KUN TARTIBI:
Xalqaro Nordik Universiteti Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi mudiri i.f.f.d.,(Phd) X.Sabirov va mazkur kafedra katta o‘qituvchisi X.Xudoyberdiyevlar tomonidan tayyorlangan “Umumiy matematika” o‘quv qo‘llanmani nashrga tavsiya etish to‘g'risida.
Eshitildi: ushbu masala yuzasidan prorektor M.Amonboyevning axboroti tinglandi. U o‘z so‘zida 6030100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60411300-Xalqaro biznes, 60410400-Moliya va moliyaviy texnologiyalar va 60411200-Sanoat menejmenti ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Umumiy matematika” o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy qismi hamda qisqacha mazmuni bilan kengash a’zolarini tanishtirib, o‘quv qo‘llanma bo‘yicha hujjatlarning barchasi talab darajasida rasmiylashtirilganligini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanma uchun Qo’qon universitet “Raqamli texnologiyalar va matematika” kafedrasi fizika va matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent B.X.Toshtemirov tomonidan tashqi taqriz hamda ichki taqriz universitetning Akademik ishlar bo’yicha prorektor i.f.n., dotsenti M.Amonboyev tomonidan berilganligi ta’kidlandi. Yuqoridagilardan kelib chiqib,
KENGASH QAROR QILADI:
1. Prorektor M.Amonboyevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalqaro Nordik Universiteti Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi mudiri i.f.f.d.,(Phd) X.Sabirov va mazkur kafedra katta o‘qituvchisi X.Xudoyberdiyevlar tomonidan tayyorlangan 6030100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60411300-Xalqaro biznes, 60410400-Moliya va moliyaviy texnologiyalar va 60411200-Sanoat menejmenti ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Umumiy matematika” nomli o‘quv qo‘llanmani nashrga tavsiya etilganligi ma’qullansin.
3. “Umumiy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etilsin.
Ko‘chirma to‘g‘ri,
Kengash kotibi B.Tolipova
Do'stlaringiz bilan baham: |