Kultegin bitiktoshi matnidagi so’z yasovchi affikslar Kultegin bitiktoshi
Download 6.05 Kb.
|
Kultegin bitiktoshi matnidagi so’z yasovchi affikslar Kultegin b-fayllar.org (1)
Kultegin bitiktoshi matnidagi so’z yasovchi affikslar Kultegin bitiktoshi Kultegin bitiktoshi matnidagi so’z yasovchi affikslar Kultegin bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. El-tarish xoqonning oʻgʻli Kultegin sharafiga quyilgan (732 yil 14 avgust). Ulan Batordan 400 km jan.da, Qorabalgʻa-sun shahrining harobalaridan taxminan 40 km shim.dajoylashgan. Boʻyi 3 m 15 sm, eni 1 m 24 sm, qalinligi 41 sm. Kultegin bitiktoshining marmar taxta ustuni oʻrtasiga 5 burchaqli qalqon shaklida, balandligi 64 sm, kengligi 40 sm li lavha oʻrnatilgan. Lav-haning yuz tomoniga arhar surati tas-virlangan xoqonlik tamgʻasi vaqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib bitiktoshning oʻrvatilish tari-xi yozilgan. Kultegin bitiktoshi 84 satrdan iborat: 40 satr yuz tomoniga, 13 satrdan 26 satr ikki yon tomoniga, 14 satr orqa tomoniga, 4 satr toshning taroshlangan 4 qirrasiga yozilgan. Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Bi-tikni esa Kulteginning jiyani Yoʻllugʻ tegin yozgan. Ushbu bitikda Bilga xo-qon ogʻa-inilariga, qarindosh-urugʻla9-K-9839130KULTEPAriga, xalqqa murojaat qilgan. Xoqonning murojaatidan maqsadi — hoki-miyatni mustahkamlash, oʻzaro urush-janjallarga chek qoʻyish, ittifoq boʻlib yashashga chaqirish boʻlgan. Kultegin bitiktoshini Bilgaxoqon bitiktoshi bilan birga 1889-yil N. M. Yad-rinsev Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin-Ur-xun daryosi boʻyidan topgan. Dastlab bi-tiktoshni hech kim oʻqiy olmagan. Uni Urxun yozuvini oʻrganib chiqqanidan soʻng, daniyalik olim V. Tomsen 1893-yil oʻqishga muvaffaq boʻlgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan. OT So‘z turkumlari orasida ot kategoriyasi o‘zining semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan til qurilishida salmoqli o‘rin tutadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ot turkumiga oid so‘zlar uzoq tarixga ega. Ular jamiyat taraqqiyoti va xalq turmushdagi o‘zgarishlarga mos ravishda tilning ichki imkoniyatlari yordamida rivojlangan. Buni ko‘hna obidalar til xususiyatlarini kuzatish chog‘ida ham ko‘rish mumkin. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga kiruvchi so‘zlar ko‘p boʻlib, semantik tomondan hozirgi turkiy tillardagi singari xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga mansub so‘zlar kishi nomlari - antroponim (Bilga qağan), zoonym - hayvon nomlari (qoy, bars, böri), jism nomlari (sub), qavm-qarindosh (qaŋ), astroponim (Ud, Ay) larni ifodalaydi. Ot egalik, ko‘plik va kelishik affikslarini oladi, boshqa turkumdagi so‘zlardan morfologik va sintaktik usul bilan ot turkumidagi so‘zlar yasaladi. Ko‘plik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda ham otlar ko‘plik va birlik shakllarida qo‘llangan. Otlar birlikda qo‘llanganda maxsus ko‘rsatkich bo‘lmaydi. Otlarda ko‘plikni ifodalashning morfologik usuli sermahsuldir. Bular quyidagilardir: -lar/-lär affiksi: ağïlïqlar “boyliklar, xazinalar”, tapïğčïlar “xizmatchilar”, söŋüklär “suyaklar” (Oltun yorugʻ), beglär – “ b e k l a r ” ( Toʻn), qunčuylar “xonimlar” (KT). Bu shakl runik yodnomalarda faqat otlarga qo‘shilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda, chunonchi, moniy, Turfon, uygʻur matnlarida fe’llarga ham qo‘shilib kela boshlagan: bardïlar “bordilar”, berdilär “berdilar”, ögläntürdilär - oʻziga keltirdilar. Bu qoʻshimcha qadimgi turkiy tilda erkalash, kuchaytiruv, taxmin ma’nolarini ifodalash uchun ham xizmat qilgan: ämräk öküklärim “sevimli bolalarim” (Oltun yorugʻ), yüräkläri – “yuraklari” (TT), qïrq yïllar – qirq yilcha (E). –t(d). Bu davrda n fonemasi bilan tugagan soʻzlarning koʻpchiligi t ga aylangan holda yasalganini körish mumkin: tarqan (To‘n) - tarqat “tarxonlar” (KT), tegin – tigit “shahzodalar” (Oltun yorugʻ), alpağu (E) – alpağut “botirlar” (Oltun yorugʻ) va h.k. Bu qo‘shimchani olgan so‘zlarga –lar (lär) shakli ham qo‘shilib kelgan. Bu hodisa «Oltun yoruq»da uchraydi: tegitlär, tarqatlar. Mazkur shakl 41 hozirgi mogʻul tillarida bor, yoqut tilida ayrim oʻrinlarda saqlanib qolgan. -an /-än qo‘shimchasi bilan ham ko‘plik ma’nosi ifodalangan va -an varianti qalin, -än esa ingichka negizga qo‘shiladi: ärän “erlar” (KT), oğlan “ bolalar, farzandlar” (E). Turkiy tillar tarixida ikkilik -z qo‘shimchasi bilan ham yasalgan: ağïz “oʻgiz” (TT), köküz “koʻkrak” (Oltun yorugʻ), äkiz “egiz” (E), köz “koʻz” (KT), yüz “ yuz” (TT), biz “biz” (BX), tiz “tizza” (Oltun yorugʻ), müyüz “shox” (TT). Egalik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so‘zlar egalik affiksini olib, narsa - predmetning uch shaxsdan biriga tegishligi, qarashligini bildirgan. Egalikni ifodalashning eng sermahsul usuli morfologik usuldir. Egalik qo‘shimchalari quyidagi ko‘rinishga ega: http://fayllar.org Download 6.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling