Kultivatsiya


Download 21.29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.02.2023
Hajmi21.29 Kb.
#1194825
Bog'liq
Kultivatsiya - Vikipediya



Kultivatsiya
Kultivatsiya (lot. cultivo — ishlov beraman, yetishtiraman) — ekin qator oralarini, shuningdek,
ilgari haydab qoʻyilgan yerni turli mexanizmlar, asosan, kultivator yordamida yumshatish. K.da
yer qatlami agʻdarilmay, yuza yumshatiladi va shu bilan bir vaqtda begona oʻtlar ildizi qirqiladi.
K. natijasida tuproqning havo, suv rejimi yaxshilanadi va undagi mikrobiologik jarayonlar
kuchayadi. Har xil tipdagi ish organlari boʻlgan tirkama va oʻrnatma kultivator bilan dala
yeppasiga hamda ekin kator oralari, kvadrat-uyalab ekilgan ekinlar esa uzunasiga va
koʻndalangiga K. kilivadi. Ekin qator oralarini yumshatish, odatda, urugʻ unib chiqib, qator
bilinganidan soʻng boshlanadi.
Ekin qator oralarini K. qilishda begona oʻtlar yoʻqotiladi, tuproqning mayda kesakcha holga
kelishi natijasida nam uzoq, muddat saqlanadi, shoʻr yerdarda esa zararli tuzlar
koʻtarilishining oldi olinadi, tuprokda issiqlik va havo almashinishi taʼminlanadi; ekinning
iddizlari oziq moddalar va nam bilan doimiy taʼminlanib turishi uchun sharoit yaratiladi. Ertagi
K. tuproq ustki qatlamining yaxshi qizishini va qurishini (ayniqsa, yogʻin-sochin koʻp boʻlgan
yillari, shuningdek, yer osti suvi yaqin joylashgan sernam yerlarda) taʼminlaydi; oʻsimlikning
ildiz shrishi kasaliga chalinishini kamaytirishga sharoit yaratadi. K. tuproq yetilganda
boshlanadi, agar K. 3—5 kun kechikib oʻtkazilsa, kesak koʻchadi, nam bugʻlanishi kuchayadi.
Mac, gʻoʻza vegetatsiya davrida (chigit unib chiqqandan boshlab) 4—7 marta (har
sugʻorishdan keyin yer yetilishi bilan) K. qilinadi. Gʻoʻza qator oralarining sifatli ishlanishi koʻp
jihatdan kultivator ish organlarini toʻgʻri tanlash va ularni oʻrvatishga bogʻliq. Oʻsimlik
rivojlanish davrining boshida goʻzalarni K. qilishda kultivatorning chetki ish organlari 6—8 sm,
qatorlarning oʻrtasini yumshatadiganlari esa 12—15 sm botadigan qilib oʻrnatiladi; ikkala
holda ham 10—12 sm kenglikda himoya zovasi qoldiriladi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi K.
vaqtida, yaʼni goʻzalarning boʻyi 25—30 sm ga yetguncha himoya zovani yumshatish uchun
POP markali rotatsion yulduzchalardan foydalaniladi. Oʻsimlikning zararlanishi hamda mevasi
toʻkilib ketishini kamaytirish maqsadida oxirgi K. egat olish va chekanka qilish bilan qoʻshib
olib boriladi. Ziyomiddin Artukmetov, Abdurahim Ermatov.
[1]

Download 21.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling