Kuch transformatorlarini tanlash reja: Tranformatorlar va ularning turlari
Download 422.61 Kb.
|
Kuch transformatorlarini tanlash
Kuch transformatorlarini tanlash REJA: 1. Tranformatorlar va ularning turlari 2. Podstansiyalarda transformatorlarning soni va quvvatini tanlash. Transformatorlarning sonini tanlash 1. Tranformatorlar va ularning turlari Transformator ozgaruvchan tok kuchlanishini ozgartiradigan (bu jarayonda chastota f=const) static (aylanuvchi qismi bolmagan) elektromagnit ozgartgichdir. Elektr stansiyalaridan istemolchilarga elektr energiyani uzatishdagi energiya isroflari liniya simlaridan otadigan tok kuchiga bogliq bo‘ladi. Elektr stansiyalaridagi sinxron generatorlar kuchlanishining kattaliklari(U≤24 kV) uzoq masofada joylashgan iste’molchilarga elektr energiyani tejamli uzatish uchun ancha kamlik qiladi. Elektr energiyaning ma’lum quvvatini (SUI) istemolchiga uzatishda transformator yordamida kuchlanish U qanchaga oshirilsa, tok kuchi I shuncha marta kamayadi. Bunda: 1) liniya uchun kondalang kesim yuzasi nisbatan kichik bolgan sim tanlanib, elektr uzatish liniyasini qurishda rangli metallar tejaladi; 2) liniyadagi quvvat isroflari (P'3I2rl) kamayishi tufayli istemolchilarga yetkazib beriladigan aktiv quvvat oshadi. Ayrim issiqlik elektr stansiya (IES)larida ornatilgan kuch transformatorlari uzatilayotgan elektr energiyaning kuchlanishini 20 kV dan 500 kV ga, yani 25 marta oshirib beradi. Natijada, liniya simlaridagi energiya isroflari transformatorsiz uzatilganiga nisbatan 252 = 625 marta kamayadi, yani katta iqtisodiy samaraga erishiladi. Har qaysi elektr stansiyasida kuchlanishni oshiruvchi katta quvvatli transformatorlar ornatilgan boladi (1-rasm). Elektr uzatish liniyasi uzoq masofali va uzatilayotgan quvvat qancha katta bolsa, texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan kuchlanish shuncha yuqori boladi. Masalan, 103 MVt quvvatni 1000 km masofaga uzatish uchun deyarli 500 kV kuchlanish zarur boladi. Ozgaruvchan tok istemolchilarining kopchiligi 220, 380 va 660 V kuchlanishlarda, nasos stansiyalarda ornatilgan suv nasoslarini yuritadigan sinxron elektr motorlari 10 kV; metallurgiyada qollaniladigan katta quvvatli faza rotorli asinxron elektr motorlari 6 kV, shu sohada ishlatiladigan yirik sinxron elektr motorlari esa 6 va 10 kV kuchlanishlarda; elektrlashtirilgan temir yol transportida qollaniladigan elektr motorlari 3,3 kV kuchlanishda ishlaydi. Shuning uchun elektr uzatish liniyasining yuqori kuchlanishi markaziy va mintaqaviy podstansiyalarda hamda elektr energiya istemolchilariga yaqin joyda ornatilgan kuch transformatorlari orqali ular uchun zarur bolgan kuchlanish qiymatiga qadar pasaytiriladi. Shu xususda 6.1-rasmda, konstruksiyasi kuchlanish klassi 35 kV, quvvati esa 10006300 kVA ga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori korsatilgan. Elektr stansiyasidan istemolchilarga elektr energiyani uzatish jara yoni besh-olti bosqichda asosan ikki chulgamli katta quvvatli transformatorlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun kuch transformatorlarining soni hamda ularning quvvati elektr energiyani uzatish masofasiga qarab elektr stansiyalaridagi elektr generatorlarining soni va ornatilgan quvvatiga nisbatan taxminan olti marta kop boladi. Ozbekiston Respublikasida kuch transformatorlari hamda maxsus transformatorlarning ayrimlari asosan, Toshkent viloyatida faoliyat korsatayotgan Chirchiq transformatorsozlik zavodida, «ELUS(Elektr uskunalari)» va «OsiyoElektroEnergiya» ilmiy-ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Toshkent shahrida kuch transformatorlarini tamirlaydigan korxonalardan EnergoTamir ixtisoslashtirilgan tamirlash-ishlab chiqarish va Rotor tamirlash korxonalari ham faoliyat korsatmoqda. Download 422.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling