Критерии оценки проектов учебных планов уроков


Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti (Texnologik xarita shaklida berish zarur)


Download 1.15 Mb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1161645
1   2   3   4
Bog'liq
6-sinf uruglanish

Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti (Texnologik xarita shaklida berish zarur)
1 Tashkiy qism : salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar va sinfxonaning darsga tayyorgarligi.
2. Kirish qismi ;o’quvchilarni guruhlarga ajratish va mavzuni e’lon qilish.
3. Mavzuni o’rganish ( o’qituvchining bergan ma’lumoti va o’quvchilarning mustaqil ishlashi).

Yangi mavzu bayoni:
Changchi va ururg’chidagi jinsiy hujayralarning qo’shilish jarayoni urug’lanish deyiladi. Bu yangi organism demakdir.
Chang o’simliklarning turiga qarab, har xil shaklda va kattalikda bo’ladi. Har bir chaang donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan iborat. Ana shu hujayralarning yirigi – vegetativ, maydasi – generativ (jinsiy) hujayra deb ataladi. Ularning har birida sitoplazma va mag’iz bo’ladi. Urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang asta sekin o’sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o’sib, uzun va ingichka nay hosil qialdi. Ikkinchisi bo’linib, ikkita sperma hosil qiladi. Chang naychasi tez o’sib tuguncha tomon boradi. Hosil bo’lgan ikkita sperma chang naychasi orgqali urug’kurtakka borib, ichkari kiradi. Shu vaqtning o’zida urug’kurtak ichida tuxum hujayra va markaziy hujayralar yetilgan bo’ladi. Spermalardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo’shiladi. Bu jarayon gulli o’simliklarda qo’sh urug’lanish deb nomlanadi.
Urug’kurtakning urug’langan hujayralri ko’p marta bo’lina boshlaydi. Urug’langan tuxum hujayradan murtak, urug’langan markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi. Murtak bilan endosperm birgalikda urug’ hosil qiladi.shunday qilib qo’sh urug’lanishdan so’ng urug’kurtak urug’ga ayalandi. Uning po’stidan shu urug’ni o’rab turadigan po’st, tuguncha va gulning boshqa qismlaridan meva hosil bo’ladi.



Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti .
Dars jarayonida albatta internetdan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Shu bilan birgalikda darsning faol interaktiv usulida, musobaqa tarzida o`tkaziladi. O`quvchilarni guruhlarga quyidagicha bo`lamiz:

Birinchi guruh – “Chang” guruhi.


Ikkinchi guruh “Urug’kurtak” guruhi
Uchinchi guruh “Endosperma” guruhi



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling