish davrlarida ishlab chiqarishni juda tezlashtiradi. Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi nomutanosiblikni kuchaytiradi, buning oqibatida daromadli tarmoqlar rivojlanishi osonlashadi, shu bilan birgalikda chet el kapitali jalb qilinmagan tarmoqlarning rivojlanishi sekinlashadi.
Yuqoridagi ma`lumotlarga asoslanib xulosa qiladigan bo`lsak, kredit davlat iqtisodiyoti uchun muhim rol o`ynaydi. Chunki davlat tomonidan qancha ko`proq kredit ajratilib tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratilsa iqtisodiyotni rivojlanishi ya`ni takror ishlab chiqarishni tezlashishiga olib keladi va ishsizlik darajasining kamayishiga olib keladi. Ikkinchi sababiga qarasak, banklar orqali tez pul aylanishi sodir bo`lsa iqtisodiyot rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. Yurtimizda kredit ma`lum bir maqsadda olinib, uni o`sha maqsad uchun ya`ni aynan bir soha rivoji uchun hissa qo`shilsa, davlat iqtisodiyoti albatta rivojlanadi.


1  Д. Макнотон. Банковские учреждения в развивающихся странах. - ИЭР МБРР. - Вашингтон Д.С., 1993.-Стр.75



Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling