Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Galenit – PbS
Mineralning nomi lotincha «Galena» - qo‘rg‘oshin rudasi degan so‘zdan kelib chiqqan. Sinonimi - qo‘rg‘oshin yaltirog‘i. Kimyoviy tarkibi: Pb=86,6%; S=13,4%. Aralashma sifatida ko‘pincha Ag, Cu, Zn ba’zan Se, Bi, As, Fe, Sb uchraydi. Bu elementlarning ko‘pchiligi mikroskopik o‘lchamdagi mayda aralashmalar hisobiga bo‘ladi. Xillari – selenli galenit (selen aralashgan xili) va «svinchak» (yaxlit mayda donador galenit). 103 Singoniyasi kubik, simmetriya ko‘rinishi – geksaoktaedrik – 3L 4 4L 36 6L 29 PC. Fazoviy gruppasi: a 0 =5,94. Galenit donador va yaxlit uyumlar, xol-xol donalar va druzalar shaklida uchraydi (18.1,18.2-rasmlar). Kristallari kubik, kubooktaedrik, ba’zan oktaedrik qiyofaga ega. Ba’zan qo‘shaloq o‘sishgan kristallari ham uchraydi. Galenitning rangi qo‘rg‘oshindek kulrang, chizig‘ining rangi kulrang-qora. Yaltirashi metallsimon. Shaffof emas. Ulanish tekisligi kub bo‘yicha o‘ta mukammal. Sinishi tekis, yarim chig‘anoqsimon. Mo‘rt. Qattiqligi 2-3. Solishtirma og‘irligi 7,4-7,6. Elektrni yomon o‘tkazadi, detektorlik xususiyatiga ega. Silliqlangan shliflarda izotrop. Qaytarish ko‘rsatkichi – 43%. 18.1-rasm. Galenit, sfalerit, kal’sit konkretsiyasi Galenitni aniqlashda xarakterli bo‘lib kristallarini izometrik qiyofaga ega bo‘lishi, agregatlarini donadorligi, ulanish tekisligini kub bo‘yicha mukammalligi, katta solishtirma og‘irligi va qo‘rg‘oshindek kul rangga ega bo‘lishi hisoblanadi. Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 2,965; 2,093; 1,324. Dahandam alangasida oson eriydi. Soda bilan qizdirganda qo‘rg‘oshin sharchasi hosil qiladi. HNO 3 da oson eriydi, oltingugurt ajralib chiqib, oq PbSO 4 cho‘kindisini hosil qiladi.Galenit konlarining asosiy qismi o‘rta temperaturali gidrotermal konlarda yuzaga keladi. 104 Bu erda galenit sfalerit, xal’kopirit, aynama ruda, arsenopirit, pirit va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Galenitning yirik konlari Amerikada – Missuri shtati, Kolorado (Ledvill), Kanadada (Sullivan koni), Avstraliyada (Broken-Xill koni), Uel’sda, Oltoyda, Kavkazda ma’lum. Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling