Kristallografiya va mineralogiya


Download 6.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/204
Sana03.11.2023
Hajmi6.19 Mb.
#1743325
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Bog'liq
Kristallografiya va Mineralogiya darslik

1.1-rasm. 
Kristall moddalardan farqli ravishda amorf moddalar qonuniy ichki 
tuzilishiga ega emas. Amorf moddalarni tashkil qilgan zarrachalar betartib 
joylashgan bo‘lib, ular izotroplik xususiyatiga ega. Shuning uchun ular 
simmetriklik va tekis tomonlar hosil qilish xususiyatiga ega emas. Ularda 
zarrachalarni joylashishi suyuqliklardagiga o‘xshash bo‘ladi. Amorf moddalar 
kristall moddalardan farqli ravishda o‘z erish temperaturasiga ega emas. Bu 



xususiyati bilan kristall moddani amorf moddadan osongina ajratish mumkin. (1.1-
rasm)  
1.2. Kristallarni hosil bo‘lishi va o‘sishi 
Kristallar, moddalarni har xil xolatdan qattiq xolatga o‘tishida, ya’ni 
kristallarni hosil bo‘lish sharoitida, ularni tashkil qilgan zarrachalar tartibsiz va 
ma’lum tartida joylashgan bo‘lishi mumkin. Agar zarrachalar tartibsiz joylashsa 
amorf modda, qonuniy ravishda ma’lum tartibda joylashsa kristall modda hosil 
bo‘ladi.
Kristallar moddalarni gaz holatdan qattiq xolatga, suyuq holatdan qattiq 
holatga va qattiq xolatdan qattiq xolatga o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Kristallarni 
bunday hosil bo‘lishiga tabiatdan va texnikadan ko‘pgina misollar keltirish 
mumkin.
Gazlardan kristallarni hosil bo‘lishiga vulqon kraterlarida gazsimon 
mahsulotlarni qotishidan oltingugurt, nashatir’, bor kislotasi va boshqa kristall 
moddalarni hosil bo‘lishini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Tabiatda va texnikada eng ko‘p uchraydigan xollardan biri suyuq 
moddlardan qattiq xolatga o‘tib kristallarni hosil bo‘lishidir. Bunga tabiatdagi 
bo‘ladigan jarayonlardan magmani qotishini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. 
Magma olovsimon (xamirsimon) suyuq silikat modda (ognenno-jidkiy silikatniy 
rasplav) Magma tarkibida har xil kimyoviy birikmalar va gazlar bo‘ladi. Bularni 
qotishdan har xil kristallar vujudga keladi. Dengizlarda tuzlarni hosil bo‘lishi ham 
suyuqliklardan kristallarni hosil bo‘lishiga misol bo‘ladi.
Texnikada metallurgiya jarayonlarida metallarni olinishi, suyuqliklardan 
qattiq xolga o‘tib kristallarni hosil bo‘lishga misol bo‘ladi. Sun’iy yo‘l bilan 
kristallarni olinishi ham bunga misol bo‘lishi mumkin.
Qattiq xolatdan qattiq holatga o‘tib kristallarni hosil bo‘lishiga amorf 
moddalarni o‘z xolatini o‘zgartirib kristall moddalarga aylanishini misol qilib 
ko‘rsatishimiz mumkin. Oxaktoshni marmarga, gilsimon tog‘ jinslarini fillit va 
slanetslarga qayta kristallanib o‘tishini ko‘rsatish mumkin. Sun’iy yo‘l bilan 



kristallarni olinishiga shakardan novvotni olinishini va qimmatbaho toshlar 
(pizokvars, karborund, yoqut va boshqalar) olinishini misol qilish mumkin.

Download 6.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling