Kreditning mohiyati, zururiyati va uning bozor iqtisodiyotidagi o’rni
tijorat kreditining quyidagi usullari mavjud: 1. Veksel usuli 2. Ochiq schyot orqali 3. Chegirma berish. 4. Mavsumiy 5. Konsignasiya
Download 301.67 Kb.
|
pul va bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORILAR UCHUN RAXMAT !!!
tijorat kreditining quyidagi usullari mavjud: 1. Veksel usuli 2. Ochiq schyot orqali 3. Chegirma berish. 4. Mavsumiy 5. KonsignasiyaIste’mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo’lishi mumkin. Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko’chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi. Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti bo’lib sotiladigan tovarlar, subyekti bo’lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar hisoblanadi. Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat.real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyasiya darajasi.Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to’lash. Bu xaq qarz summasining yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to’lash muddati, olingan qarzni o’z vaqtida uzilishiga bog’liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi bank bo’yicha hisobot oyi boshiga bo’lgan o’rtacha foiz stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.Umuman kreditlar bo’yicha foiz stavkalari turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Shunday omillarning asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:1. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi. 2. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u kamayadi. 3. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Ko’proq naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha. 4. Qarzni to’lash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga berilib uni asta-sekin kichik qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo’ladi va aksincha. 5. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa foiz yuqori va aksincha. 6. Inflyasiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyasiya darajasiga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi. 7. Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’sinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal ko’rish prinsipi amal qiladi. Masalan, agar aksiya bo’yicha dividend yuqori bo’lsa foiz pasayadi va aksincha. 8. Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past, agar uni qaytishi shubxali bo’lsa foiz yuqori bo’ladi va boshqa omillar.E’TIBORILAR UCHUN RAXMAT !!!Download 301.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling