Kun tartibidagi masalalar
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan yig’ilish qarori
Download 20 Kb.
|
2-son Bayonnoma Ona tili @uqituvchiga hujjat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig‘ilish qarori
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan yig’ilish qarori:
Ma’ruzachi metodbirlashma rahbari S.Karchigayeva ning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Olimpiada natijalari qoniqarli deb topilsin va kelgusida bo‘ladigan olimpiadalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. Monitoring natijalaridan hulosa qilib aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish choralarini ko‘rish fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari Ona tili va adabiyot so‘zga chiqib, Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom asosida ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrish to‘g‘risida ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrish va “ommalashtrish.uz” platformasiga joylash ahvoli haqida gapirdi. Metodbirlashmamizga a’zo bo‘lgan Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining ish tajribalari o‘rganildi. Shunga qaramay, hozirda metodbirlashma a’zolamiz o‘zlari ustida ishlashlari, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtrishga harakat qilishlari kerakdir. Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan yig‘ilish qarori: Ma’ruzachi metodbirlashma rahbari S.Karchigayeva ning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrish bo’yicha tayyorlangan metodikalarni “ommalashtrish.uz” platformasiga joylash fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin. Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi T.Balturayeva so‘zga chiqib, maktabda faoliyat olib borayotgan Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining ish faoliyatiga to‘xtaldi. Jumladan Ona tili va adabiyot fanidan yangi ish boshlagan N.Kamalova ning faoliyati o‘rganildi, uning darslari 15 marta kuzatildi, tahlil qilindi. Ushbu pedagogning faoliyatidagi yutuqlari, yosh bo’lishiga qaramasdan, darslarda ko‘rgazmali jihozlardan, multimediya vositalaridan, tarqatma materiyallardan foydalangan holda dars o‘tishi, o‘quvchilarning darslarga qiziqtira olishi uning yutuqlaridandir. Lekin, shunga qaramay darslarida bir qator kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan, darslarda o‘quvchilarning diqqat jarayonini hisobga olmasligi, darslarda vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi, past o‘zlashtruvchi o‘quvchilarga etibor qaratmasligi aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berildi. Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling