Kulichur bitigi. Bitiktoshni 1912-yilda polshalik professor V. Kotvich Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzilidan topgan va uning matnini A. Samaylovich bilan birga 1928-yilda nash etgan
Download 19.26 Kb.
|
1 2
Bog'liqKulichur bitigi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIRLIK I shaxs
- II shaxs
Egalik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so‘zlar egalik affiksini olib, narsa - predmetning uch shaxsdan biriga tegishligi, qarashligini bildirgan. Egalikni ifodalashning eng sermahsul usuli morfologik usuldir. Egalik qo‘shimchalari quyidagi ko‘rinishga ega
BIRLIK I shaxs - m (-ïm, -im // -um, -üm): bašïm “boshim”, közüm “koʻzim”, bodunum “xalqim”, älim “elim”. II shaxs - ŋ ( -ïŋ, -iŋ // -uŋ, -üŋ): bögdäŋ - xanjaring, bägiŋ “beging”, qanïŋ “xoning”. III shaxs -ï, -i //-sï-si: biligi “ilmi”, süsi “qoʻshini”, yağïsï “dushmani”. KO‘PLIK I shaxs - mïz, -miz // -muz, -müz (-ïmiz, -imiz //-umuz,-ümüz): ünümüz “ovozimiz”. II shaxs - ŋïz, -ŋiz // -ŋuz, -ŋüz ( -ïŋïz, -iŋiz // -uŋuz, -üŋüz: abamïz “otamiz”. III shaxs -larï, -läri, –sï, -si: qunčuylarï “xonimlari”, bägläri “beklari”. Sifat tarixan maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega bo‘lmagan. Mutaxassislarning fikricha, sifat dastavval mustaqil so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan, keyinroq ot turkumidan o‘sib chiqqan va rivojlangan. E.V.Sevortyanning ta'kidlashicha, sifatning otdan differensiatsiyalanishi ancha ilgarigi davrlarda boshlangan. V – VIII asrlarga kelib, bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo‘lgan xilma-xil shakllar hisobiga yuz bergan. Ushbu leksemalarning ba'zilari qadimdayoq kammahsul bo‘lgan, ayrimlari esa o‘z sermahsulligini hozirgi kungacha saqlab qolgan va hatto kengaytirgan. Muayyan shakllar ot va sifat uchun mushtarak hisoblangan, yana boshqa birlari faqat sifatgagina tegishli bo‘lib, keyingi davrlarda taraqqiy etmagan19. Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo‘lib, bu jarayon davom etmoqda. Bundan hamma sifat otdan ajralib chiqqan, degan fikrga kelmaslik kerak. Chunki sifat mustaqil kategoriya sifatida shakllanganidan so‘ng bu turkum tarkibida yangidan qo‘shilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama so‘zlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning etimologiyasi hozircha aniqlangan emas. Asliy sifatlar: narsa-predmetning rang-tusi: ala “ola”, aq “oq”, qara “qora”, yašïl “yashil”. Masalan: qïzïl qan “qizil qon”, qara tär “qora ter”, sarïğ altun “sariq oltin”, aq kümüsh “oq kumush”, qïzïl qaya “qizil qoya”, yağïz yär “qoʻngʻir yer”; shakli: ägri “egri”, sämiz “semiz”, torïq “ozgʻin”, asra “past”, köni “toʻgʻri”; xususiyatini bildiradi: arïğ “toza”, soğuğ “sovuq”; ädgü “yaxshi”, yablaq “yomon”. Nisbiy sifatlar. Qadimgi turkiy tilda nisbiy sifatlar asosan affikslar yordamida otlar va fe’llardan yasalgan: 1. -lïğ, -lig//-luğ, -lüg qo‘shimcha otdan sifat yasaydi va egalik hamda nisbatni bildiradi: qağanlïğ ( 10. -čïğ, - čig qo‘shimchasi: adïnčïğ ( 2. Qiyosiy (ozaytirma) daraja. Bu davr yodnomalarida -raq/-räk affiksi belgining ortiqligini ko‘rsatgan. Masalan: yeg (yaxshi) - yegräk (eng yaxshi), artuq (ortiq) – artuqraq (eng ortiq). 3. Orttirma daraja. Orttirma daraja narsa - predmetdagi belgining boshqa narsa-predmetdagi belgidan ortiqligini bildiradi va bunda sifat oldidan aŋ, äŋ, anyïğ kabi so‘zlar qo‘llangan. Bu so‘zlar hozirgi o‘zbek tilidagi juda, hech kabi so‘zlarga to‘g‘ri keladi: ayïğ ädgu “juda yaxshi”, äŋ ilki “eng birinchi”. Sonlar morfologik tuzilishiga ko‘ra quyidagi bir necha gruppalarga bo‘li nadi. Sanoq son. Bu turdagi sonlar morfologik ko‘rsatkichlarga ega emas.Sanoq sonlar konkret miqdorni bildiradi: bir, iki, uč, tört, yigirmi, otuz, yüz, miŋ va h. Shuni ta’kidlash kerakki, dona son ma’nosi ko‘pincha sanoq son bilan ham ifodalangan: Süsi üč biŋ ärmiš “lashkari uch mingta askardan iborat ekan” (To‘n). Tartib son. Tartib sonlar sanoq son negiziga – nč, –ïnč, inč, -unč, -nti kabi affikslarni qo‘shish orqali hosil bo‘lgan: ikinč “ikkinchi”, altïnč “oltinchi”, üčünč “uchinchi”, onunč “oʻninchi”, ikinti “ikkinchi” kabi. Taqsim son. Sanoq sonlarga -ar, -är, -rar, -rär , -sar kabi affikslarni qo‘shish bilan hosil qilingan: onar “oʻntadan”, birär “bittadan”, üčär “uchtadan”, ikirär “ikkitadan”, altïrar “oltitadan”, toquzar “toʻqqiztadan” kabi. Jamlovchi son qo‘shimchasi -ağu, -ägü shakliga ega: altağu “oltov”; törtägü “toʻrtov”. Dona sonlar sanoq sonlarga -ta, - da affikslarni qo‘shish bilan yasalgan: birtä, ikidä. Chama sonlar sintaktik usul bilan beriladi, ya’ni quyi tartibdagi birlik son yuqori miqdordagi son bilan keladi: bir iki, iki üč, tört beš. Hisob soʻzlar: yolï “marta”, bağ “bogʻ”, sürük “suruv”, qata “marta”. Download 19.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling