Yuqori molekulyar strukturalarni akademik V.A.Kargin to`rtta asosiy guruhga ajratgan:
Globulyar struktura(yakka molekulyar yoli molekulalar guruhi yig`ilgan)
Polosuli struktura(yuqori elastik holatdagi barcha polimerlar strukturasi)
Fibrillyar struktura(chiziqli pachkalar yoki ularning cho`zinchoq shaklini saqlovchi to`plamlari.)
Yirik struktura(sferolitlar, yakka kristallar va hokazo)
SUYUQ KRISTALLAR
Ham suyuqliklar, ham kristallar xossasiga ega bo`lgan moddalar suyuq kristallar deb ataladi.
Bu moddala r o`zining mexanikxossalari jihatidan suyuqlikka o`xshaydi, ya`ni oquvchandir Optik xossalari jihatidan suyuq kristallar o`zing anizatrop kristallar kabi namoyon qiladi, yani qutublanish tekislgini aylantiradi,nurlarni ikki marta sindira oladi va hokazo. Ko`pincha moddaning suyuq kristall holatimuayyan biron temperatura oralig`ida namoyon bo`ladi , bundan yuqori temperaturada u suyuq amorf holatida , past temperaturada esa qattiq kristall holatda bo`ladi.
Suyuq kristallarning bunday ikkilangan xossaga ega bo`lishi uning ichki tuzilishi bilan bog`liq. Ularda molekulalarning joylashishlari amorf holat bilan qattiq kristallar holatinig oralig`ida molekulyar tuzilishga ega. Amorf holatda molekulalar joylashishida uzoq tartib batamomyo`q bo`llib, qatiq kristall holatda molekulalar markazlarining joylashishida uzoq tartib bor bo`lganidek, molekulalar oriyentatsiyasida ham tartiblanish mavjuddir. Molekulalari cho`zinchoq tayoqchalar yoki cho`zilgan plastinkalarga shakllarga ega bo`lgan moddalarda suyuq kristallik holati kuzatiladi. Molekulalarning bunday shakli ularning tartibli joylashishiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |