Kubik rubik terishni o’rganish — formulasi, yig’ish algoritmi +rasmlar, sirlari


Karkasi — kubik markazlari karkasga mahkam qilib qotirilgan va bir joydan siljimaydi. Kubikning chetlari (yon tomoni)


Download 1.24 Mb.
bet2/5
Sana29.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1140076
1   2   3   4   5
Bog'liq
KUBIK RUBIK TERISH

Karkasi — kubik markazlari karkasga mahkam qilib qotirilgan va bir joydan siljimaydi.

Kubikning chetlari (yon tomoni) — 9 element bo’lib, ular bir vaqtning o’zida birga aylantirish mumkin. Har bir tomon uning inglizcha nomlanishidan kelib chiqib belgilanadi.









U — Up. Yuqori tomoni. D — Down, pastki tomoni.

L — Left. Kubikning chap tomondagi joylashgan 9 elementi.

— Front. Kubikni yuzaki tomonida joylashgan 9 element.

R — Right. Kubikning o’ng tomonidagi 9 element.

Burishlarni belgilash. Barcha burilishlar soat yo’nalishi yoki unga qarshi yo’nalish bo’yicha 90° ga burishni nazarda tutadi.









L — kubikning chap tomonini soat millari bo’ylab 90 gradusga burish.
R — huddi shu tarzda o’ng tomonni burish.

U — yuqori tomonni soat millari yo’nalishida 90 gradusga burish.
D — shu tarzda pastki tomonini burish.

F — yuzaki tomonini soat millari yo’nalishida 90 gradusga burish.

‘ — shtrix kubik tomonini soat millarga qarshi yo’nalishda burish kerakligini anglatadi.

Tavsiya. Kubikni qo’lga olgach, burilayotgan tomonini yuzingizga qaratib olish orqali uni qaysi tarafga — soat yo’nalishi bo’yichami yoki qarshiligini tushunib olish oson bo’ladi. Quyida formulalarda R2, L2, F2 kabi yozuvlarni ko’rish mumkin, bu o’sha tomonni 2 marta burish kerak degani, ya’ni 180 gradusga.


KUBIK RUBIKNI TERISH
Birinchi formula «To’rtlik» deb nomlanadi.









Qizil-ko’k-sariq rangli bo’lgan burchakni toping. Kubikni shunday ushlangki, shu tomon rasmdagidek yuqori o’ng tomonda bo’lsin. Markaziga ham e’tibor bering. U sizga yuzlanib turishi kerak (hozirgi holatda u sariq rangli, sizda boshqa rang bo’lishi mumkin, uni eslab qoling).

R’ D’ R D
Ushbu kombinatsiyani bajaring va natijaga qarang. Yuqoridagi burchak pastga tushdi. Sariq (ushbu namunada) rangli markaz hali ham bizga yuzlanib turibdi. Kubikni aynan shu tarzda saqlang.

R’ D’ R D
ushbu kombinatsiyani yana bir marta takrorlang va natijaga qarang. Endi o’sha burchak yuqoriga chiqdi, biroq uning ranglari joylashuvi almashdi.

Xulosa: burchak tepa-pastga chiqib tusha oladi va ranglarini joylashuvi almashadi. Agar ushbu kombinatsiyani yana 4 marta bajarsangiz, burchak o’zining dastlabki holatiga qaytadi.

1-BOSQICH
Kubik rubikni yig’ish birinchi qavatni terib olishdan boshlanadi. Buning uchun markazi sariq rang bo’lgan tomonga o’rtaliqlar keltirilib, ‘+‘ shaklida qilib terib olinadi. E’tibor bering, o’rtaliqda ikkita rang bo’ladi, uning biri sariq rangga to’g’ri kelsa, ikkinchisi boshqa tomondagi markazning rangi bilan to’g’ri kelishi kerak (1-rasmda ko’k va qizilga to’g’ri kelgani kabi).

1-rasm

2-rasm

3-rasm

4-rasm

Rasmga e’tibor bering. Qovurg’aning birinchi tomoni sariqqa mos kelsa, ikkinchi tomoni qizil bo’lganda, qizil rangli markazga mos keladi.

Dastlab Sariq-Ko’k rangli o’rtaliqdan boshlaymiz. Avvalo uni kubikdagi joylashuvini topib olamiz. Kubikni sariq markazi yuqoriga, ko’k ranglisi bizga qarab turgan qilib ushlaymiz.

Birinchi qadam — o’rtaliqni bizga kerakli bo’lgan tomon — pastga tushirib olish. Bizning holatda buning uchun R qilish kifoya.

Ikkinchi qadam — pastda joylashgan o’rtaliqni ko’k rangli markaz bilan birlashtirish. Bizning holatda bu D’.

5-rasm

6-rasm

7-rasm

8-rasm

Uchinchi qadam — o’rtaliqni kerakli joyga ko’tarish. Buning uchun F2 qilish kerak. Ana endi o’rtaliq o’z joyiga keldi. Ammo…

Mana bunday holat ham yuz berishi mumkin edi. Bu holda o’rtaliq «teskari» turipti. Uni tuzatish uchun F U’ R U qilish kerak.

Endi kubikni keyingi (qizil) yuza tomonini o’zimizga qaratamiz. Sariq markaz yuqorida. Qizil-sariq rangli o’rtaliqni teramiz. Hammasi oldingidek qadamlar bilan amalga oshiriladi. Keyin sariq-yashil va sariq-to’q sariq.

Bir nechta o’rtaliqlar o’z joyiga keltirilganidan so’ng, navbatdagi o’rtaliqni pastga tushirish oqibatida yuqorida turganini buzib yuborish mumkindek tuyuladi. R’ D’ R kombinatsiyasi qilinsa, o’ng tomondagi yuqori sariq o’rtaliq yana o’z joyiga qaytadi.

2-BOSQICH
Endi yuqoridagi burchaklarni o’z joyiga qo’yish kerak bo’ladi. Bunda ham burchakning ranglari e’tiborga olinadi. Misol uchun, sariq-ko’k-qizil rangli burchak bir tomon markazi qizil, bir tomon markazi ko’k bo’lgan joyga keltirilishi kerak. Tartib quyidagicha:

9-rasm

10-rasm

11-rasm

12-rasm

Ushbu bosqichda erishish kerak bo’lgan natija. Yuqori qismning barcha burchaklari va o’rtaliqlari o’z joyida.

Qizil-ko’k-sariq burchakdan boshlaymiz. Sariq rangli markazni yuqori tomonda qilib ushlagan holda kerakli burchakni qidiramiz. Birinchi variant — u pastda joylashgan.

Ikkinchi variant — u yuqorida. Kubikni bizga kerakli burchak o’ng tomon yuqorida joylashadigan qilib olamiz. Burchakni bizga tanish bo’lgan formula — R’ D’ R D qilib pastga tushiramiz.

Izlanayotgan burchak o’z joyiga kelguncha kubikning pastki tomonini aylantiramiz. Pastga kelgach, u o’z joyiga chiqquncha 1 martadan 5 martagacha R’ D’ R D qilamiz. Shu tarzda qolgan burchaklarni yuqoriga chiqaramiz.

Demak, ikkinchi bosqich strategiyasi: kerakli burchakni pastga tushirish, mos keladigan joyning pastiga olib kelish va o’z joyiga chiqquncha «To’rtlik»ni bajarish.
3-BOSQICH

13-rasm

14-rasm

15-rasm

16-rasm

3-bosqichning natijasi. Bu bosqichda 4 ta o’rtaliqni o’z joyiga qo’yish kerak.

Kubikni teskari qilamiz. Endi terilgan sariq tomon pastda joylashadi, yuqorida esa oq rangli markaz bo’ladi. Endi kubikni terishni oxirigacha aynan shu tarzda ushlanadi.

Yuqori qavatda bir tomonida oq rang bo’lmagan o’rtaliq topiladi. Masalan yashil-to’q sariq. Endi o’rtaliqning yashil tomoni yashil markaz bilan to’g’ri kelguncha yuqori tomon (U) aylantiriladi.

Agar yashil tomon to’g’ri kelmaydigan bo’lsa, to’q sariq rangli tomon to’q sariq markaz bilan to’g’rilanadi. Ya’ni bizda ikkita variant bo’lishi mumkin.

17-rasm

18-rasm

19-rasm

20-rasm


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling