Daraxt - bu uning har bir tuguni nol yoki bir- necha bolaga ega bo‘lgan iyerarxik tuzilmadir. Daraxt tuzilmasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: Bu daraxt oila tuzilmasini ifoda etmoqda. Daraxt tugunlari odamlarni ifodalamoqda, chiziqlar esa ular orasidagi bog‘lanishni. Bu turdagi maʼlumotlarni saqlash uchun daraxt tuzilmasi eng qulay tuzilma hisoblanadi. - Bu daraxt oila tuzilmasini ifoda etmoqda. Daraxt tugunlari odamlarni ifodalamoqda, chiziqlar esa ular orasidagi bog‘lanishni. Bu turdagi maʼlumotlarni saqlash uchun daraxt tuzilmasi eng qulay tuzilma hisoblanadi.
- Ikkilik (Binar) daraxt
- Binar daraxt yuqorida ko‘rsatilgan daraxtga o‘xshaydi, lekin baʼzi qoidalarga asosan quriladi:
- Har bir tugundagi bolalar soni 2 tadan oshmasligi zarur
- Xar qanday tugun qiymatidan kichik bo‘lgan qiymat chap farzandga yoki chap farzandning chap farzandiga yoziladi
- Xar qanday tugun qiymatidan katta bo‘lgan qiymat o‘ng farzandga yoki ong farzandning o‘ng farzandiga yoziladi
- Keling shu qoidalar asosida qurilgan daraxtni ko‘raylik:
- Ahamiyat bering, bosh tugun (8)dan chapdagi barcha elementlarning qiymatlari sakkizdan kichik undan o‘ngdagisi esa sakkizdan katta. Bu qoidalar daraxtning xar bir tuguniga tegishli.
- Keling daraxt bo‘sh bo‘lgandan boshlab qanday qurilganini qarab chiqamiz. Birinchi navbatda 8 ni qo‘shamiz. Dastlab daraxt bo‘sh bo‘lgani sabab u bosh tugun hisoblanadi. Undan keyin 4 ni qo‘shamiz. 8 dan 4 kichik bo‘lgani uchun tepadagi qoidalarga amal qilgan xolda 4 ni 8 ning chap tomoniga yozamiz. 8 ning hech qanday farzandi bo‘lmagani uchun 4 shu joyda qoladi.
- Endi 2 kiritamiz. Maʼlumki 2 dan 8 katta, shu sabab chapga yuramiz. Chapda allaqachon qiymat borligi sabab chap farzand qiymati 2 bilan solishtiriladi. Chap farzandning qiymati (4) 2 dan kata bo‘lgani sabab 4 ning chap tomoni qaraladi. 4 ning chap tomonida element bo‘lmagani sabab 2 shu joyga joylashtiriladi. Shunday qilib kiritilgan xar bir element uchun yuqoridagi solishtiruvlar qaytariladi.
- Daraxtdan element olib tashlash
- Daraxt elementini o‘chirish oddiy tuyulishi mumkin, lekin hisobga olish kerak bo‘lgan holatlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |