Kriminalistika fani, uning predmeti va vazifalari
Download 44.17 Kb.
|
Kriminalistika fani, uning predmeti va vazifalari-fayllar.org
Kriminalistika fani, uning predmeti va vazifalari Kriminalistika fani, uning predmeti va vazifalari Kriminalistika - jinoyatni ochish va oldini olish maqsadida dalillarni izlash, yig’ish, qayd etish va tadqiq etish boyicha jinoyat-protsessual qonunida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan tehnik vositalar, taktik usullar va metodlar to‘g’risidagi fan.Kriminalistikaning predmeti – jinoyatchilik mexanizmi, jinoyat vauning ishtirokchilari to‘g’risidagi ma’lumotning vujudga kelishi, dalillarni to‘plash, tekshirish, baholash va foydalanish qonuniyatlari vaularni bilish asosida jinoyatlarni tergov qilish va oldini olishning maxsusvosita va usullari majmui Kriminalistikaning yuridik va boshqa fanlar bilan aloqalari Jinoyat sabablarini o‘rganuvchi va uning oldini olish tadbirlariniishlab chiqadigan kriminologiya bilan kriminalistikaning aloqasi hamyaqqol ko‘rinib turibdi. Kriminalistika kriminologiyaning nazariyqoidalari va amaliy materiallarini qo‘llaydi, kriminologiya ham o‘znavbatida aniq jinoyat sodir etishga olib keladigan sabab va sharoitlarniochishbo‘yichakriminalistikbilimlardankengfoydalanadi. Kriminalistika o‘g‘irlik, hujjatlarni qalbakilashtirish va boshqajinoyatlarning oldini olishga da’vat etilgan maxsus usullar va texnikvositalar ishlab chiqishda ham faol qatnashadi.Kriminalistikajinoyatprotsessibilanuzviybog‘liq. Kriminalistika ham jinoyat protsessi, ham jinoyatga oid sud yuritishishlari vazifalariga bo‘ysunadi, jinoyat protsessi prinsiplari vanormalariga rioya qilib, kriminalistik texnika vositalari, taktik usullar vametodlardan foydalana oladi. Bu talablarni buzgan holda to‘plangan, qayd qilingan va tadqiq etilgan faktik ma’lumotlar sud dalillaribo‘lolmaydi, o‘z kuchi va ahamiyatini yo‘qotadi. Jinoyatni tergovqilishda qo‘llaniladigan kriminalistik usullar va vositalar jinoyatprotsessual va normalarga muvofiq ishlab chiqiladi.Kriminalistika ma’lum darajada fuqarolik protsessi bilan hambog‘liqdir. Xususan, fuqarolik protsessini amalga oshirish uchunhujjatlarni texnik-kriminalistik va dastxat ekspertizasida va boshqaashyoviy dalillarni aniqlashda kriminalistik usullar va metodlarqo‘llaniladi. Kriminalistikada qo‘llaniladigan metodlar tasnifi Umumilmiy metodlar ichida, eng avvalo, dialektik metod muhimo‘rin egallaydi. Unga binoan har bir buyum boshqalari bilan o‘zaroaloqalarda, harakatda, muayyan sharoitlarda kelib chiqishi va yo‘qolishimumkin. Jinoyatni ochish va tergov qilishda kelib chiqadigan harqanday masalani hal etishda dialektika tadqiq etilayotgan hodisagaob’ektiv yondashuvning munosabatlari va aloqalarini, shuningdek, ungaxos barcha xususiyatlarni e’tiborga olishni talab etadi. Dialektikaqonunlari barcha narsalar va voqeliklarning mohiyatini tadqiq qilish, bilish, shunday ekan jinoyatni ochish va uni sodir etgan shaxsni aniqlashimkoniyati bor, degan bilish nazariyasiga asoslanadi.Dialektik metod turli munosabat va aloqalar e’tiborsiz qolibketishidan, bir tomonlama tergov qilishdan, faqat bir xil holat bilanqiziqishdan saqlaydi.Umumilmiy metodlarning muayyan turlariga kuzatuv, qiyoslash, o‘lchash, tasvirlash, eksperiment o‘tkazish, modellashtirish va boshqalarkiradi. Kuzatuv. Predmetlar va hodisalarni faol bir maqsadga qaratilganreja asosida va bevosita qabul qilish kuzatuv orqali amalga oshiriladi. Kuzatuv amaliy faoliyatda tintuv va boshqa tergov harakatlarini amalgaoshirish chog‘ida alohida ahamiyatga ega. Kuzatuv vazifalari predmetyoki hodisa xarakteriga qarab belgilanadi.Qiyoslash - tashqi dunyoni idrok qilishning asosiy usullaridan biri. Qiyoslashsiz tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan faqat murakkabhodisalarni emas, balki juda oddiy hodisalarni ham bilish mushkul.Bilish jarayonida, shu jumladan, jinoyatni tergov qilish vaekspertiza jarayonida mazkur metodni keng qo‘llash zarurati yuqoridata’kidlangan holat bilan izohlanadi. Qiyoslash kriminalistikada, umumanidentifikatsiyalash maqsadida o‘tkazilayotgan tadqiqotda alohidaahamiyatga ega. Kriminalistik identifikatsiya tushunchasi, vazifalari, prinsiplari vashakllari Kriminalistik identifikatsiya – bilish vositasi, usuli va metodikmajmui sifatida ob’ektning turli holati, ko‘rinishi, turli vaqtlarda va harqanday murakkab sharoitda kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lganaynanlik va o‘xshashlikni aniqlashga imkon beradigan mukammalmetodikaga ega bo‘lishi kerak.E'tibor qiling! Kriminalistik identifikatsiyaning asosiy hususiyatlari quyidagilardan iborat:kriminalistik identifikatsiya sud dalillari hisoblangan faktik ma'lumotlarni aniqlashga yo'naltirilgan, u jinoyat-processual qonun talablariga bo'ysunadi;kriminalistik identifikatsiya ilgari sodir etilgan hodisa izidan borib, jinoyatni tergov qilish protsessida notanish ob'ektni tadqiq qiladi;kriminalistik identifikatsiya metodi aniq bir moddiy ob'ekt yohud uning eng kichik bir qismini aniqlashga yo'naltirilgan.Kriminalistik identifikatsiya noprotsessual va protsessualshakllarda amalga oshiriladi. Uning noprotsessual shakli o‘z navbatidabir necha ko‘rinishlarda bo‘ladi: 1) surishtiruv organlari tomonidantezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida amalga oshirilganidentifikatsiya; 2) fuqarolik sudlari, shuningdek, notariat organifaoliyatida foydalaniladigan ma’muriy-huquqiy identifikatsiya. Kriminalistik diagnostika “Diagnostika” so'zi yunoncha bo'lib, “farqlash”, “aniqlash” degan ma'noni anglatadi. Kriminalistikada diagnostika tekshirilayotgan holatni odatiy holat bilan o'hshashligini aniqlashdan tashqari farqlash, ya'ni shu holatni unga o'hshash holatlardan ajratish, differentsiyalashtirish tushuniladiKriminalistik diagnostikaning umumiy vazifasiob’ektiv haqiqatniob’ektning xususiyatlari va holatlarini o‘rganish orqali aniqlashdir. Binobarin, diagnostika zamirida umumiy voqealar va ularning natijalaribo‘yicha tanib olish jarayoni yotadi.Diagnostika murakkab sud-isbotlov tizimining usullaridan birisifatida haqiqatni aniqlash umumiy qonun-qoidalariga to‘laligicha moskeladi. Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari Kriminalistik tehnika deganda, jinoyatni aniqlash, ochish va uning oldini olish uchun foydalaniladigan turli tehnika qurilmalari, uskunalar, apparatlar, asboblar, buyumlar va moslamalarni tushunish kerakKriminalistik tehnika bo'limiga tergov jarayonida zarur bo'lgan informatik ma'lumotlar: izlarni topish va tekshirish, otish qurollarini identifikatsiya qilish, turli ma'lumotlarning manbai bo'lgan hujjatlarni tadqiq etish masalalaridan iborat. Mazkur bo'lim tizimiga, shuningdek, odamlarningtashqiqiyofa belgilari asosidaidentifikatsiyaqilish vakriminalistikro'yhatma'lumotlariniqo'llashning mahsus qoidalari ham kiradi. Kriminalistik tehnikatizimida turli ob'ektlarni, izlarni tadqiq etishda qo'llanadigan uslublarham muhim ahamiyatga ega.Kriminalistik tehnika vositasi va uslublarini qo'llash shakllari:1) protsessual shakllar: tezkor-qidiruv tadbirlari; tergov harakatlari va kriminalistik ekspertiza o'tkazish.2) noprotsessual shakllar: kriminalistik ro'yhatdan tekshirish; kriminalist mutahassisning dastlabki tekshiruv-kuzatuvi; mutahassis maslahatini olish; pasport-viza ishlarini yurgizish Trasologiya tushunchasi va izlarning tasniflari Trasologiya bu - izlarning hosil bo'lish mehanizmini, iz hosil qiluvchi ob'ektlarning guruh va individual mansubligini aniqlash, izlarning aksini qidirib topish, qayd etish va tekshirish uchun qo'llaniladigan ilmiy-tehnika vositalari va metodlarini ishlab chiqish haqidagi ta'limotdirKriminalistikada izlar ikki guruhga ajratiladi: Hodisa yoki uning ayrim holatlari inson ongiga singib xotirasidasaqlanadi va ma’lum vaqtlarda ma’lumot-axborot shaklida tiklanadi. Buxildagi izlarni shartli ravishda xotiraviy izlar desa bo‘ladi. Izlarning buturi sub’ektiv xarakterga ega bo‘lib insonning sezish, qabul qilish, tafakkur qilish, xotirasida mustahkam va uzoq muddatgacha saqlashqobiliyatiga, shuningdek, boshqa jismoniy va ruhiy xususiyatlarigabog‘liqdir.Moddiy izlar – jinoiy hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan turli harakatlarnatijasida bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektda uning ma’lum qismidan aksi, modda qoldig‘i yoki boshqa o‘zgarish alomatlari qoladi. Izni hosilqiluvchi ob’ekt izni o‘zida aks ettiruvchida faqat kontakt bo‘lgan tashqituzilishining biror qismidangina iz qoldiradi. SHu asosda iz hosilbo‘lishida ikki ob’ekt o‘zaro munosabatda bo‘lib, birinchisi izni hosilqiluvchi, ikkinchisi izni o‘zida aks ettiruvchi ob’ektlar guruhini tashkilqiladi Ballistika tushunchasi va tekshiruv ob’ektlari Kriminalistik ballistika tekshiruviga quyidagi ob’ektlar kiradi: o‘q-otar quroli, unga o‘xshash bo‘lgan moslama va yasama qurollar, qurolning ayrim qismlari, otilgan-otilmagan harbiy snaryadlar, portlovchi moddalar va ularning qoldiq zarrachalari, otishdan hosil bo‘ladigan turli to‘siqlardagi izlar va jarohatlar, alohida otilgan o‘q (snaryad), gilza, sochma o‘q donalari (drob, kartech) va boshqalar.Kriminalistik ballistikada harbiy ballistika va texnikaning ayrimta’limotlaridan, hozirgi kun yutuqlarini o‘z vazifasiga moslashtirilganholda foydalaniladi. Ballistika sohasiga otish qurollarining tuzilishi, turlari, otishdan hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar, o‘q-dorilarni (patron, o‘qgilzalarni) qaysi quroldan otilganligini tekshirish masalalari kiradi.Kriminalistikballistikafanningboshqasohalari, ayniqsatrasologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Otishdan hosil bo‘ladigan o‘qva gilzalardagi izlarning vujudga kelish mexanizmini o‘rganish vatekshirish, trasologiya nazariyasining umumiy ilmiy asoslariga tayanadi.O‘q otishdan hosil bo‘ladigan turli alomat va jarohatlar insontanasida yuz bersa, ular sud-tibbiyot tekshiruvida ob’ekt bo‘libhisoblanadi, boshqato‘siqlardagibarchao‘zgarish, jarohatlarkriminalistik ballistika sohasiga tegishlidir. QO‘LYOZMA MATNLARNI KRIMINALISTIK USULDA TEKSHIRISH Hujjat deganda, keng ma’noda biror hodisani o‘zida yozma ravishda aks ettiruvchi moddiy ob’ekt tushuniladi. Sud va tergov amaliyotida hujjatlarning quyidagi turlari mavjud: qo‘lda turli yozish vositasida bajarilgan imzolar, xatlar (ariza, tilxat, tarjimai hol va h.k) moliyaviy hujjatlardagi qo‘lyozma va bosma matnlar; tipografiya usulida va bosma asboblar vositasida tayyorlangan hujjatlar, turli grafik chizmalar, rejalar, (hujjatlarning reproduksiya tasviri, kseroks nusxalari va h.k;) foto-kino hujjatlar; turli ob’ektlar, inson va ashyoviy dalillarning kino-foto, video tasviri va fonohujjatlar; magnit tasmasiga yozilgan turli ma’lumotlar.Hujjatlarni ashyoviy dalil sifatida tekshirishda ikki xil ma’lumotolish mumkin bo‘ladi: qo‘lyozma matn, imzo, raqam va boshqa yozuvlarkim tomonidan bajarilgan va ikkinchisi hujjat asl nusxami yokiqalbakiligi, qaysi qismi qanday usulda o‘zgartirilgan, o‘chirilgan, qo‘shimcha yozuvlar kiritilgan va hokazo.Ashyoviy dalil hisoblangan hujjatlarni ishga qay darajada molikekanligini aniqlash uchun tergovchi ularni ko‘zdan kechirib, umumiy va individual xususiyatlarini aniqlaydi va tegishli tartibda rasmiylashtiradi. Kriminalistik xatshunoslik tushunchasi Ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarni tekshirishning asosiy vazifasi -qo‘lyozma matnlarini va imzolarini kim tomonidan bajarilganliginianiqlashdir.Xatshunoslik ekspertizasining tekshiruv ob’ektlari hujjatdagiqo‘lyozma matnlari: harfli, raqamli, shartli belgilar – shifrovka, imzoshaklidagi yozuvlardir. Qo‘lyozma xatlarni (dastxat) tekshirish va uningkim tomonidan bajarilganligini (yozilganligini) aniqlash insonningo‘ziga xos yozish usuli - malaka xususiyatiga bog‘liq.Dastxatning tekshiruv ob’ekti sifatida mustahkam bo‘lishinisbiydir. CHunki xat insonning ongli ravishdagi faoliyatidan birko‘rinish bo‘lib, unga ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir etadi. Ob’ektiv omillar bo‘lib yozish sharoitiga tegishli bo‘lgan holatlar, ya’niatrof-muhit ta’siri, yozish quroli, qanday material - buyumga yozilishikabilar hisoblanadi.Sub’ektiv omillarga yozayotgan shaxsning psixologik kasallik, mastlik, emotsional va shu kabi insonning o‘ziga xos bo‘lgan boshqaholatlari kiradi. SHuningdek, yozish jarayonida shaxs qasddan yozuvini- imzosini o‘zgartirib yozishga harakat qilishi mumkin Kriminalistik texnika tekshiruvi tushunchasi, vazifasi va turlari Hujjatlarni texnik jihatdan tekshirish kriminalistikaning ikkinchibo‘limida mustaqil o‘rin egallaydi. Kriminalistik texnika ba’zi tabiiy vatexnik bilimlarning ayrim tarmoqlarini o‘z vazifasiga moslab, ularasosida turli qalbakilashtirilgan hujjatlarni tekshirish uchun maxsususlublarni ishlab chiqadi.Tergov va sud amaliyotida hujjatlarni kriminalistik texnika usulidatekshirish masalasi ko‘p tarqalgan bo‘lib, hujjatlar ijtimoiy sohalarningbarcha doiralarida alohida o‘rin tutishi, xilma-hil va keng tarqalganmateriallardan tayyorlanganligi bilan bog‘liq. Kriminalistik texnika tekshiruvining ob’ektlari:- turli hujjatlardagi tadqiqot qilinuvchi rekvizitlar (matn, imzo, pul-to‘lov hujjatlari, qimmatbaho ashyoviy boyliklarni olish-sotish kabi harakatlarni ifodalovchi hujjatlar, shaxsiy hujjatlar, ma’lumotnomalar va boshqalar);- pul-to‘lov hujjatlari, naqd pul kirimi va to‘lovi bo‘yicha turli operatsiyalarni aks ettiruvchi chek daftarchasi, kirim-chiqim orderlari, kassa daftarchasi, to‘lov hujjatlari, turli kvitansiyalar, deponent kartochkalari.Hujjatlarni qalbakilashtirishning ikki turi mavjud: 1) soxtalashtirish – hujjatning umumiy shakli to‘g‘ri bo‘lib, undagi ma’lumot to‘laligicha yoki qisman soxta bo‘ladi (masalan, moddiy mablag‘ni sarf qilish hujjatida soxta ma’lumotni rasmiylashtirish tushuniladi); 2) o‘zgartma kiritish – hujjatlardagi birlamchi ma’lumotlar g‘ayriqonuniy o‘zgartiriladi (qo‘shimcha o‘zgartma kiritish, o‘chirish, buzish kabilar). Identifikatsiya ob’ekti sifatida odamning tashqi qiyofasining tushunchasi va ilmiy asoslari Odamlarni tashqi tuzilish xususiyatlari bo‘yicha identifikatsiya qilish – aynanligini belgilash imkoni insonning anatomik va informatik alomatlarining yig‘indisi individual bo‘lganligi va ularni ikkinchi shaxsda takrorlanmaslik ta’limotiga asoslanadi. Bu individuallik xususiyati amaliy va nazariy jihatdan kriminalistik faoliyatda yillar davomida o‘z isbotini topgan. Odam dunyoga kelib yil sayin o‘sadi, betob bo‘ladi, qariydi, turli sabablarga ko‘ra uning tanasida o‘zgarishlar hosil bo‘ladi, shunga qaramay tananing asosiy ko‘rinish xususiyatlari saqlanadi. Yillar davomida hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar tananing ayrim qismlarining o‘lchovi, shakli va tusi nisbiy mustahkamlikka egadir. Insonning tashqi qiyofasi tuzilishidagi belgilar ko‘pchilik odamlarda uchrab tursa, ularning individuallik qiymati past bo‘lib, asosan guruh mansubligini belgilashda xizmat qiladi. Ayrim belgi, tuzilishi xususiyati kam uchraydigan bo‘lsa uning individuallik xususiyati ahamiyatliroq bo‘ladi. Kriminalistik ro‘yxatga olish tushunchasi va uning ahamiyati Kriminalistik ro‘yxat (jinoyatni qayd qilish) deb, jinoyat sodir qilgan shaxs, shuningdek, jinoiy voqea bilan sababli bog‘lanishda bo‘lgan narsalar haqida ma’lumotlarni qayd qilish, yig‘ish va tartibga solishning ilmiy usuliga aytiladi.Kriminalistik ro‘yxatga olishni kriminalistik ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, izlash va qiyosiy tekshirish bo‘yicha faoliyat sifatida ta’riflash mumkin. Ro‘yxatga olish jarayonini hisobga olish ob’ektlarini aniqlashdan, ularning guruh holidagi va xususiy alomatlarini, shu alomatlarni qayd etish usulini, hisobga olish shaklini, ro‘yxat hujjatlarini joylashtirish, kerakli ob’ektlar to‘g‘risida va ob’ektlarni hisobdan chiqarish qoidalari haqida ma’lumotlar olish tartibini belgilab qo‘yishdan iboratKriminalistik ro‘yxatga olishdan jinoyatni tergov qilish va oldiniolish maqsadlarida foydalaniladi. Jinoyatlarni ochish va tergov qilishdatergovchi va tezkor xodim kriminalistik ro‘yxatga olish deb ataluvchiturli xildagi hisobga olish axborotlaridan muntazam foydalanadilar. Ro‘yxatga olish yordamida shaxslar, izlar, narsalar va boshqa turliob’ektlar haqida kriminalistik jihatdan ahamiyatli axborot olinadi. Bunday axborot tergov va tezkor-qidiruv yo‘li bilan to‘planadi. Kriminalistik taktika tushunchasi va uning vazifasi Kriminalistik taktika – bu kriminalistikaning tergovni tashkil etish va rejalashtirish, uni amalga oshiruvchi shaxslar xatti-harakatlarining optimal uslubini jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va majburiyatlarini O’zR JPK talablariga qat’iy muvofiq ravishda belgilash va amalga oshirish nazariy qoidalari va bu xususda amaliy tavsiyalar tizimidan iborat bo‘limi.Kriminalistik taktikaning bosh vazifasi tergov harakatlari vatashkiliy tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi kriminalistik faoliyatni samaralitashkil etish, shuningdek jinoyat ishi bo‘yicha tergovni uning barchaishtirokchilari o‘zaro munosabatlari tizimini oqilona tashkillashtirishyo‘li bilan yuritishdan iborat. Kriminalistik taktik tavsiyalarda kriminalistik texnika muhim o‘rinegallaydi. U ko‘zdan kechirish, tintuv, eksperimentni tashkil etish vaamalga oshirish, ekspertiza hamda boshqa tergov harakatlarini tayinlashva o‘tkazish chog‘ida kriminalistik taktik qoidalar tarkibida qo‘llaniladi. Taktik usul – bu tergovni yuritayotgan shaxs xattiharakatlarining jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish bilan bog‘liq vazifalarni samarali hal qilish imkonini beradigan maqbul uslub. Tergovni rejalashtirish hamda tashkil etish tushunchasi va vazifalari Jinoyat ishi bo‘yicha tergov qilish rejasi – ish yuzasidan chin haqiqatni aniqlashga qaratilgan harakatlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan topshiriq. Jinoyatni tergov qilishni rejalashtirish – jinoyat-protsessual qonunchiligining talablari va hodisaning o‘ziga xos shartsharoitlaridan kelib chiqqan holda tergov vazifalarini, ularni yechish yo‘llari va usullarini aniqlash.Rejalashtirish o‘tkazilayotgan tergovning xayoliy modelini boshidan oxirigacha tuzish va unga aniqlik kiritishdan iborat bo‘lsa, tashkil etish tuzilgan tergov rejasini optimal amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi, ya’ni ta’minlovchi xususiyat kasb etadi.Tergov qilishni rejalashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) mazkur hol uchun ehtimol tutilgan barcha tusmollarni tuzib chiqishni; 2) ularni tekshirishning asosiy yo‘llari va usullarini belgilab olishni; 3) dalillarni o‘z ichiga olgan manbalarni va dalillarni to‘plashda yordam berishi mumkin bo‘lgan vositalarni aniqlashni; 4) mo‘ljallanayotgan tergov harakatlari va boshqa harakatlarni, ularni o‘tkazish muddatlari, ketma-ketligi va taktik usullarini. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishning umumiy qoidalari Ko‘zdan kechirish – jinoyat izlari va ashyoviy dalillarni topish, tekshirilayotgan hodisa sharoitlarini va yuz bergan voqeaning boshqa holatlarini aniqlash maqsadida moddiy sharoit ob’ektlarini tergovchi tomonidan bevosita kuzatish va tahlil qilishdan iborat protsessual harakatHodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning umumiyvazifasi yuz bergan jinoyat voqeasi holatlari, unga daxldor shaxslar vaob’ektlar, ularning o‘zaro aloqalari va harakatlari to‘g‘risida faktikma’lumotlarni protsessual yo‘l bilan olishdan iborat. Ushbu vazifani samarali hal qilish uchun tergovchi: 1) tekshirilayotgan voqea qanday sharoitlarda yuz berganinianiqlashi, ularni bayonnomada va texnik-kriminalistik vositalaryordamida qayd etishi; 2) jinoyatning moddiy izlarini aniqlashi, qayd etishi va olib qo‘yishi; 3) izlar va narsalarning jinoyatchi, jabrlanuvchi va boshqasub’ektlar va ob’ektlar bilan aloqasini aniqlashi; 4) aybdor shaxsni aniqlash, qidirish va fosh etish, boshqa tergovharakatlarinio‘tkazish, sudekspertizalarinitayinlashuchunboshlang‘ich axborotni to‘plashi lozim.Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida haletiladigan maxsus vazifalar: a) voqea guvohlari va shohidlarini aniqlash; b) jinoyatchida, u foydalangan qurol va transport vositalaridaqolishi mumkin bo‘lgan izlarni aniqlash; Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishga tayyorgarlik ko‘rish ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich tergovchining hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqishdan oldingi harakatlarini, ikkinchi bosqich esa – hodisa sodir bo‘lgan joyga yetib borgandan keyingi tayyorgarlik harakatlarini o‘z ichiga oladi. TERGOV EKSPERIMENTI TAKTIKASI Tergov eksperimenti – jinoyat ishini tergov qilish jarayonida sodir bo‘lgan hodisaning ayrim holatlarini va vaziyatlarini tajriba usulida tekshirishga oid kriminalistik taktika tizimida mustaqil tergov harakati.Tergov eksperimenti – ish uchun muhim bo‘lgan holatlarning amalda mavjudligini aniqlash uchun ularni tiklash va tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkaziladigan protsessual harakatEksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Tergov eksperimentini o‘tkazish tergovchiga u yoki bu harakat, voqea, hodisa yuz bergan bo‘lishi mumkinligi yoki mumkin emasligini muayyan tergov vaziyati sharoitida tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash imkonini beradi.Tergov eksperimentining asosiy turlari quyidagi imkoniyatlar mavjudligini aniqlash uchun o‘tkaziladi: 1) muayyan sharoitlarda biron-bir ob’ekt, harakat yoki hodisani idrok etish (ko‘rish, eshitish, hid sezish, paypaslab ko‘rish); 2) berilgan sharoitlarda biron-bir harakatlarni bajarish; 3) tergov qilinayotgan jinoyat voqeasi mexanizmining ayrim elementlari mavjudligiTergov eksperimentini tashkil etish: a) uning maqsadi va ha qilinadigan vazifalarni belgilash; b) uni o‘tkazish vaqti, joyi vasharoitlarini belgilash; v) tajribalar tuzilishi va oldinma-ketinligi xayoliymodelini tuzish; g) tergov harakati ishtirokchilarini va ulardan harbirining rolini belgilash; d) tajriba o‘tkazish uchun zarur narsalar vatexnika vositalarini tayyorlash, ularni qayd etish usullarini belgilashdantarkib topadi Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish tushunchasi va vazifasi Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish – bu ilgari berilgan ko‘rsatuvlarni tekshirilayotgan voqea bilan bog‘liq joyda tekshirish yoki ularga aniqlik kiritish yo‘li bilan yangi holatlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan mustaqil tergov harakati. ‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish vazifalari:1) ish materialidagi dalillarni tekshirish;2) ko‘rsatuvlardagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;3) yangi dalillarni aniqlash;4) jinoyatni keltirib chiqargan shart-sharoitlarni aniqlash.Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishda ma’lumotlar taxminan to‘rt manbadan olinadi: 1) so‘roq qilingan shaxsning ko‘rsatuvidan; 2) hodisa joyidagi faktik holatlardan; 3) hodisa joyida ko‘zdan kechirish jarayonida so‘roq qilish bilan olinadigan ma’lumotlardan; 4) ko‘zdan kechirish natijasida olinadigan axborotlardanKo‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa sodir bo‘lgan joyda birvaqtning o‘zida ko‘rsatish, ko‘zdan kechirish yoki ba’zi narsalarni, hujjatlarni, izlarni olish yoxud muayyan harakatlarni namoyish qilishorqali tushuntirish beradi yoki o‘zining avval bergan ko‘rsatuvlarigaaniqlik kiritadi Tintuv tushunchasi va uning turlari Tintuv – bu muayyan shaxs yoki uning oila a’zolari yoxud tashkilotga tegishli bo‘lgan turar joy binolari va boshqa imoratlar, hudud shaxsiy buyumlarni majburiy tekshirishga qaratilgan,vakolatli mansabdor shaxs tomonidan fuqarolar va yuridik haxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlariga rioya etilgan holda, jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan daliliy axborotning aniq manbalarini topish va olib qo‘yish maqsadida o‘tkaziladigan tergov harakati.Tintuvning bevosita vazifalari quyidagilardan iborat: qidirilayotgan ob’ektlarni topish, ular yashirilgan joylarni, shuningdek topilgan ob’ektlarning o‘ziga xos belgilarini qayd etish; olib qo‘yilgan narsalarni jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yishTintuv – psixologik jihatdan o‘ta murakkab va sermehnat, ba’zannizoli vaziyatda o‘tkaziladigan tergov harakatlaridan biri. Tintuvnisamarali o‘tkazish unga puxta tayyorgarlik ko‘rishni taqozo etadi. Tayyorgarlik tadbirlari tergovchi tomonidan tintuv o‘tkazish to‘g‘risidaqaror qabul qilingan paytdan tintuv o‘tkaziladigan joyga kelgunga qadar amalga oshiriladi. Olib qo‘yish tartibi Olib qo‘yish O‘zR JPKning 157-moddasida belgilangan tartibdao‘tkaziladi. Ko‘pincha u korxonalar, tashkilotlar yoki muassasalarofisida turgan hujjatlar va narsalarni olib qo‘yish uchun o‘tkaziladi. Agar hujjatlar to‘plamidan, masalan, buxgalteriya hujjatlari orasidanfaqat tergov qilinayotgan jinoyat ishiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarnitanlab olish kerak bo‘lsa, olib qo‘yishni o‘tkazishda tegishli mutaxassisishtirok etishi lozim. Olib qo‘yish jarayonida faol qidiruv harakatlariamalga oshirilmaydi, shu sababli u fuqarolarning huquqlari va qonuniymanfaatlariga tintuvga qaraganda kamroq daxl etadi.Jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum bo‘lib, ularni qidirishning hojati bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi va sud ularni olib qo‘yishga haqlidir (JPK 157-modda). So‘roq tushunchasi va ko‘rsatuvlarning psixologik asoslari So‘roq tergovchi bilan jinoiy voqea haqida ma’lumot beruvchi shaxs o‘rtasidagi o‘zaro muloqotdir. So‘roq qilishning umumiy vazifasi – so‘roq qilinayotgan shaxslarning har biridan tergov qilinayotgan jinoyat holatlari va uni sodir etishda aybdor shaxslar to‘g‘risida unga ma’lum bo‘lgan barcha haqqoniy ma’lumotlarni olishSo‘roq turlari so‘roq qilinuvchining protsessual holatiga qarab farq qiladi. Bular – guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, ekspertni so‘roq qilish. So‘roq qilinuvchilarning yoshigaqarab voyaga yetganlar, voyaga yetmaganlar, yosh bolalar, qariyalarni so‘roq qilish farqlanadi. Ushbu tergov harakatini o‘tkazishning oldinma-ketinligiga ko‘rabirlamchi, takroriy va qo‘shimcha so‘roq qilish, o‘tkazish sub’ektiga ko‘ra – tergovchi, surishtiruvchi, tergov bo‘linmasi boshlig‘i, prokuror, sudya tomonidan o‘tkaziladigan so‘roq farqlanadi. Tanib olish uchun ko‘rsatish tushunchasi va uning ob’ektlari Tanib olish uchun ko‘rsatish – O’zR JPKning 125-moddasi bilan tartibga solinadigan, guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi o‘ziga ko‘rsatilgan o‘xshash ob’ektlarni kuzatib, ularning belgilarini o‘z xotirasida aks etgan xayoliy obraz bilan solishtiradigan va ularning o‘rtasida ayniylik mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi masalani hal etishidan iborat bo‘lgan tergov harakati. Axborot oqimining murakkabligi tergovchiga uning har bir elementini nazorat qilish va baholash majburiyatini yuklaydi. Bunda tanib oluvchi ko‘rsatuvlarining shakllanishi psixologik jarayoni asosiy rolni o‘naydi. Birinchi bosqichda sub’ekt (ob’ekt) obrazini kuzatish, eslab qolish va xotirada saqlash sodir bo‘ladi. Ikkinchibosqichga yodda qolgan xususiyatlar va belgilarni eslash, ularni og‘zaki gavdalantirish xos. Uchinchi (yakunlovchi) bosqichdaxotirada saqlangan obrazni tanib olish uchun ko‘rsatilgan ob’ektlar bilan solishtirish amalga oshiriladiTanib olish uchun ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlar har bir aniq jinoyat ishidagi materiallarga qarab hal qilinadi. Bu to‘g‘risida avvaldan umumiy qoida belgilab bo‘lmaydi, lekin shu narsa shubhasizki, agar: 1) guvoh, jabrlanuvchi yoki ayblanuvchi biror ob’ekt bilan tanish ekanligini bildirsa va bunga tergovchi shubha qilmasa; 2) ular biror ob’ektni tanimasliklarini yoki taniy olmasliklarini bildirsalar; 3) taniladigan ob’ektning hech qanday o‘ziga xos alomatlari bo‘lmasa; 4) tanilishi lozim ob’ektning nomeri yoki maxsus yozuvlari bo‘lsa, bu holatlarda tanish uchun ko‘rsatishga zaruriyat qolmaydi. So‘zlashuvlarni eshitib turishning umumiy tartibi Telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish telefon aloqasi tarmoqlari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni texnika vositalari yordamida xufyona eshitish va tezkor qiziqish ob’ekti hisoblangan shaxsning jinoiy faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, uning aloqalarini aniqlash, tezkor-qidiruv faoliyatining aniq vazifalarini hal qilish uchun foydali bo‘lgan boshqa axborotni olish uchun qayd etish borasidagi harakat yig‘indisi hisoblanadi.elefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim unda eshitiladigan axborotlar xususiyati va hajmi, shuningdek, so‘zlashuvlarni eshitib turishning borishini va natijalarini qayd etish shakli belgilanib, milliy xavfsizlik xizmati organlariga ijro etish uchun yuboriladi. So‘zlashuvlarni eshitib turish olti oydan ortiq davom etishi mumkin emas. Jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik uslubiyoti tushunchasi Kriminalistik uslubiyotni o‘rganadigan qonuniyatlar o‘z xususiyatiga ko‘ra ikki qismdan: umumiy qoidalar va jinoyatlarni tergov qilishning xususiy (turga oid) uslubiyotlar tizimidan iborat.Umumiy qoidalar kriminalistik uslubiyotning nazariy asoslaribo‘lib, u kriminalistikaning mazkur qismining mavzui (predmeti)ni, ilmiy bilimlarning boshqasohalari bilanaloqalarini, xususiykriminalistikuslubiyotlarnituzish, ishlabchiqishvaulardanfoydalanishga oid eng muhim masalalarni hamda jinoyatlarni ochish, tergov qilish va ularning oldini olish muammolarini tadqiq etishni o‘zichiga oladi. Xususiy uslubiyotlar – kriminalistika fanining pirovard “mahsuloti” bo‘lib, amaliy xususiyatga ega bo‘lgan hamda tergovchilar va surishtiruvchilarga jinoyatlarning har xil turlarini ochish, tergov qilish va bartaraf etishda ularning ishlarini maqbullashtirish uchun mo‘ljallangan nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalar majmuidan iboratdir. Kriminalistik uslubiyotning umumiy qoidalaridan farqli o‘laroq xususiy uslubiyotlar – bu jinoyatlarning ayrim turlarini ochish, tergov qilish va jinoyatchilikni bartaraf etishni tashkil qilish bo‘yicha uslubiy toifalashtirilgan tizimdir QOTILLIK JINOYATLARINI TERGOV QILISH Qotillik jinoyatlarini sodir etishda jinoyatchilar turli usul va qurollarni qo‘llaydilar. Ko‘p hollarda ular o‘q otish va sovuq qurollar, turli uy-ro‘zg‘or buyumlari (pichoq,tesha, bolta), biror qattiq predmet (temir, tosh kabi)lar bilan jarohat yetkazib sodir etadilar. Qotillik jinoyatlari bo‘g‘ish, nafas olish yo‘llarini bekitish, zaharlash, suvda cho‘ktirish, portlatish va boshqa usullari bilan ham sodir etiladAksariyat hollarda qotillik jinoyatlari uy-joy binolarida, jamoa joylarida, ko‘chalarda sodir etiladi, bunda jinoyatning oqibati, qurollar, izlar yashirilmaydi, qotilning o‘zi ham ba’zida qochmaydi, bekinmaydi. Bunday jinoyatlar ko‘pincha g‘arazlik, o‘ch olish, rashk, bezorilik, ikki jinoiy guruhlarning qarama-qarshilik to‘qnashuvlari natijasida sodir bo‘ladi. Bu holatlarda sodir etilgan qotillik jinoyatlarining ochilishi va tergov jarayoni unchalik qiyinchilikni tug‘dirmaydi. Tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo‘llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvchi shaxsi va o‘lim sababi haqidagi dastlabki ma’lumotlar asosida tusmollarni ishlab chiqish va tergovni to‘g‘ri tashkil etish, ya’ni jinoyatni tegishli muddatlarda ochish-isbotlash mumkin bo‘ladi. Ayrim hollarda qotillik jinoyati yashirin vaziyatda, guvohlarsiz, kechaning qorong‘uligi, odamning yo‘qligidan foydalanib sodir etiladi. Nomusga tegishning kriminalistik tavsifi Nomusga tegish jinoyatlarining sodir etilish usulini ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchi usulda jabrlanuvchiga to‘satdan hujum qilish orqali sodir etiladi, tajovuz ochiq joyda yoki binolarda bo‘lishi mumkin. Bu holatda haqorat so‘zlar va jismoniy kuch ishlatib yoki biron-bir vosita orqali tahdid qilinishi mumkin. Yordamga chaqirish, qarshilik ko‘rsatishni bartaraf qilish maqsadida jabrlanuvchining og‘zi yopiladi, qo‘llari bog‘lanadi, narkoz ham ishlatilishi mumkin. Ko‘p hollarda jabrlanuvchining kiyimlari yirtib tashlanadi.Ikkinchi usulda jinoyatchi jabrlanuvchi bilan tanish bo‘lgan yoki birinchi tanishish paytida qo‘llaniladi. Bunday holatda ham hujum to‘satdan bo‘lishi mumkin. Lekin, bundan tashqari boshqa usullar ham qo‘llaniladi. Jabrlanuvchi dastlab mast holatga keltiriladi, uning diqqatini turli suhbatlar, turli predmetlar, peyzajlar, parnografik suratlar tomosha qilish bilan chalg‘itadilar. Jabrlanuvchining issiq xonada o‘zining ustki kiyimini yechishdan foydalanadilar. Ba’zanjinsiy muloqotgaoid gaplar va hatti-harakatlar qo‘llaniladi. Bu oxirgiusullar odatda voyaga yetmaganlar va aqli zaiflarga nisbatan qo‘llaniladi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlariningkriminalistik tavsifi Talon-toroj jinoyati mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgandauni sodir etish usulini ikki turga ajratish mumkin:oddiy talon-toroj, ya’ni hech qanday niqobsiz mulkni qonunsizegallab olish va niqoblab sodir etilgan jinoyat. Bu turdagi jinoyatlarquyidagi usullar bilan sodir etiladi:a) hisob-kitob hujjatlarini, hisob-kitob reestridagi kirim-chiqimyozuvlarini qalbakilashtirish;b) savdo bazalarida va omborlardahisobga olinmagan ortiqchamahsulotlarni vujudga keltirish;v) ishlab chiqarish jarayonida hisobga olinmagan ortiqchamahsulotlarni vujudga keltirish;g) g‘arazli maqsadlarda pulni boshqa shaxslarga berish;d) pul vositalarini noqonuniy ravishda, aldov yo‘li bilan olish.Mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj jinoyatlari o‘zlashtirish, rastrata, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, soxtakorlik, vakolatdoirasidan chetga chiqish orqali ham sodir etiladi.Davlat va jamoat mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarinio‘rganishda jinoyatchining shaxsiy xususiyatlarini ham e’tiborga olishlozim. Agar talon-toroj bir guruh mansabdor shaxslar tomonidantashkiliy ravishda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishtirokchilarining harbirining roli, tashkilotchilari aniqlanishi lozim. Ko‘pincha bundayjinoyatlar firibgarlar, yulg‘uchlar tomonidan sodir etiladi, ular moliyaxo‘jalik ishlari, ishlab chiqarish jarayonida hisob-kitobni yaxshibiladigan odamlar hisoblanadilar. MEHNAT XAVFSIZLIGI QOIDALARINI JINOIY TARZDA BUZILISHINI TERGOV QILISH Mehnat sharoitlarining xavfsizligini texnikadan foydalanish, sanoat sanitariyasiga oid umumiy va tarmoq qoidalari ta’minlaydi. Bunday qoidalar hukumat tomonidan kasaba uyushmalari va vazirliklar (idoralar) bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Ularga rioya etilishi ustidan nazorat qilish kasaba uyushmalari qo‘mitalari, shuningdek maxsus nazorat organlari (“Sanoattexnazorat”, “Energonazorat”) zimmasiga yuklatilgan. Sanitariya nazoratini davlat sanitariya inspeksiyasi organlari, yong‘indan saqlash nazoratini –yong‘indan muhofaza qilish organlari amalga oshiradi. Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari mehnatnimuhofaza qilish qoidalari jinoiy tarzda buzilishining ikkita turinnazarda tutad1) sog‘liqqa zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan buzilishlar; 2) odam o‘limiga sabab bo‘lgan buzilishlar.Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining odamlarbilan baxtsizhodisalar yuz berishiga yoki boshqa oqibatlar kelib chiqishiga sababbo‘lishi mumkin bo‘lgan buzilishlari jinoyat deb topiladi. Yo‘l qo‘yilganbuzilishlar uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishiustidan nazorat qilish va texnika xavfsizligini ta’minlash o‘z vazifalaridoirasiga kiruvchi mansabdor shaxslar javobgar bo‘ladilar. YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGIQOIDALARINI JINOIY TARZDA BUZGANLIKHOLLARINI TERGOV QILISH Haydovchi bo‘g‘inida qoidalardan chetga chiqish sabablari ob’ektiv yoki sub’ektiv tusga ega. Haydovchini boshqarishning odatdagi usullarini o‘zgartirishga yoki yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur etadigan har qanday tashqi sharoitlar ob’ektiv sabablar hisoblanadiHaydovchi” bo‘g‘inida tartib-qoidalardan chetga chiqishningsub’ektiv sabablariga quyidagilarni kiritish mumkin:a) zarurat taqozo etmagan bir paytda yo‘l harakati qoidalariniqasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida buzganlik: tezlikni yo‘l qo‘yilishimumkin bo‘lgan darajadan oshirish, chorrahalardan o‘tish qoidalarinibuzish, yo‘l belgilariga rioya etmaslik va shu kabilar;b) kasbiy jihatdan etarli darajada tayyorgarlikka ega emaslik, yo‘ldagi holatni noto‘g‘ri baholash yoki tajribaning etishmasligioqibatidatransportniboshqarishningnoto‘g‘riusullaridanfoydalanganlik;v) haydovchi holatidagi uning ish qobiliyati va tashqi vaziyatnisezish hissini pasaytiruvchi psixofiziologik o‘zgarishlar (transportvositasini uzoq vaqt boshqarish oqibatida haddan ziyod toliqish, alkogoldan mast bo‘lish, tan nosog‘ligi va shu kabilar). “Transport vositasi” bo‘g‘inida chetga chiqishlar transportvositalarining texnik jihatidan nosozligi va ulardan foydalanishqoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lib, ayni ana shu salbiy ko‘rinishlarYTHlari yuz berishiga sabab bo‘ladi EKOLOGIYA JINOYATLARINI TERGOV QILISH Ekologik zarar keltiradigan qilmishlarni aniqlashda quyidagilarga e’tiborni qaratish kerak: 1) mazkur hududda mavjud chiqindi chiqaradigan tabiatni ifloslaydigan manbalar ishlab chiqarish korxonalari qancha ekanligi; 2) chiqindining REKdan yuqoriligi, ularning miqdori, ifloslanishning davomiyligi, vujudga kelgan ekologik xavflilik darajasi; 3) tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqovalar, tashlandiq va chiqindilarni suv havzalari va atmosferaga chiqarish sabablari; 4) atmosfera va suv muhitini ifloslashda aybdorlar, ayniqsa noto‘g‘ri ko‘rsatmasi tufayli halokatli oqibatlarga sabab bo‘lgan shaxslar; 5) jinoiy oqibatlarga olib kelgan xatti-harakatlar, ularning yuz bergan va davom etgan vaqti, zararli oqibatlarni bartaraf etish imkoniyatlari va boshqalarni belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Tergov ishlarimukammalligini ta’minlash uchun jinoyat sodir etishga olib kelganengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi vaziyat bo‘yicha ayblanuvchilarnishart-sharoitlarini aniqlash lozim. Ishlab chiqarishni tashkil etish, texnologik rejim talablariga rioya qilish tozalash inshootlari, chang vaturli gazlarni tutib qoladigan qurilmalarni o‘rganishda muhim o‘rintutadi. Voyaga etmaganlar sodir etgan jinoyatlarning kriminalistik tasnifi Ma’lumot uchun! • Birinchi guruhga ilk bor jinoyatga qo‘l urgan shaxslar kiritiladi. Ularning jinoyat qilishdan avvalgi xulqi va ma’naviy qiyofasi birmuncha ijobiy. Odatda bunday o‘smirlar u qadar jiddiy bo‘lmagan jinoyatlarni murakkab yoki favqulodda vaziyat ta’sirida sodir etadilar.• Ikkinchi guruhga kiritilgan ilk marta jinoyatga qo‘l urganlarning avvalgi xulq-atvorini benuqson deb bo‘lmaydi. Ular spirtli ichimliklar, narkotiklar iste’mol qiladilar, chekadilar va uydan qochib ketish kabi odatlarga egadirlar• Uchinchi guruh - ma’naviy qarashlari buzuq o‘smirlar. Ular avval ham turli qonunbuzarliklar sodir etib, ma’muriy jazoga tortilgan, maxsus maktab va kasb-hunar bilim yurtlaridan yo‘llanganlardir. Jinoyatning sababi va maqsadi ularda ongli ravishda, katta yoshlishaxs yoki o‘ziga nisbatan buzuq tengdoshining ta’sirida shakllanadi. Mushtlashishlarda qatnashish, bezorilik, ojizroqlarni tunash kabiko‘pgina jinoyatlarni ular dabdurustdan sodir etishadi.Ma’naviy buzuqligi bilan jamiyatga jiddiy xavf tug‘dirib, xulqatvori har qanday me’yorlardan butkul chiqib ketgan shaxslar to‘rtinch guruhga kiritiladi. Bu toifaga muqaddam sudlanganlar (shartli hukmqilingan, muddatidan avval ozod qilingan va h.) ham kiradi. Odatda, bular ishlash yoki o‘qishdan bo‘yin tovlab, jinoiy guruhlarga uyushganyoki kattalarning jinoiy guruhi tarkibiga kirgan shaxslardir GIYOHVANLIK VOSITALARI BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNI TERGOVI Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilofravishda egallash jinoyati, ularni qo‘lga kiritish usuli qonunga xilofekanligi, chunonchi o‘g‘irlik, firibgarlik, talonchilik, bosqinchilik tarzidabo‘lganligi, shaxs ilgari ham bunday qilmish bilan shug‘ullangan, ta’magarchilik, o‘z mansab mavqeini suiiste’mol etgan, o‘zlashtirisyoki rastrata qilish yo‘li bilan, ko‘p miqdorda, uyushgan guruh tarkibidatajovuz qilgan, hatto-o‘ta xavfli retsidivist ekani albatta sinchkovlikbilan aniqlanmog‘i lozim. SHuningdek, giyohvandlik vositalari yokipsixotrop moddalari qaysi joydan qonunsiz egallangan va ularni kimlarorqali sotish, tarqatish mo‘ljallanganiga alohida e’tibor berilishi zarur. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni kontrabanda qilishuchun alohida javobgarlik belgilangan.Giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalarni boshqalargao‘tkazish va shu maqsadda tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natishkabi xatti-harakatlar mazkur jinoyatlarning eng jiddiy turi hisoblanadi. Jinoyatning predmeti bo‘lgan giyohvandlik vositalari va psixotropmoddalarning miqdori ko‘p bo‘lmasa, ozginadan ko‘proq yoxud ko‘pbo‘lsa, jazo me’yori ham keskin o‘zgaradi. SHu bois jinoyatpredmetining nimadan iborat ekani va qancha ekanligi albatta ekspertizayo‘li bilan isbotlanmog‘i shart. Tergov jarayonida ayblanuvchiningshaxsi, ayniqsa ilgari ham shunday jinoyatlar uchun mahkum etilgani, uning uyushgan guruh a’zosi ekanligi aniqlanishi zarur. Jinoyatni o‘quvyurtlarida yoki o‘quvchilar, talabalar o‘quv, sport yoki turli jamoattadbirlarini o‘tkazayotgan joylarda, shuningdek ozodlikdan mahrumetish jazosi o‘taladigan joyda sodir etilishi ayniqsa xavfli hisoblanadi. http://fayllar.org Download 44.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling