Kumush kimyoviy faolligi jihatidan oltin bilan mis o‘rtasidadir
Download 10.12 Kb.
|
I-WPS Office
I Kumush kimyoviy faolligi jihatidan oltin bilan mis o‘rtasidadir. Kumush kislorod bilan birikmasa ham, erigan holatda bir hajm metall 20 hajm kislorodni biriktirishi mumkin. Kumush vodorod, azot va uglerod bilan birikmaydi. Fosfor bilan 500—600°C da fosfid hosil qiladi. Kumushni oltingugurt bilan qizdirganda Ag2S oson hosil boMadi. Bu sulfid kumushga oltingugurt oksidi ta’sirida, ya’ni sulfidli minerallarni qizdirganda va kumushni sulfidlar bilan qizdirganda hosil boMadi. Kumushga vodorod sulfid ta’sir etilsa, qora parda tortib, Ag2S hosil boMadi. Shuningdek, kumush xlor, brom va yod bilan galogenidlarini hosil qiladi. Kumushning suvdagi eritmasini elektrod potensiali yuqori: Ag Ag+ +e, ф0 = +0,799 Shuning uchun oltin kumush kislotali eritmalardan vodorodni siqib chiqarmaydi, ishqor bilan birikmaydi. Kumush nitrat va konsentratlangan sulfat kislotada eriydi. Kumush zar suvida va xlor bilan to‘yingan xlorid kislotada ham eriydi va cho‘kmada AgCl — kam eruvchan tuzni hosil qiladi. Kumush ham oltin singari havo bilan to‘yingan ishqoriy va ishqoriy yer metallari sianidida eritmaga o'tadi, shuningdek, temir (111) tuzi ishtirokida tiomochevina eritmasida eriydi. Kumush birikmalarida asosan (+1) holida boMadi. Kumushning (+2 va +3) valentli birikmalari juda oz va amaliyotda ahamiyatga ega emas. Kumush Ag20 oksidi qoram tir rangli boMib, Ag+ eritmasiga ishqor qo'shilsa, gidrooksid hosil boMadi, so‘ng oksidga aylanadi: Ag++OH- = AgOH 2AgOH = Ag20 + H ,0 Kumush oksidi suvda kam eriydigan birikma. A g,0 ni 185— 190°C gacha qizdirilsa, elementlarga parchalanadi: 2Ag,0+ = 4A g+02 Ag20 ammiakning S suvli eritmasida erib, kompleks birikma hosil qiladi: Ag20 + 4 N H 40 H = 2Ag(NH3) ,0 H + 3 H 20 Hosil bo‘lgan kompleksdan kumush nitrid Ag3N cho'kmaga tushadi, bu o ‘ta xavfli portlovchi modda. Kumush galogenlari kam eruvchi birikma hisoblanadi, faqat AgF — ftoridi eruvchan. AgCl — xlorid, AgBr — bromid va AgJ — yoditlar hosil bo'lishi uchun Ag+ ioni bor eritmaga Cl', B r va Jionlari ta’sir etib olinadi. Asl metallarni gidrometallurgik tozalashda tarkibida kumush bo'lgan eritmalarga NaCl yoki H C ’ qo'shib, kumush xlorid olinadi. Kumush xloridning erish harorati 455°C. AgCl qaynash tem peraturasi 1550°C bo'lsada, 1000°C dan oshganda ucha boshlaydi. K um ush ionlari bir qator ionlar va m olekulalar bilan kompleks birikma hosil qiladi (CN% S20 32-, S 0 32_, Cl-, N H 3, C S(N H 2)2) va boshqalar. Shu sababli, suvda erimaydigan AgCl, sianid, tiosulfat, natriy sulfat va ammiak eritmalarida oson eritmaga o‘tadi, masalan: AgCl+2CN- = Ag(CN)2- +C1- AgCl+2S20 32- = Ag(S20 3)23- +C1- AgCl+2NH4OH = Ag(NH3)2+ + C1‘ +2H20 Kumush xloridning suyultirilgan sulfat kislotali aralashmasiga rux yoki temir qo'shilsa, kumush cho'kmaga o‘tadi. Bu usul asl metallarni tozalashda keng qo'llaniladi. Kumush bromid — AgBr o ‘z xususiyatlari bilan AgCl ga o ‘xshaydi. U ammiakli, tiosulfat, sulfidli va sianidli eritmalarda eriydi va oson metallgacha qaytariladi. Kumushning qiyin eriydigan galogenlari yorug‘lik ta’sirida parchalanadi: 2 Agl = 2 Ag+I2 Kumush galogenlarning bu xususiyati rasm olish uchun ishlatiladigan materiallarda — yorug'likka ta ’sirchan plyonka, plastinka va qog'ozlarda foydalaniladi. Kumushning amaliyotda ishlatish uchun aiiamiyatga ega bo‘lgan birikmalari: kumush nitrat va sulfatdir. Metall holidagi kumushga nitrat kislota ta’sir etib, kumush nitrat A gN 03 olish mumkin: 3Ag+4HN03 = 3AgN03+2H 20 Kumush nifrat rangsiz kristallardan iborat bo'lib, 208,5°C da eriydi; 350°C dan yuqori haroratda ajraladi. A gN 03 suvda yaxshi eriydi. Uni 20°C haroratda 100 g suvda 22 g; 100°C da 100 g suvda esa 95,2 g kumush nitrat tuzi eriydi. A gN 03 suvdagi eritmasi kumushni elektrolitik tozalashda elektrolit hisobida ishlatiladi. Kumush sulfatni Ag2S 0 4 metall holidagi kumushga qaynoq konsentrlangan sulfat kislqta ta’sir etib olish mumkin: 2 Ag+2 H2S 0 4(qjzdjrilgan) = Ag2S 0 4+ S 0 2+ H 20 Kumush sulfat rangsiz kristall bo‘lib, 660°C da eriydi, 1000°C dan yuqorida parchalanadi. Kumush sulfat tuzi suvda kam eriydi, 25°C da 100 g suvda 0,80 g tuzi eriydi, xolos. Sulfat kislotaning to ‘yingan eritmasida uni erishi kumush bisulfat A gH S04 hosil bo‘lishi hisobiga ortadi. Kumush sulfid Ag,S qiyin eruvchi tuz. Kumush tuzi eritmalaridan vodorod sulfid o'tkazilsa, qora cho'kma holida hosil bo‘ladi. Ag2S ni hosil bo‘lishi metall holidagi nam kumushga havo kislorodi ishtirokida vodorod sulfid ta’sir etib olish mumkin: 4Ag+2H2S + 0 2 = 2Ag2S+2H 20 Shuningdek, kumushga oltingugurt qo‘shib qizdirilsa, kumush sulfid olish mumkin. Kumush sulfid sianidli eritmalarda eriydi va kompleks birikma hosil qiladi: Ag2S+4CN- -> 2Ag(CN)2- +S2' Kumush sulfidga konsentrlangan sulfat va nitrat kislotasi qo'shganda kumush sulfat hosil bo‘ladi. Kumush sulfidni havo kislorodi ishtirokida qizdirilsa, kumush hosil bo'ladi: Ag2S + 0 2 = 2Ag+S02 Kumushga havo kislorodi ishtirokida ishqoriy muhitda sianid eritmasi ta’sir qilinsa, eriydi: 4Ag+8CN- + 0 2+2H20 = 4Ag(CN)2- +40H" Oltin singari kumush ham tiomochevinaning eritmasida Fe(III) tuzlari ishtirokida eritmaga o‘tadi va kompleks kation Ag[CS(NH2)2]2+ hosil qiladi. Download 10.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling