Ku isitma, Ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Orta Osiyo isitmasi, Termiz isitmasi rikketsiya mikroorganizmlari qo'zg'atadigan yuqumli isitmali kasallik
Download 29,17 Kb.
|
Ku isitma
Ku isitma, Ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Orta Osiyo isitmasi, Termiz isitmasi - rikketsiya mikroorganizmlari qo'zg'atadigan yuqumli isitmali kasallik. Kasallik birinchi marta 1933 - 35 yillarda Avstraliyaning Queensland - Kvislend shtatida aniqlangan. Qoramol, qoy, it, ot, tuya, chochqa va yovvoyi parrandalar, yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar va odam kasallanadi. Bunda, asosan, o'pka zararlanib, isitma chiqadi, Kasallik qo'zg'atuvchisi kokk yoki tayoqcha shaklidagi rikketsiya. Tabiatda bu kasallik chaqiruvchisi kanalar, kemiruvchilar organizmida saqlanib, kasallik ular ozuqalarni ifloslashi yoki qon sorishi paytida yuqadi. Kasal hayvondan rikketsiya sut, siydik, axlat orqali tashqi muhitga chiqadi. Odamga kasal hayvon sutini qaynatmay iste'mol qilganda, go'sht mahsulotlari orqali yoki kana chaqqanda yuqadi. Kasallik koproq chorvadorlarda, ferma va kushxona xodimlarida uchraydi. Klinik belgilari - kasallikning yashirin davri 8 kundan 4 haftagacha davom etadi. Qisqa muddatli isitma ko'tarilishi, ishtaha yoqolishi, shilliq pardalar qizarishi, bog'oz hayvonlarda mastit, vaginit va bola tashlash, erkak hayvonlarda orxit kuzatiladi. Ku-isitmasi yuqish yo'llari har xil bo'lgan, isitma sindromi va boshqa intoksikatsiya simptomlari bilan kechuvchi tabiiy o'choqli zoonoz rikketsioz kasallik hisoblanadi. Qo'zg'atuvchisi R.burnetii. Qo'zg'atuvchining rezervuari bo'lib iksod, gamaz kanalari, yovvoyi qushlar, o'rdak, g'ozlar, kabutarlar, qarg'alar va uy hayvonlari hisoblanadilar. Antropurgik o'choqlarda odamlarga alimentar, havo-chang, kontakt, transmissiv yo'l bilan yuqadi. Inson kasallik manbai hisoblanmaydi. Lekin ona suti bilan bolaga, homilador ayoldan akusherlarga yuqishi mumkin. Kasallikning yashirin davri 9-32 kungacha davom etadi. Ko'pincha kasallik isitma va qaltirrash yoki et uvishishi bilan o'tkir boshlanadi. Tana harorati 39-40°S gacha ko'tariladi va umumiy intoksikasiya belgilari ko'chayib boradi. Kasallikning birinchi kunlaridan darmonsizlik, badanda qaqshash, terlash, kuchli bosh og'rig'i ko'proq peshona sohasida, bel va oyoqlarda, ko'z soqqasi harakatida og'riq kuzatiladi. Ayrim bemorlarda tomoqda qizarish, sklera tomiri tiqilishlari, yo'tal, ko'krak qafasida og'riq, chanqash, og'iz qurishi, jig'ildon qaynashi belgilari bo'ladi. Burundan qon ketishi mumkin. Isitma 2-3 kundan - 25 kungacha, ayrim hollarda oylab davom etadi. Odatda tana harorati o'tkir 39-40°S gacha ko'tarilib, bir necha kundan so'ng asta-sekin (zinasimon) me'yorgacha tushadi. Kam hollarda kritik tushishi mumkin. Temperatura egri chiziqlari turlicha tipda bo'ladi: doimiy (38-40% hollarda), remittirlovchi (25%), to'lqinsimon (27%). Ayrim bemorlarda isitma subfebril darajagacha tushib bir necha kundan so'ng yana yuqori darajaga ko'tariladi. Isitmaning qayta ko'tarilishi kasallikning boshqa klinik belgilarining yana kuchayishi bilan birga kechadi. Bemorlarda doimiy bo'lmagan bradikardiya, biroz gipotoniya, yurak tonlari bo'g'iqligi, sistolik shovqin eshitiladi. 13-15% hollarda bronxit, raxeit, pnevmoniya rivojlanadi. Bemorlar yo'talganda, chuqur nafas olganda ko'krak qafasidagi og'riqqa shikoyat qiladilar. Yo'tal odatda quruq, gohida qon aralash balg'amli bo'lishi mumkin. Periferik limfa bezlari kattalashimagan. Gemogrammada leykopeniya, neytro va eozinopeniya, nisbiy limfotsitoz, monotsitoz, EChT biroz tezlashishi kuzatiladi. Laborator tashxisoti: qon, balg'am, likvor suyuqligi, ona suti, siydikdan bakteriologik usul bilan qo'zg'atuvchini ajratib olish mumkin. Biologik usulda dengiz cho'chqasi, oq sichqon va kalamushlarga yuqtirib 7 kundan so'ng ularning jigari, talog'i va boshqa a'zolarda R.burnetii ni to'planishi kuzatiladi. Serologik reaksiyalardan KBR kasallikning 10-12 chi kunlaridan boshlab diagnostik titrda (1:8 1:16) bo'ladi. Yana immunoflyuoressensiya, teri osti sinamalari mavjud. Jahongir, [24/01/2023 12:14] Ku isitma, Ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Orta Osiyo isitmasi, Termiz isitmasi - rikketsiya mikroorganizmlari qo'zg'atadigan yuqumli isitmali kasallik. Kasallik birinchi marta 1933 - 35 yillarda Avstraliyaning Queensland - Kvislend shtatida aniqlangan. Qoramol, qoy, it, ot, tuya, chochqa va yovvoyi parrandalar, yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar va odam kasallanadi. Bunda, asosan, o'pka zararlanib, isitma chiqadi, Kasallik qo'zg'atuvchisi kokk yoki tayoqcha shaklidagi rikketsiya. Tabiatda bu kasallik chaqiruvchisi kanalar, kemiruvchilar organizmida saqlanib, kasallik ular ozuqalarni ifloslashi yoki qon sorishi paytida yuqadi. Kasal hayvondan rikketsiya sut, siydik, axlat orqali tashqi muhitga chiqadi. Odamga kasal hayvon sutini qaynatmay iste'mol qilganda, go'sht mahsulotlari orqali yoki kana chaqqanda yuqadi. Kasallik koproq chorvadorlarda, ferma va kushxona xodimlarida uchraydi. Klinik belgilari - kasallikning yashirin davri 8 kundan 4 haftagacha davom etadi. Qisqa muddatli isitma ko'tarilishi, ishtaha yoqolishi, shilliq pardalar qizarishi, bog'oz hayvonlarda mastit, vaginit va bola tashlash, erkak hayvonlarda orxit kuzatiladi. Ku-isitmasi yuqish yo'llari har xil bo'lgan, isitma sindromi va boshqa intoksikatsiya simptomlari bilan kechuvchi tabiiy o'choqli zoonoz rikketsioz kasallik hisoblanadi. Qo'zg'atuvchisi R.burnetii. Qo'zg'atuvchining rezervuari bo'lib iksod, gamaz kanalari, yovvoyi qushlar, o'rdak, g'ozlar, kabutarlar, qarg'alar va uy hayvonlari hisoblanadilar. Antropurgik o'choqlarda odamlarga alimentar, havo-chang, kontakt, transmissiv yo'l bilan yuqadi. Inson kasallik manbai hisoblanmaydi. Lekin ona suti bilan bolaga, homilador ayoldan akusherlarga yuqishi mumkin. Kasallikning yashirin davri 9-32 kungacha davom etadi. Ko'pincha kasallik isitma va qaltirrash yoki et uvishishi bilan o'tkir boshlanadi. Tana harorati 39-40°S gacha ko'tariladi va umumiy intoksikasiya belgilari ko'chayib boradi. Kasallikning birinchi kunlaridan darmonsizlik, badanda qaqshash, terlash, kuchli bosh og'rig'i ko'proq peshona sohasida, bel va oyoqlarda, ko'z soqqasi harakatida og'riq kuzatiladi. Ayrim bemorlarda tomoqda qizarish, sklera tomiri tiqilishlari, yo'tal, ko'krak qafasida og'riq, chanqash, og'iz qurishi, jig'ildon qaynashi belgilari bo'ladi. Burundan qon ketishi mumkin. Isitma 2-3 kundan - 25 kungacha, ayrim hollarda oylab davom etadi. Odatda tana harorati o'tkir 39-40°S gacha ko'tarilib, bir necha kundan so'ng asta-sekin (zinasimon) me'yorgacha tushadi. Kam hollarda kritik tushishi mumkin. Temperatura egri chiziqlari turlicha tipda bo'ladi: doimiy (38-40% hollarda), remittirlovchi (25%), to'lqinsimon (27%). Ayrim bemorlarda isitma subfebril darajagacha tushib bir necha kundan so'ng yana yuqori darajaga ko'tariladi. Isitmaning qayta ko'tarilishi kasallikning boshqa klinik belgilarining yana kuchayishi bilan birga kechadi. Bemorlarda doimiy bo'lmagan bradikardiya, biroz gipotoniya, yurak tonlari bo'g'iqligi, sistolik shovqin eshitiladi. 13-15% hollarda bronxit, raxeit, pnevmoniya rivojlanadi. Bemorlar yo'talganda, chuqur nafas olganda ko'krak qafasidagi og'riqqa shikoyat qiladilar. Yo'tal odatda quruq, gohida qon aralash balg'amli bo'lishi mumkin. Periferik limfa bezlari kattalashimagan. Gemogrammada leykopeniya, neytro va eozinopeniya, nisbiy limfotsitoz, monotsitoz, EChT biroz tezlashishi kuzatiladi. Laborator tashxisoti: qon, balg'am, likvor suyuqligi, ona suti, siydikdan bakteriologik usul bilan qo'zg'atuvchini ajratib olish mumkin. Biologik usulda dengiz cho'chqasi, oq sichqon va kalamushlarga yuqtirib 7 kundan so'ng ularning jigari, talog'i va boshqa a'zolarda R.burnetii ni to'planishi kuzatiladi. Serologik reaksiyalardan KBR kasallikning 10-12 chi kunlaridan boshlab diagnostik titrda (1:8 1:16) bo'ladi. Yana immunoflyuoressensiya, teri osti sinamalari mavjud. Oldini olish: yaylov davri paytida qayvonlar kanalarga qarshi va molxonalar kemiruvchilarga qarshi dezinfeksiya qilinadi. Kasallikka gumon qilingan hayvonlarni tana haporati olchanadi. Qoni tekshiriladi, kasallik aniqlansa, tegishli tadbirlar o'tkaziladi. Davolash. Isitmani uy sharoitida davolash organizmning hayotiy kuchlarini saqlab qolish, tana haroratini nazorat qilish, suv-tuz balansini to'ldirishga qaratiladi. Bemor dam olishi va yengil ovqatlar iste'mol qilishi, ko'proq suyuqlik ichishi, issiq kiyinmasligi, hammom qabul qilmasligi va kuniga 4-6 marta tana haroratini o'lchashi kerak. Agar harorat 38 darajadan oshsa, bemorga isitma tushiruvchi (antipiretik) preparatlar buyuriladi. Pediatriyada tana haroratini me'yorlashtirish uchun yoshga bog'liq dozalarda parasetamol, ibuprofen yoki nimesulid qo'llaniladi. Aspirin ishlatilishi taqiqlanadi, chunki u bola hayoti uchun xavfli bo'lgan gepatoserebral sindrom rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek isitmani tushirish uchun bemor tanasiga spirt, sirkaning suvli eritmalarini surtish mumkin. Tibbiy tekshiruvlar doirasida bemor tana haroratining oshishi sababi aniqlanadi va tegishli davolash belgilanadi. Ba'zi hollarda bemorni shifoxonaga yotqizish yoki ambulatoriya sharoitida qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazish kerak bo'lishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 29,17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling