Kun tartibida: Yangibozor tumani 3-son maktabning geografiya fani o‘qituvchisi Atamurotova Gulshanning 8b-sinfda o‘tkazilgan bir soatlik ochiq darsi bayoni to‘g‘risida. Eshitildi


Download 13.48 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi13.48 Kb.
#1482884
Bog'liq
bayonnoma


Yangibozor tumani 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi Tabiiy fanlar metodbirlashmasining yig‘ilish
BAYONNOMASI
2022-yil 20-dekabr Hayvat mahallasi
Qatnashdi: Maktab direktori, O‘IBDO‘
Kun tartibida:
Yangibozor tumani 3-son maktabning geografiya fani o‘qituvchisi Atamurotova Gulshanning 8b-sinfda o‘tkazilgan bir soatlik ochiq darsi bayoni to‘g‘risida.
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori M.Davletova o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Mavzu yuzasidan o‘qituvchining bilim va tajribasi yetarli ekanligini izohladi. “ Qishloq xo‘jaligi” mavzusi sodda hamda qiziqarli, o‘quvchilarda katta qiziqish va zukkolikni ko‘rdim.Mavzu doirasida tayyorlagan ko‘rgazmalari va metodlari o‘quvchilarda faollikni va qiziqishni orttirdi. Dehqonchilik tarmoqlarini sinf taxtasida “Kungaboqar” metodida yoritdi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan dastlabki daqiqalardan shug‘ullanib bordi. Maktab O‘IBDO‘ i S.Rajapov dars namunali tashkil etilganligini, mavzu keng va tushunarli mazmunda yoritilganligini izohlab berdi. Rag‘batga qiziqib savollarga javob berish tezligi ortganini aytdi. AKT vositalaridan unumli foydalandi. Dars davomida o‘quvchilarni guruhlarga alohida topshiriqlar berdi. O‘zbekiston tabiiy xaritasidan samarali foydalandi. Pedogogning darsida kamchiliklar kuzatilmadi. Tajribalaridan kelib chiqib, mavzuni hayotga bog‘lab o‘tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish
Qaror qiladi:
1.Atamurotova Gulshanning ochiq darsi namunali deb topilsin va a’loga baholansin.
Yig‘ilish raisi: S.Rajapov
Kotiba: G.Atamurotova
Download 13.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling