3. Amaliy mashg‘ulotni bajarishga oid mustaqil variantlar.
3.2-masala. Sig‘imlari C1=10 mkF va C2=15 mkF ikki kondensator o‘zaro ketma-ket ulansa, ekvivalent sig‘im qancha bo‘ladi?
3.3-masala. Agar ikkita ketma-ket ulangan kondensatorlarning sig‘imi C=1,2 mkF bo‘lib, bunda bir kondensator C1=3 mkF bo‘lsa, ikkinchi kondensatorning sig‘imini aniqlang.
3.4-masala. Elektr sig‘imlari C1=2 mkF, C2=3 mkF, C3=4 mkF bo‘lgan uchta kondensator ketma-ket ulansa, umumiy sig‘im qancha bo‘ladi?
3.5-masala. Elektr zanjiriga ulangan kondensator batareyalarinin sig‘imi S1=2 mkF; S2=0,5 mkF; S3=1 mkF va S4=3,2 mkF ga teng bo‘lib, ularning umumiy sig‘imini aniqlang.
3.6-masala. Elektr zanjiriga ulangan kondensator batareyalarining sig‘imi S1=5 mkF; S2=7 mkF; S3=8 mkF va S4=1 mkF ga teng bo‘lib, ularning umumiy sig‘imini aniqlang.
4. Nazorat savollari
1. O‘zaro parallel ulangan kondensatorlar batareyasining elektr sig‘imining miqdori qanday aniqlanadi?
2. O‘zaro ketma-ket ulangan kondensatorlar batareyasi elektr sig‘imini aniqlash formulasini keltiring.
3. O‘zaro parallel ulangan kondensatorlar batareyasining kulanishning qiymati qanday bo‘ladi?
4. O‘zaro ketma-ket ulangan kondensatorlar batareyaning elektr sig‘imini qanlay o‘zgartiradi?
4 - AMALIY MASHG‘ULOT.
ELEKTR ZANJIRINING BIR QISMI UCHUN OM QONUNI VA UNGA OID MASALALAR ECHISH
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga elektr zanjirining bir qismi uchun Om konuni va unga oid ma’lumotlarni berish, hamda bilim va ko‘nikmalarni masalalar yordamida shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |