Kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari


Download 73.53 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2023
Hajmi73.53 Kb.
#1143727
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu. Kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari

KREDITNING ZARURLIGI, MOHIYATI VA

FUNKSIYALARI


Reja:
1.Kredit tushunchasining mazmuni , kreditning zarurligini belgilovchi omillar.
2.Kreditning mohiyati.
3.Kreditning funksiyalari.

Ma’lumki, kishilik jamiyatining dastlabki bosqichi ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi natijasida jamiyat a’zolari boy va kambag’al oilalarga ajraldi. Boy oilalar qo’lida jamiyatdagi moddiy boyliklar to’planib qoldi, kambag’allar esa ana shu boyliklardan mahrum bo’ldilar. Natijada moddiy boyliklar va pul mablag’lari zodagonlar, katta yer egalari, savdogarlar, sarroflar qo’lida va cherkovlarda jamlana borgan. Yersiz dehqonlar, mayda hunarmandlar va boshqa quyi tabaqaga mansub kishilar esa kun ko’rish uchun ulardan ma’lum haq to’lash evaziga yer va ishlab chiqarish jihozlarini ijaraga, turli mahsulotlar va pul mablag’larini qarzga olishga majbur bo’lganlar. Ana shunday qilib, kreditning eng qadimiy shakli sudxo’rlik krediti paydo bo’lgan.


«Kredit» lotincha so’z bo’lib, «qarz» ma’nosini bildiradi. Kredit qadimiy tushuncha sifatida tovar, pul, bozor, baho va boshqa atamalar bilan bir davrda paydo bo’lgan va ularning doimiy hamrohidir.
Kredit kishilik jamiyatining quldorlik, feodalizm va kapitalizm davrlarida rivojlandi hamda takomillashib bordi. Uning yangidan-yangi turlari va shakllari paydo bo’ldi. Kredit jamiyatning barcha sohalariga kirib bordi. Kredit jamiyat takror ishlab chiqarish jarayonida beqiyos o’ringa ega bo’lib, pul – tovar munosabatlarining ajralmas qismiga aylandi.
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining iqtisodiy asosidir.
Fondlarni doiraviy aylanishida tovar ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish vaqtining o’zaro mos kelmay qolishi natijasida qo’shimcha mablag’larga ehtiyoj tug’iladi. Ayrim hollarda esa mablag’lar bekor turib qoladi. Bir tomondan mablag’larning yetishmasligi, boshqa tomondan esa ularning bekor turib qolishi o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Bu ziddiyatni kredit munosabatlari bartaraf etadi.


Download 73.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling