Kuch transformatorlarini tanlash reja: Tranformatorlar va ularning turlari


transformatorlarning soni va quvvatlarini aniqlash bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar


Download 422.61 Kb.
bet6/6
Sana20.12.2022
Hajmi422.61 Kb.
#1035640
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kuch transformatorlarini tanlash

transformatorlarning soni va quvvatlarini aniqlash bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar.
Sanoat korxonalari iste’molchilarining elektr ta’minotida zarur bo‘lgan qudratli transformatorlarning soni, quvvati va tiplarini tanlashda quyidagi tartib tavsiya etiladi:
Podstansiyada o‘rnatiladigan transformatorlarning soni iste’molchilarning elektr ta’minotining ishonchligiga bo‘lgan talabidan kelib chiqiladi. Masalan, birinchi toifali iste’molchilar uchun podstansiyaga ikkita ransformator o‘rnatilishi maqsadga muvofiqdir.
Podstansiyadagi transformatorlarni quvvatini hisobiy to‘la quvvat asosida tanlanadi.

Bu yerda, Pr, Qx - korxonaning hisobiy aktiv va reaktiv quvvatlari. Qx aniqlaganda korxonada o‘rnatilgan reaktiv quvvatini kompensatsiyalovchi qurilmalarining quvvatini hisobga olish kerak. Agar sanoat korxonasining BPP ikkita transformator o‘rnatilishi zarur bo‘lganda, ularning har birining nominal quvvat quyidagiga aniqlanadi:

Avariya holatlar uchun transformatorning o‘ta yuklanish imkoniyatini tekshirib ko‘riladi:

Bu yerda, hisobiy quvvat SX aniqlanganda, III toifali iste’molchilar e’tiborga olinmaydi.


Sex podstansiyalarida transformatorlarni qabul qilishda yuklama zichligini ham hisobga olinadi:

Bu yerda, Sx - sex, korpus yoki bo‘limning hisobiy yuklamasi;


F - sex, korpus yoki bo‘lim maydonining yuzasi.
Agar bo‘lsa, transformatorning quvvati 1000 kVA yoki undan kichik bo‘lgani ma’qul oralig‘ida – 1600 kVA va da 1600 yoki 2500 kVA li transformatorni qabul qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Transformatorlarni ratsional yuklanish koeffitsiyentini quyidagicha olish tavsiya etiladi:
Ikki transformatorli podstansiyalarning yuklamalarida I toifali iste’molchilar ko‘pchilikni tashkil etganda, Kyu=0,650,7;
bir transformatorli podstansiyalarda, kichik kuchlanishda boshqa podstansiyadan rezerv liniya mavjudligida, Kyu=0,70,8;
II toifali iste’molchilar ko‘pchilikni tashkil qilib, markazlashtirilgan zahirada transformator mavjud bo‘lganida yoki podstansiya yuklamalari III toifali iste’molchilardan iboratligida, Kyu=0,90,95.
Podstansiyadagi transformatorlar quvvatlarining mumkin bo‘lgan variantlari, favqulotda holatdagi va sistematik o‘ta yuklanishlarni hisobga olgan holda, ko‘rib chiqiladi. Belgilangan variantlardan texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari eng optimal bo‘lgani qabul qilinadi.
Podstansiyaning kelajakda yuklamasini ortishini hisobga olib uning binosi fundamentini yuqori quvvatli transformatorga mo‘ljallab bajariladi yoki podstansiyani qo‘shimcha transformator o‘rnatish evaziga kengayishini nazarda tutiladi.
Download 422.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling