Kt va Podstansiya montaji


Download 386.8 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi386.8 Kb.
#1576017
  1   2
Bog'liq
38.KT va Podstansiya montaji


KT va Podstansiya montaji.


Reja:



  1. 6-10 kv li taqsimlovchi podstansiyalarni

konstruktiv bajarilishi.

  1. O‘lchov transformotorlar montaji


6-10 kv li taqsimlovchi podstansiyalarni
konstruktiv bajarilishi.


Komplektli taqsimlovchi qurilma KRU lar ikki turdan iborat: 10 kV yoki 6 kV kuchlanishli qurilmalardan iboratdir.
Ikkilamchi kuchlanishi 400 V gacha bo‘lgan sanoat va shahar tarmoqlaridagi transformatorli kichik taqsimlash podstansiyalari transformator punktlari deyiladi.
Elektr energiya iste’molchisining turli quvvat talabi va har xil uzoqlikda joylashganligi sababli elektr energiyaning ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash uchun turli kuchlanishlardan foydalanishni taqozo etadi. Iste’molchining quvvati qancha katta bo‘lsa, unga elektr energiyani shuncha yuqori quchlanishda uzatish maqsadga muvofiqdir.
Elektr energiya odatda biron kuchlanishda ishlab chiqarilib, so‘ngra bir necha marta yuqoriroq kuchlanishli energiyaga o‘zgartiriladi, hamda elektr tarmog‘i orqali iste’molchiga etkazib beriladi. Amalda uch fazali 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Har qanday elektr qurilmaning asosiy ko‘rsatgichi uning nominal kuchlanishi bo‘lib, shu kuchlanishda uning rejadagidek yaxshi ishlashi ta’minlanadi.
Bosh taqsimlagich podstansiyalari GRP bilan podstansiya TP lar orasida 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘llardan foydalaniladi.
Elektr energiya iste’mol qiluvchi ishlab chiqarish korxonalarining elektr ta’minoti quyidagi funksional qismlardan iborat:
-energetika tizimidan ta’minlanuvchi qurilmalar–bosh pasaytirgich podstansiya GPP (glavnaya ponijayushaya podstansiya); elektr energiya, korxona qudrati va quvvatiga qarab 6 (10) kV dan 220 kV gacha kuchlanishda energiya qabul qiladi va uni o‘ziga qulay bo‘lgan kuchlanishga, ya’ni 10 kV, ba’zan 6 kV kuchlanishga, aylantirib, yani transformasiyalab oladi. Agar energiya bitta kuchlanishning o‘zida qabul qilinib, taqsimlanadigan bo‘lsa, unda GPP o‘rniga bosh taqsimlagich punkt GRP (glavniy rapredelitelniy punkt) quriladi. U biron podstansiyasidan elektr energiya olib, ishlashi ham mumkin;
-yuqori kuchlanishli taqsimlovchi tarmoq; bunday tarmoqning nominal kuchlanish 6 kV, 10 kV va undan yuqori bo‘ladi, gohida boshqa qiymatdagi nominal kuchlanish qo‘llashlik ham uchrab turadi, bu tarmoq tarkibiga yuqori kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar kirishi mumkin;
-taqsimlovchi tarmoqqa ulanuvchi sex transformatorlari va o‘zgartgich podstansiyalari;
-taqsimlovchi tarmoqqa ulanuvchi maxalliy faol-aktiv va reaktiv quvvat manbalari: turg‘un va harakatchang elektr stansiyalar; zahiraviy, yuklama maksimal holatda ishga tushiriluvchi pikaviy generator kabi qurilmalar; yuqori kuchlanishli kondensator batareyalari, kriogen induktiv g‘altaklari va boshqalar;
-kuchlanishi 380 V bo‘lgan past kuchlanish PK tarmog‘i. Unga kuchli (silovie) iste’molchilar, avtomatika, boshqaruv qurilmalari ulanadilar;
-sex tarmog‘iga ulanuvchi mahalliy aktiv va reaktiv energiya manbalari: zahira generator qurilmalari, akkumulyator batareyalari va boshqalar.
Elektr ta’minoti va energiya tizimi oralarida xizmat ko‘rsatish chegarasi mavjud bo‘lib, ta’minlovchi elektr yo‘lining bosh pasaytirgich podstansiyasi yoki korxonaning asosiy taqsimlagich qurilma ulangan joyi chegara bo‘ladi. U to‘laligicha korxona bilan energiya tizim orasida «Elektr energiyadan foydalanish qoidalari» ga asosan tuzilgan shartnomada qayd etilishi shart bo‘ladi.
Podstansiyalarda yopiq qurilma, ya’ni tashqi muhitdan mutloqo ajratilgan, va ochiq qurilma, ya’ni atmosfera havoda ishlaydigan, elektr qurilmalar qo‘llanadi: bularga birinchi navbatda kuch va o‘lchov transformatorlari, taqsimlash, himoya va boshqarishni avtomatlashtirish qurilmalari kiradi. Loyihalashda podstansiya tarkibining variant tanlovi texnik-iqtisodiy hisoblar orqali har bir variantning afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olingan holda aniqlanadi.
YOpiq qurilmaning afzalligi sifatida uning uzoq muddat davomida puxta va ishonchli ishlashi qayd etiladi. Ichki muhitni hisobga olgan holda jixozlarning qulayligi, ekspluatatsiyaga kam xarj talab qilishi, katta ishlash puxtaligi, gabarit o‘lchamlarining kichikligi, o‘rnatish uchun kam joy talab qilishi, hajmining kichikligi va boshqalar xossalari ularga katta afzalliklar berdi.
Ochiq qurilmalar afzalligi: ularni qurish va yig‘ishning osonligida; transport vositalarining qulay yaqinlashish imkoniyatida; yong‘in xavfsizligi yuqoriligida; transformator va uskunaning boshqa elementlarida hosil bo‘luvchi issiqliklarni haydash imkoniyati yaxshiligida; tashqi havo elektr uzatish yo‘llarni olib kelishlikning qulayligidadir.
Hozirgi vaqtda podstansiyalarning ochiq va yopiq qismlari yuqori darajada butlanganlik bilan ajralib turadi. Komplektlangan taqsimlovchi qurilmalar KRU (komplektnoe raspredelitelnoe ustroystvo), komplektlangan hajmli qurilish bloklari, komplektlangan yordamchi qurilmalar va ularni ta’minlovchi manbalar keng ko‘lamda qo‘llanishga egalar. Komplektlangan bo‘laklardan tashkil topgan qurilma komplektli transformator podstansiyasi deb ham yuritiladi.
Taqsimlovchi qurilmalar na faqat podstansiya bo‘lagigina bo‘lmay, ular mustaqil ravishda tarmoq tuguni ham hisoblanadilar. Bu holda ularni taqsimlovchi punkt RP (raspredelitelniy punkt) deb ataladi. Agarda korxona xo‘jaligi taqsimlagichdan chiqqan kuchlanish bilan ta’minlansa, bosh pasaytiruvchi podstansiya GPP o‘rniga tizimning markaziy tuguni asosiy taqsimlovchi punkt bo‘lib qoladi.
Taqsimlovchi punktlarga va kam o‘lchamli butlangan tarmoq taqsimlagich tugunlariga taqsimlovchi shitlar, ulagich va saqlagichli metall yashchiklar va boshqalar kiradi.
Aktiv quvvatlarga extiyoj markazlashgan elektr manbalari tomonidan qoplansa, elektr energiya isroflarini tarmoqlarda kamaytirish uchun reaktiv quvvatlarga extiyoj esa maxalliy manbalar tomonidan qoplanadi.
Rasional reaktiv quvvatni tanlash va manbalarni, asosan kondensator batareyalarini, har xil erlarda joylashtirish elektr ta’minotini bajarishda katta texnik-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Elektr ta’minoti qurilmalarini kommutasiya, rezonans va yashin o‘ta kuchlanishlari ta’siridan asrash uchun yashin qaytargich tizimlari, kuch reaktorlari hamda turli razryadniklar qo‘llaniladi.
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokli podstansiyalar
Tashqi elektr ta’minoti tizimiga tortuvchi podstansiyalarga elektr energiyani ishlab chiqaruchi elektrostansiyalar, bosh pasaytiruvchi podstansiya GPP (glavnaya ponijayushaya podstansiya), havo elektr uzatish yo‘llar va podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi havo elektr uzatish yo‘llar kiradi (1-rasm).
O‘zgaruvchan tokli podstansiyalar. Har turli podstansiyalarning elektr energiya ta’minoti va elektr energiya taqsimotini ko‘rsatuvchi podstansiyalarning o‘zaro ulanish sxemasi 2-rasmda keltirilgan.

1-rasm. YUklamalarini elektr bilan ta’minlash sxemasi
Rasmda: A-tashqi elektr energiya ta’minoti sxemasi; B- elektr energiyaning taqsimoti sxemasi; 1-elektr energiyani ishlab chiqaruchi elektrostansiyalar yoki bosh pasaytiruvchi podstansiya GPP; 2-uch fazali havo elektr uzatish yo‘llar; 3-podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi elektr tarmoqlar; 4-podstansiyalar; 5-tarmog‘; 6, 7, 8 -istemolchilar.
Tayanch podstansiyalar 1 bilan kiruvchi 110 kV yoki 220 kV havo elektr uzatish yo‘llar 5 orasiga yuqori kuchlanishli kommutasiya jixozlari: uzgichlar Q va havo ajratgichlari QS o‘rnatilgan. Podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi 110 kV yoki 35 kV havo elektr uzatish yo‘llar 6 bilan tayanch podstansiyalar 1, tranzit podstansiyalar 2, shahobcha podstansiyalar 3 va tupik podstansiyalar 4 orasiga ham xuddi shunday kommutasiya jixozlari: uzgichlar Q va havo ajratgichlari QS o‘rnatilgandir (2-rasm).
13-rasm. O‘zgaruvchan tokli podstansiyalarni ulash sxemasi.


Rasmda: 1-tayanch podstansiyalar, 2-tranzit-oraliq podstansiyalar, 3-shahobcha podstansiyalar, 4-tupik-boshi berk podstansiyalar, 5-kiruvchi havo elektr uzatish yo‘llar, 6- podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi havo elektr uzatish yo‘llar, QS-havo ajratgichlari, Q-uzgichlar, ORU-ochiq taqsimlovchi qurilmalar, T–uch fazali kuch transformatorlari ko‘rsatilgan.

13
Podstansiyalarning tok o‘tkazuvchi shinalariga ochiq taqsimlovchi qurilma ORU o‘rnatilgan bo‘lib, uning havo ajratgichlarining QS soni va o‘rnatilish joyi shunday tanlab olinganki, agar bir kuch transformatari ishdan chiqib ta’mirga yoki rezerv bilan almashtirishga o‘chirilsa, bu holatda ikkinchi transformator tarmog‘ni tok bilan ta’minlab turadi. Agar ikkinchi transformator ham ishdan chiqsa, u holda tortuvchi podstansiyaning o‘zi o‘zaro bog‘lovchi 6 havo elektr uzatish yo‘llardan ajratiladi. Bu holat boshqa podstansiyalarning normal ishlashiga halal bermaydi. Bundan tashqari, ochiq taqsimlovchi qurilma ORU tarkibidagi havo ajratgichlari QS soni va o‘rnatilish joyi bo‘yicha barcha podstansiyalarga ikki tomanlama elektr ta’minotning doimiy bo‘lishini belgilovchi tezkor o‘chirib-ulashlar imkonini beradi.
4a-rasmda 1-havo elektr uzatish yo‘llardan kelgan kirish qismlar; 2-havo elektr uzatish yo‘llardan kelgan kuchlanishni taqsimlovchi qurilmalar; 8- tarmog‘ning fiderlari; 9-kuchlanishi 35 kV taqsimlovchi qurilmalar; 10-kuchlanishi 35 kV iste’molchilarining fiderlari; 12-uch chulg‘amli asosiy va rezerv kuch transformatorlari, 13-o‘zgaruvchan tokli taqsimlovchi qurilmalar.
O‘zgaruvchan tokli podstansiyaning tuzilish sxemasi 3a-rasmda keltirilgan bulib, sxemada tarmog‘iga chiquvchi fiderlarnig ulanishi ham ko‘rsatilgan.
Podstansiyalarning ikki kuch transfomatoridan 12 biri faqat tarmog‘ni elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchi kuch transfomatori qisman podstansiyaning o‘z ihtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Podstansiyalar transformatorli bo‘ladi va elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘ldan oladi (4a-rasm).
Kirish kuchlashning taqsimlagich qurilmalari 6(10) kV va 35 kV taqsimlagich qurilmalar bilan uch chulg‘amli transformatorlar orqali ulanishi mumkin. Bir fazali tortish yuklamasi elektr energiyani transformatorning yulduz shaklida yig‘ilgan chulg‘amlaridan oladi. Kuch transformatorini tarmog‘ga ulash sxemasi 15b-rasmda keltirilgan. Rasmda: 1-neytral qo‘yilma; 2, 5-podstansiyaning chap va o‘ng elka tarmoqlar; 3, 4 elektr yuklamalar.
Bir fazali yuklamasi elektr energiyani transformatorning yulduz - nol shaklida yiqilgan chulg‘amlaridan oladi. Tashqi elektr ta’minoti tarmog‘ida teskari ketma-ketlik toklarini kamaytirish va tarmog‘lar bo‘yicha podstansiyalarning parallel ishlashini ta’minlash zaruriyati podstansiyalarni maxsus sxema bo‘yicha simmetriyalovchi ulashni taqozo etadi. Simmetriyalash tadbiri podstansiya transformatorlarining birlamchi At Vt St; X Y Z va ikkilamchi x y z; a b c chulg‘amlar ulangan kirma izolyatorlar ulagichlarini ma’lum sxema bo‘yicha ulash yordamida tortuvchi hamda energiya ta’minlovchi tarmoqlarga mos ulanishini ta’minlaydi.
O‘zgaruvchan tokli podstansiyaning jixozlari va ba’zi ko‘rinishlari rangli ilovaning I hamda II rasmlarida berilgan.
2 tarsformatorli podstansiyalarning elektr ta’minlash sxemasi 5-rasmda berilgan.

5-rasm. 2 transformatordan elektr ta’minlash sxemasi.
Podstansiya kuch transformatorlari elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalardan oladi. Har bir transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ikki seksiyadan tashkil qilinadi.
Har bir podstansiyada birnechta ishlab turuvchi va bitta zahira transformatori o‘rnatish ko‘zda tutiladi (6-rasm). Biron ishlab turuvchi transformator buzilsa, o‘rniga darhol zahiradagi transformator o‘rnatiladi.

6-rasm. 3 transformatorli podstansiya.
O‘zgarmas tokli podstansiyalar elektr energiyani 6 kV, 10 kV, 35 kV kuchlanishli elektr tarmog‘idan olishlari va o‘zgaruvchan tokli tortuvchi podstansiyalar elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘idan olishlari tavsiya etiladi.
O‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tokli podstansiyalarga havo elektr uzatish yo‘llardan kelgan kirish qismlari ochiq ORU yoki yopiq ZRU turdagi taqsimlovchi qurilmalarga kelib ulanadi.
O‘zgarmas tokli ikki bosqich transformasiyali podstansiyaning tuzilish sxemalari 6-rasmda keltirilgan. Agar o‘zgamas tokli podstansiya 220 kV yoki 110 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘llardan elektr energiyani olsa, unda kirgan kuchlanishning taqsimlagich qurilmalardan energiya avval pasaytiruvchi transformatorlarga keladi. Transformatorlarda kiritilgan kuchlanish 6 kV yoki 10 kV gacha pasaytirilib, 6 kV yoki 10 kV taqsimlagich qurilmalarga uzatadi, so‘ngra energiya to‘g‘rilagich - invertor o‘zgartgichiga etib keladi. To‘g‘rilagich -invertor o‘zgartgichining transformatori kuchlanishni 3,02 3,76 kV gacha pasaytiradi. SHunday qilib, to‘g‘rilovchi o‘zgartgichga ikki bosqichda trasformasiyalangan kuchlanish etkazib beriladi va bunday podstansiya ikki bosqich transformasiyali podstansiya deb ataladi.
18-rasmda o‘zgarmas tokli ikki bosqichli TP va 19-rasmda bir ikki bosqichli podstansiya sxemasi keltirilgan.
Agar o‘zgamas tokli podstansiya 6 kV, 10 kV yoki 35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘llardan elektr energiyani olsa, unda kirgan kuchlanish taqsimlagich qurilmalariga berilib, so‘ngra energiya o‘zgargich transformatorlarga keladi.
O‘lchov transformotorlar montaji
O‘lchov asboblarini, apparatlarni, rele himoyasi va avtomatikasini yuqori kuchlanish zanjiriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 1kV gacha kuchlanishli katta toklarga ulash texnik sabablarga ko‘ra va texnika xavfsizligi bo‘yicha ulash mumkin emas. SHu talablarga ko‘ra tok va kuchlanish ko‘rsatkichlarini o‘lchashda o‘lchov transformotorlarini qo‘llash mo‘ljallangan. Bundan tashqari o‘lchov transformotorlar orqali, o‘lchov asboblarini va himoya apparatlarini va avtomatlashtirish, o‘lchash, taqsimlash qurilmalarini va nimstansiyalarni masofadan boshqarish imkonini yaratadi, va bundan tashqari, o‘lchov va himoya asboblarining arzon bo‘lishiga, kichik 5 A tokka va 1 kV danpast kuchlanishga tayyorlash imkonini beradi. O‘lchov asboblarini katta toklarga yaratilishi va yuqori kuchlanishlarga tayyorlash maqsadga muvofiq emas, bu konstruktiv tuzilish tomonidan bunday asboblar qo‘pol, katta, noqo‘lay va qimmatga tushadi.YUqorida qayd qilinganlar asosida o‘lchov transformatorlari etektr tarmoqlarida ularning qo‘llanishi birqancha maqsadlarda: o‘lchov, hmoya, nimstansiya uskunalarini, kabel liniyalarini, havo liniyalarini masofadan boshqarish va boshqa vazifalarni muvafaqiyatli amalga oshirda qo‘llaniladi.
3.14-rasm. Kup uramli tok transformatori: 1 –to‘g‘ri burchakli shixtalangan magnit o‘tkazgich; 2- ikkilachi chulg‘am; 3 – birlamchi chulg‘am; 4 – TT ning barcha qimslalri epoksidli kompaund qo‘ymasida; 5 – birlamchi chulg‘am uchlari kotaktlarga chiqarilgan; 6 – ikkilamchi chulg‘am uchlari kontaktlarda.
Montajdan oldin o‘lchov transformotorlarida, montaj oldi tekshiruv ishlari olib boriladi. Pasport ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri kelishi, farforli izolyatorlarning va ularning armirovkalari darz ketmagan bo‘tunligi, nafas olish qurilmalarnuqsonlari hisobga olinadi; moyning balandlik sathi va oqmayotgani tekshiriladi; chulg‘amlarning elektr qarshilik izolyasiyalari yuqori va pastki kuchlanishdagilarini o‘zaro va tanaga nisbatan o‘lchanadi; chulg‘amlar bo‘tunligi va transformotorlar koeffitsenti tekshiriladi. Tok transformotorlarining qutblari va ikkilamchi chulg‘amlar uchlarining markalanganiga to‘g‘ri kelishi tekshiriladi.
Agar o‘lchov transformotorlarining tashqi ma’lumotlari ma’lum bo‘lib vaichki qismlarining ulchov natijalariga kura nosozlikka moyilligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, chiqarib olinadigan aktiv qismlarini tekshirish uchun idishdan (bakdan) chiqariladi. CHiqarib olingan qism toza xonada, va 12 soatdan ko‘p vaqt moysiz qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
O‘lchov transformotorlarining 6 kV va undan yuqori kuchlanishlilari atrof muhit harorati 250S bo‘lganida 6 MOm past kuchlanishlilari chulg‘amlari o‘zaro va tanaga nisbatan, 50 MOm dan yuqori va past kuchlanish chulg‘amlar oralig‘ida, va yuqori kuchlanish chulg‘am va tanaga nisbatan kam bo‘lmasligi kerak. Keltirilgan ma’lumotlar tavsiya qilinadigan deb hisobilanadi, amaliyotda esa EQO‘Q dao‘lchov transformotorlarning chulg‘amlarining izolyasiyasi qarshiligi miqdori me’yorlashtirilmagan.
O‘lchov transformatorlarni montaj qilishda ular tayanch kostruksiyalarustida vertikal va gorizontal urnatilishi ta’minlangan bulishi kerak.
O‘lchov transformotorlarni qo‘ritmasdan ishga tushirish mumkinligi quyidagi ma’lumotlar bilan aniqlanadi:
Izolyasiya miqdori, montaj oldidan olingan, ishlab chiqargan korxona pasportidagi ma’lumotlar bilan bir xil haroratda bo‘lganida; k = R60/R15 absorbsiya koeffitsentini topish bilan, bundan R60/R15- qarshilik izolyasiyasi 60 va 15c davomida koeffitsent k 10-30 0S haroratda 1,3 dan kam bo‘lmasligi kerak; transformotor izolyasiya qarshiligini 20 0S haroratda va 70 0C gacha qizdirib o‘lchanganda; bu ko‘rsatgichlar 1,2 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Oraliqdan o‘tuvchi (perexodnoy) qarshilik to‘rli transformotorlar uchun, 1,5 kA va undan yuqori hisobilangan me’yorli toklarda, temir-beton plitalari ichida po‘lat tayanch konstruksiyada yopiq zanjir hosil qilishini tekshirilishi kerak. Burchaklarda bir faza atrofida o‘lchamli nomagnit materialdan ulanishli bo‘lishi kerak (yoki ularsiz-shu joyning o‘zida).
3.15. Rasm. 6 - 10 kV kuchlanish transformotori: a – bir fazali, b – uchfazali; 1 – bak; 2 – YUK chulg‘amlar chiqishlari;3 –YUK izolyatori; 4 – PK chulg‘amlarchiqishlari; 5 – erga zaminlagich bolti; 6 – moy qo‘yish uchun tiqin; 7 – moyni tukish uchun tiqin


Kuchlanish transformotorlar montajida, xavsizlikni hisobga olgan holda birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaro‘zaro bir-biri bilan qisqa tutashtirib mahkamlab qo‘yiladi, chunki vaqtinchalik simlar bexosdan chulg‘amlarga tegib ketishida, yoritgichlar, payvandlash apparatlari, ajratgichlar, uchashlarda teskari transformatsiya hosil qilishi mumkin, va bu inson xayotiga xavfli kuchlanish paydobo‘lishiga olib keladi.
O‘lchov transformatorlarning barcha chulg‘amlari, transformatorlar ishlatilishida ikkilamchi zanjirlarga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik maqsadida erga ulanadi.
Urnatilgan kuchlanish transformatorlarning yuqori kuchlanishli chiqishlari uni kuchlanishga ulanganiga qadar qisqa tutashtirilgan bulishi kerak. Transformator tanasi erga ulangan bulishi lozim.



Download 386.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling