Ks=S/h [m/mm]
Download 81.36 Kb.
|
1-savol: a)Chiziqli siljishni o‘lchash. Siljish juda kichik bo'lgan hollarda reaxordli datchik yordamida uni o'lchash mumkin bo'lmay qoladi. Chunki 1 mm va undan kichik siljishlarda qarshilik juda kam o'zgaradi, natijada uni sezish qiyinlashadi. Bunday vaqtlarda simli tenzodatchikning deformatsiyalanishidan foydalanish qulaydir. Bu datchik elastikligi katta bo'lgan bronza listidan tayyorlangan, egilish qarshilik momenti o'zgarmas konsoli balka shaklida bo'lib, uning yuqori va pastki yuzalariga simli tenzodatchiklar yopishtiriladi. Yopishtirilgan datchiklar konsol balka erkin uchining siljishini ko'rsatadi. Tenzodatchiklar o'lchash ko'prigining ikkita yelkasiga ulanib deformatsiya natijasida qarshiliklaming o'zgarishi ko'prik diagonalida siljishga proporsional tok hosil qiladi. Ko‘prikda olingan signal kuchaytirgich priborda ma’lum kattalikka ko‘paytiriladi va ossillograf shleyfi orqali fotoqog‘ozga yozib olinadi. Bunda ossillogrammani tahlil qilish uchun ossillogrammaning yozilgan masshtabini bilish talab etiladi. Siljish masshtabi datchikni tarirovka (o‘lchov qiymatlarini aniqlash) yo‘li bilan aniqlanadi. Tarirovkalash uchun tenzodatchik yopishtirilgan balkaning uchini siljitib, S mikrometr yordamida o'lchanadi va shu siljishga to‘g‘ri keladigan shleyf nurining og‘ishi h ossillograf ekranidan o'lchab olinadi. Siljish (yo'l) masshtabi quyidagicha: Ks=S/h [m/mm] b) Burchak siljishni va tezlikni oMchash. Ba’zan burchak tezlikni o ‘lchash maqqsadida tenzodatchik yopishtirilgan konsol balka yordamida burchak siljishi yozib olinadi. Bunda tezligi o ‘lchanishi kerak bo‘lgan valga ekssentrik halqa kiygiziladi va balkaning bir uchi halqaga prujina hosil qilib biriktirilib ikkinchi uchi poydevoriga mahkamlanadi. Balka bilan ekssentrik halqa oralig'ida harorat hosil bo'ladigan ishqalanishni kamaytirish uchun balkaning halqaga tegadigan uchiga kichik bir sharcha yopishtiriladi va oraliq moylab turiladi (VIII.5-a shakl). Val bir marta aylanganda datchik ham bir marta to'liq tebranib egri chiziq chizadi (VIII.5-6 shakl). Egri chiziqni 4 ta teng bo'lakka bo'lib, har bir 90° li burchakni o'tish uchun ketgan vaqtni bilgan holda tezlikni topish mumkin: Ks=w=п/2l [rad/s] 2-savol: Egilish deformatsiyasi Egilish — tashqi kuchlar taʼsirida yoki temperatura oʻzgarishi tufayli materiallar yoki buyumlar (balka, toʻsin, xari, qobiq va boshqalar) ning oʻqi yoki oʻrta sirti egrilanishi; deformatsiya turi. Materiallar qarshiligi fani nuqgai nazaridan binokorliqda toʻsin va plitalar, mashinasozlikda val va shesternya tishlari, temir yoʻl vagonlarining oʻqlari ham balka deb qaraladi. Balkalar tashqi kuchlar taʼsirida egiladi .Agar tashqi quchlar balkaning simmetriya tekisliklari boʻyicha taʼsir etsa, oddiy yoki tekis Egilish deb, kuchlar boshqa tekisliklar boʻyicha yoʻnalsa, murakkab Egilish deb ataladi. Balka egilganida choʻziluvchi qatlam tolalari oʻzgarishsiz qoladi. Binobarin, neytral qatlamdan pastda choʻzilish, yuqorida siqilish kuchlanishlari vujudga keladi; neytral qatlamning oʻzida quchlanishlar nolga teng boʻladi . Normal kuchlanishlar ning qiymati neytral oʻqda nolga teng boʻlib, undan uzoqlashgan sari orta boradi. Demak normal kuchlanishlarning eng katta qiymatlari balka koʻndalang kesimining neytral oʻqsan eng uzoqda joylashgan tolalarida hosil boʻladi. Qoʻshtavr shaklidagi kesimlar shu sababdan kelib chiqqan. Murakkab Egilishning xususiy holi hisoblangan qiyshiq Egilish ham mavjud. Egiladigan element (mas, balka) ning koʻndalang kesimidagi taʼsir etuvchi kuchlarga qarab, sof (faqat eguvchi momentlar boʻlganda) va koʻndalang (koʻndalang kuchlar ham boʻlganda) Egilishlar farqlanadi. Muhandislik hisoblarida boʻylamakoʻndalang Egilishlar ham hisobga olinadi. Deformatsiyaning ushbu turi deformatsiyalanuvchi ob’ekt (sterjen, yog‘och bo‘lagi)ning o‘qi yoki o‘rta qismining tashqi kuch ta’sirida egilishi bilan xarakterlanadi (1.5-rasm). Egilishda sterjenning bitta tashqi qatlami siqiladi, boshqa tashqi qatlam esa cho‘ziladi. O‘rta qatlam (neytral qatlam) faqatgina o‘z shaklini o‘zgartirib, uzunligini saqlab qoladi. (1.5,a rasm). Ikkita tayanch nuqtaga ega bo‘lgan brusokning (1,5,b rasm) deformatsiyalanish darajasi uning markazida hosil bo‘ladigan λ siljish bilan aniqlanadi.
Sterjen bir tomonidan mahkamlangan(a); sterjen ikkita tayanchga mahkamlangan(b) Ushbu λ kattalik egilish o‘qi deb ataladi. Materiallarning qarshiligi nazariyasi bo‘yicha u quyidagi formula yordamida topiladi: Bu erda F-kuch, b-eni, L-uzunlik, a-qalinlik, E-elastiklik moduli. Neytral qatlamda joylashgan material ishlamaydi. U faqat konstruksiyani og‘irlashtiradi. SHuning uchun bu neytral qatlam yaqinidagi moddaning bir qismini balkaning mustahkamligiga ziyon etkazmasdan olib tashlasa bo‘ladi. Bu usulda mustahkamlikni saqlagan holda konstruksiya massasini kamaytirishga erishiladi. Masalan, yaxlit yaxlit konstruksiyalar trubalar bilan almashtiriladi. Oyoq-qo‘l suyaklari, ba’zi o‘simliklar poyasi g‘ovak tuzilishga ega. Test:
Download 81.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling