Kubraviya tariqati axloqiy qoidalarining yoshlar tarbiyasidaagi ahamiyati
“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
Download 50.25 Kb. Pdf ko'rish
|
kubraviya-tariqati-axloqiy-qoidalarining-yoshlar-tarbiyasidaagi-ahamiyati
“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№14 99 Xudo vasliga noil bo‘lmoqdur!» – degan so‘zlari payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning «Vatanni sevmoq – iymondandir», – degan hadisi sharifiga hamohangdir. XIII-asr boshida Xorazmda Najmiddin Kubro o`z tasavvufiy qarashlarini rivojlantirib, kubroviylik — tasavvuf tariqati asos solgan. Uning asarlarida tariqatning mohiyati, oʻziga xos talab va qoidalari bayon qilib berilgan. Kubroning tasavvufiy taʼlimotiga koʻra, inson oʻz mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam boʻlgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni oʻzida mujassamlashtiradi. Ammo ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin oʻziga xos maqomlarda joylashganligidan, haqiqat yoʻlini qidiruvchilar bunday kamoga erishish uchun maʼlum riyozatli yoʻllarni oʻtishlari zarur.Bu yoʻlda unga piri komil rahnamolik qilishi kerak. Kubro kamolotga erishish asoslarini quyidagi oʻnta talab ("Oʻnta usul") da ifodalab bergan: tavba — barcha amallarning boshi boʻlib, Alloh oldida tavba qilish, bundan keyingi hayotni ilohiy ezgulik va xayrga bagʻishlashga ahd qilish; zuhd — taqvo, parhez, haromdan hazar qilib, halollikka yuz tutish, Alloh man etgan ishlarni qilmaslik; tanakkul (tanak-kal) — barcha ishlarni qilishda Allohning mehribonligi va qudratiga tayanish; qanoat — hayot kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, moʻʼtadillik, tuban mayllardan ozod boʻlish; oʻzlat — tanholikda boʻlish, xilvatda ruhni poklash; tanajjuh (yuzlanish) — butun vujud bilan Allohga yuzlanib, undan madad soʻrash, u sari qalban intilish; sabr — solikning oʻz eʼtiqodi, niyatini sivashi. Haq yoʻlining azobu iztirobiga chidagan kishilargina maqsadga erishadi; muroqaba (tafakkurga gʻarq boʻlish) — qalb poklangani va tuban ehtiroslardan holiligini tuyib, xotirjam boʻlinganini eslab xayolga choʻmish, Haq taolo rahm-shafqatini koʻtib turish; zikr — Allohning ismini tildan qoʻymaslik, kalimayu duolarni muntazam takrorlab turish; rizo — Alloh qudratini chu-qur his qilgan holda, oʻzini butkul uning irodasiga topshirish va bundan huzurlanish. Bu maqom solikni Haqqa, Haqning unga yaqinlashganligini bildiradi. Kubro ilohiy maʼrifatni sufiy faqat foniylik holatida, yaʼni butkul oʻzligini yoʻqotib idrok eta oladi, degan fikrga eʼtiroz bildiradi va Juvayd Bagʻdodiyning "sahv" (hushyorlik) yoʻlini toʻtib, tafakkuriy-aqliy bilimga eʼtiborni qaratadi. Bunday yoʻlni Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband ham maʼqullagan. Kubro inson ruhiy kechinmalari, nozik holatlarini puxta bilgan. Shunga muvofiq "latoif" ("nozik taʼblilik") nazariyasini ishlab chiqqan. Bu nazariyaga koʻra, inson ruhi koʻzga koʻrinmas latif markazlardan iborat. Bu ong va tuygʻu, ruh va jism orasidagi bir narsa. Uni ilgʻab olish mushkul. Ammo inson hayotida bu markazlarning ahamiyati muhim. Sufiy ayni shu markazlarni ilgʻab olishi lozim.Ana shu "latoif" insonning ilohiy hislatidir. Sufiy riyozatlar, mashqlar davomida bu latoifni turli holatlarning oʻzgarishi, ranglar va shakllarning almashinishi tarzida tasavvur qiladi. Kubro nazarida nuqta, dogʻ va doira murid ruhiy qolatlari oʻzgarishida muhim xizmat qiladi. Doira — falak doiralarining aylanishi, dogʻ — dunyo timsoli, nuqta — |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling