Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana27.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1726466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21.23.F Ahadov Ziyodulla -Jismoniy madaniyat metodikasi fanidan-Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash ref

Muskul kuchini namoyon qilinishi (taranglashishi) uch xil rejimda amalga 
oshiriladi:
a) muskul zo’riqishi o’zining uzunligini o’zgartirmagan holda (statik, izometrik 
rejimda) namoyon qiladi. Gavdani yoki uning ayrim bo’laklarini turlicha 
holatlarda(pozalar)da ushlash uchun kuch namoyon qilish;
b) muskul uzunligini qisqarishi hisobiga, bardosh berish –chidash bilan 
(miometrik) zo’riqish namoyon qilish. Zo’riqish birday turadi o’zgarmaydi, bunday 
rejim tsiklik va balastik harakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo’ladi;
v) muskulning cho’zilishi vaqtida, uning uzayishi hisobiga (yon berish, bo’sh 
kelish-pliometrik) kuch yuzaga keladi. O’tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul 
qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo’ladi. 
Bardosh berish bilan, yon berish, bo’shashtirish bilan kuch namoyon qilishni d i n 
a m i k r e j i m d a g i k u ch, deb atash qabul qilingan.
Turli sharoitda maksimal kuchning ko’lami turlicha. Qayd qilingan kuch namoyon 
qilishning xillarini kuch qobili yatining klassifikatsiyasi sifatida qabul qilingan.
Kuch qobiliyatining turlari muskul zo’riqishi tartibi-ning kombinatsiyalashtira 
olish xarakteriga qarab farqla nadi. Statik rejimda va sekinlashtirilgan harakatlarda 
namoyon bo’ladigan shaxsiy-kuch qobiliyatlari va tezlik-kuchi hisobiga sodir bo’ladigan 
kuch - dinamik kuchdan, tez bajari ladigan harakatlar uchun foydalaniladi. 
Boshqachasiga buni shiddat (portlash) kuchi deb ham ataladi.
“Portlash kuchi”ga qisqa vaqt ichida eng katta kuch namoyon qila olish qobiliyati 
deb qaraladi. “Portlash kuchi” sakrashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida 
namoyon bo’ladi.
Muskul o’ta zo’riqishining optimal yo’nalishi. Muskul kuchi belgilangan 
faoliyatning yo’nalishiga iloji boricha yaqinlash tirilishi, moslashtirilishi lozim.
Masalan, nayza uloqtirishda zo’r berib tanaga tezlik beri shimiz mumkin, lekin bu 
tezlik nayzani uloqtirishdagi fi nal kuch sarflash bilan moslanmasa, sarflangan kuch 
samarasiz bo’ladi. Nayza mo’ljallangan troektoriyada uchmasligi mumkin.
Past start olishda tananing og’ishi 54 va 72 gradusli burchak hosil qilgandan so’ng 
startdan chiqishning samarasi turlicha namoyon bo’ladi.
Masalan, hisoblashlarning ko’rsatishicha tananing og’ishi 72 gradusdaligi bilan 
start olganda, ikkala oyoqda 180 kg kuch bilan depsinish namoyon qilinsa kuchning 
gorizontal yo’nalishi samaradorligi 55,62% dan oshmas ekan. 
Agar start 54 gradusda bajarilsa, depsinish kuchining samaradorligi 105,80 kg 
bo’lishi mumkin.
Harakat tezligini oshirish, gavdaga tezlanish berish uchun unga anchagina kuch 
ta’sir etilishi lozim. U qanchalik kuchli bo’lsa, tanani fazoda tezlanishi shunchalik qisqa 
vaqt ichida sodir bo’ladi. 


1-rasm. Kuch harakat (jismoniy) sifatining umumiy xarakteristikasi (K.D.Chermit 
bo’yich. 


Lekin, tezlik birdaniga oshmaydi. Buning uchun kuch sezilarli vaqt davomida 
ta’sir etib turishi zarur. Maksimal tezlik olish uchun esa uzoqroq masofa va katta kuch 
bilan ta’sir etish foydalidir.
Oyoqning to’pga tegadigan ustki qismini qanchalik orqaga cho’zilsa to’p oralig’i 
bilan masofa uzaytirilib, oyoq kaftining to’pga tegish tezligi oshirilsa, to’p zarbining 
kuchi shunchalik ortadi. Harakat yo’lning chegaralanishi tezlik kuchayishini 
susaytiradi. 
Kuchning ta’sir etish vaqti qanchalik oz bo’lsa, harakat tezligi shuncha yuqori 
bo’ladi. Gavda qiya chiziq bo’ylab tezlik oladigan bo’lsa, shuncha ko’p ta’sir kuchi 
kerak bo’ladi.
To’g’ri chiziq bo’ylab harakat tezligini namoyon qilish uchun qiya chiziq bo’ylab 
harakat tezligini yuzaga keltirishda ta’sir kuchi nisbatan oz talab qilinadi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling