Kristallografiya va mineralogiya
-rasm Nazorat savollari
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
9.2-rasm
Nazorat savollari: 1. Chiziqli parametrlar deb nimaga aytiladi? 2. Ayui qonuni deganda nimani tushunasiz? 3. Tomonlar simvollari nima? 45 10. Bravening 14 xil panjarasi Avval ko‘rsatib o‘tganimizdek, kristall moddalar qonuniy ichki tuzilishga ega bo‘lib, u geometrik shakl bilan ifodalanganda, fazoviy panjara ko‘rinishda bo‘lib, ularni uchlarida atom, ion va molekulalar joylashadi. 1855 yil fransuz olimi Brave fazoviy panjarani hamma turlarini aniqlagan. Ular fazoviy panjaraning geometrik shakliga va elementar yacheykalarni simmetriyasiga bog‘liq ravishda 14 xil bo‘ladi. Hozirgi paytda bularni Brave panjarasi deb ataladi. Brave panjarasi 2 turga bo‘linadi. 1) Primitiv yoki oddiy, bunda hamma zarrachalar (uzli) faqat parallelepipedni uchlarida joylashgan bo‘ladi. 2) Mukammal, bunda zarrachalar faqat elementlar yacheykani uchlaridagina emas balki tomonlari, qirralari va ularni orasida ham joylashadi. a) oddiy yoki primitiv elementar yacheykalar har xil singoniyalar bo‘yicha turlicha bo‘lib, quyidagicha taqsimlanadi. Kubik singoniyada – kub shaklida, tetragonal singoniyada tetragonal prizma pinakoid bilan trigonal singoniya – romboedr. Geksagonal singoniya – prizma, pinakoid bilan Rombik singoniya – uch pinakoid kombinatsiyasi – g‘isht Monoklin singoniya – uch pinakoid kombinatsiyasi Triklin singoniya – qiya parallepiped Oddiy panjarada tugunchalar panjaraning uchlarida joylashgan bo‘ladi. b) Mukammal. Yuqorida ko‘rsatilgan 7 oddiy formadan tashqari, Brave yana 7 mukammal fazoviy panjaralarni hisoblab chiqdi. Ular oddiy panjaradan tugunlarni har xil joylarda joylashishi bilan farq qiladi. Agarda qo‘shimcha joylashgan tugunchalar bo‘lib, u elementar yacheykani markaziga joylashgan bo‘lsa, (ob’yomnossentrirovannaya J), agarda hamma tomonlarni markazida joylashgan bo‘lsa (granetsentrirovannaya F), agarda bir-biriga parallel bo‘lgan juft tomonlar markazida bo‘lsa (bazotsentrirovannnaya C). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling