Kuch usulining kаnоnik tеnglаmаlаri. Аsоsiy sistema tаnlаsh


Download 5.81 Kb.
Sana16.09.2023
Hajmi5.81 Kb.
#1679533
Bog'liq
Kuch usulining kаnоnik tеnglаmаlаri. Аsоsiy sistema tаnlаsh-fayllar.org


Kuch usulining kаnоnik tеnglаmаlаri. Аsоsiy sistema tаnlаsh

Kuch usulining kаnоnik tеnglаmаlаri. Аsоsiy sistema tаnlаsh



Asosiy sistemaga qo‘yiladigan talablar
bu – statik aniqlik va geometrik shakl o‘zgartirmaslikdir, ammo ba’zi hollarda bu shart bajarilmasligi mumkin. Har bir sistema uchun odatda hohlagancha asosiy sistema tuzish mumkin. Hisoblashlar uchun olinadigan A.S ni tanlash masala shartlariga va loyihachi mahoratiga bog‘liq
Tuzilayotgan qo‘shimcha tenglamalardagi ko‘chishlar chiziqli yoki burchakli ekanligidan qat’iy nazar Δ orqali belgilanadi. Har bir ko‘chish, ko‘chishi aniqlanayotgan nuqtani, ko‘chish yo‘nalishini, ko‘chishni hosil qiluvchi kuch yoki yukni bildiruvchi 3 ta indeksiga ega bo‘lishi kerak. Kuch usuli qo‘shimcha tenglamalariga kiruvchi ko‘chishlar uchun 2 ta indeksdan foydalanish yetarli, chunki noma’lum kuchlar qo‘yilish nuqtasi ko‘chishlari doimo aniqlanadi, ya’ni nuqta va ko‘chish yo‘nalishini topish uchun bitta indeks kifoya
Noma’lum kuchlar soni bir nechta bo‘lganda har birining qo‘yilish nuqtasi uchun umumiy sistema hosil qiluvchi qo‘shimcha tenglamalar tuzish kerak
Kanonik tenglamalar sistemasiga kiruvchi ko‘chishlarni aniqlash uchun bog‘lanishlarni tashlab yuborib, ularni birlik kuch bilan almashtiriladi va bu kuchlar va tashqi yuk ta’siridan epyuralar qurilib, Mor-Vereshchagin usuli orqali epyuralar ko‘paytirilib, kanonik tenglamaga kiruvchi ko‘chishlar aniqlanadi
To‘la yuklanishdagi asosiy sistema, ichki kuchlar epyuralari berilgan sistema epyuralari ya’ni ichki kuchlar yakuniy epyuralari bo‘ladi. Shunday qilib, kuch usuli bilan statik noaniq sistemalar hisobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Statik noaniqlik darajasi aniqlanadi.

  • Bir nechta variantda asosiy sistema tuzilib, ular ichidan hisob uchun bittasi tanlanadi.

  • Kanonik tenglamalar sistemasi tuziladi.

  • Asosiy sistemani birlik noma’lum kuchlar va tashqi yuk bilan yuklab, asosiy sistemadagi ichki kuchlar epyuralari quriladi: birlik kuchlarda – birlik kuch epyuralari, tashqi yukdan – yuk epyuralari.

  • Mor-Vereshchagin usuli bilan epyuralarni ko‘paytirib kanonik tenglamalar sistemasiga kiruvchi ko‘chishlar topiladi.

  • Kanonik tenglamalar sistemasini yechib X1, X2,…,Xn noma’lumlar oldidagi koeffitsientlar aniqlanadi.

  • To‘la yuklanishdagi asosiy sistema tuzilib, berilgan sistema uchun ichki kuchlar epyuralari quriladi.

  • Olingan natijalar tahlil qilinib, to‘g‘risi olinadi


Egilishga ishlovchi statik noaniq rama
Asosiy sistema variantlari
Birlik kuch epyuralari
Birlik kuchlarning yig‘indi epyurasi
Birlik kuchlar epyuralari Ms epyura bilan ketma-ket ko‘paytiriladi. M­S epyuraning birligi birlik epyura bilan ko‘paytirish natijasi kanonik tenglamalar birinchi qatoriga kiruvchi birlik kuchlar ko‘chishlari yig‘indisiga, Ms ni ikkinchi birlik kuch epyurasi bilan ko‘paytmasi – ikkinchi qatordagi birlik kuch ko‘chishlari yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak va hokazo
Reaksiya kuchlari aniqlangan
Rama uchun qurilgan ichki kuch epyuralari
Statik noaniq sistemalarda ko‘chish qiymatini Mor-Vereshchagin usuli orqali aniqlash eng qulayidir.
U yoki bu statik noaniq sistemada ko‘chishlarni aniqlash uchun tashqi yuk epyuralarini qurib (buning uchun statik noaniqlik ochiladi), keyin ko‘chishi aniqlanayotgan nuqtada statik noaniq sistemaga birlik kuch qo‘yiladi va birlik kuch epyuralari quriladi, statik noaniqlik ikkinchi bor ochiladi, birlik kuch va tashqi yuk bilan yuklangan statik noaniq ramani hisoblash, hamda birlik kuch va tashqi yuk epyuralarini ko‘paytirib ko‘chish topiladi. Ammo, haqiqatda bunga ehtiyoj yo‘q
Statik noaniqlik ochilganda tabiiyki berilgan sistema tashqi yukdan o‘zining statik noaniqlik fizik alomatlarini (harorat o‘zgarishi bilan kuchlanish paydo bo‘lishi, tayanchlar cho‘kishi va hokazo) saqlashga intiladi va to‘la yuklanishdagi asosiy sistema singari statik aniqlikka aylanadi
Ramaning «A» nuqtasidagi gorizontal ko‘chishini aniqlash:

  • berilgan sistema;

  • asosiy sistemaga birlik kuch qo‘yilgan;
    d) birlik kuch epyurasi


Vertikal va gorizontal ko‘chishlar hamda burchak deformatsiya
http://fayllar.org
Download 5.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling