Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

AM ALIY TOPSHIRIQLAR
1 - topshiriq
Berilgan kesma tavsifi bo‘yicha stratigrafik ustun tuzish
Stratigrafik kesma tavsifi keltirilgan kuzatuv nuqtalaridan(KN) 
birini amaliy topshiriq sifatida olgan talaba 1:200000 miqyosda 
geologik xaritalar va ularga ilova tarzida geologik kesimlar tuzish 
y o ‘l-yo‘riqlari ko ‘rsatilgan m e’yoriy talablarga muvofiq stratigrafik 
ustun tuzadi.(... betga qaralsin). Stratigrafik ustun standart sxema 
shaklida ushbu qo‘llanmada keltirilgan shartli belgilar yordam ida 
tuziladi (ilovaga qaralsin).
Buning uchun standart oMchamdagi (20 x 30 sm) qog‘oz 
varag‘ida joylashtirish uchun maqbul bo‘lgan miqyos tanlanadi. 
Tanlangan 
miqyos 
bo‘yicha 
tuzilgan 
stratigrafik 
ustunning 
markazida 4 sm kenglikda ustun tushiriladi, m azkur grafada turli 
yoshdagi tog ‘ jinslari qatlamlarining holati va o ‘zaro nisbati, tarkibi 
va boshqa belgilari tegishli chiziqli shartli belgilar bilan ifodalanadi. 
Ushbu grafa l i t o l o g i k ustun deb ataladi. Litologik ustunda 
ajratilgan qatlamlar birliklari chap tomondagi umumiy stratigrafik 
jadval birliklariga bog‘lanadi, o ‘ng tomonda esa har bir qatlamning 
qalinliklari 
ko ‘rsatiladi, 
ularning 
litologik 
va 
paleontologik 
xususiyatlarining tavsiflari beriladi.
Stratigrafik ustun tuzayotganda har bir qatlamni tashkil etuvchi 
tog ‘ jinslari nomlarini ketma-ket sanab o ‘tish tartibiga e ’tibor berish 
lozim. B a’zan tog‘ jinslari tavsifida “argillit qatlamchalariga ega
43


qumtoshlar” kabi iborasi bilan turlicha tipdagi tog‘ jinslari 
k o ‘lamlarining o ‘zaro nisbati ko ‘rsatiladi. Biroq, aksariyat hollarda
tog‘ jinslarining nomlari shunchaki sanab o ‘tiladi, masalan, 
qumtoshlar, 
argillitlar, 
mergellar. 
Bunday 
tartibli 
sanashda 
qumtoshlar ko‘lami bo‘yicha kesmada ustunlik qilishini, ular orasida 
argillit qatlamchalari tobe ko‘lamlarda mavjudligi va juda siyrak 
miqdorlardagina mergel qatlamchalari kuzatilishi anglashiladi.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling