Kun va tun. Yil fasllari darsning maqsadi: a ta’limiy maqsad


Download 25.28 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi25.28 Kb.
#1757154
Bog'liq
4-sinf Tabiatshunoslik Kun va tun. Yil fasllari dars ishlanmasi.docx



KUN VA TUN.YIL FASLLARI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Yerning o‘z o‘qi atrofi da aylanishi bilan birga Quyosh atrofida ham aylanishi, yil fasllarining hosil bo‘lishi, yil fasllarida Quyoshning holati, sovuq mintaqalar haqida umumiy ma’lumotlar berish;
FK1: Quyosh, Yer, Oyning shar shaklida ekanligini, ularning aylanma harakat qilishini, b)tarbiyaviy maqsad:o‘quvchilar O‘zbekistonda joylashgan issiqlik mintaqasi, vatanimiz hududida yil fasllari almashinishining o‘ziga xosligi;
TK3: tabiatni asrashga o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning globus, xarita, o‘quv atlasi, kun va tun, fasllar o‘zgarishi haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
FK1: kun va tunning hamda yil fasllarining almashinishini kuzatish va tushuna olish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodlari: suhbat, munozara, aqliy hujum, mustaqil ishlash, tushunchalar tahlili usuli.
Dars jihozlari: Yarimsharlar tabiiy xaritasi, globus, o‘quv atlasi, yil fasllari aks ettirilgan rangli rasmlar, multimedia ilovasi.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O‘quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorligi nazorat qilinadi, sinf doskasiga mavzuga oid rangli rasmlar, Yarimsharlar tabiiy xaritasi, globuslarni ko‘rsatish uchun tayyorlanadi.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):

O‘tilgan mavzu asosida savollar berib, o‘quvchilarning olgan bilimlari mustahkamlanadi.


1) Globus deganda nimani tushunasiz?
2) Qutblar haqida nimalarni bilasiz?
3) Nima uchun globusda turli ranglar ishlatiladi?
4) Ekvatorning uzunligi qancha?
III. Yangi mavzuni tushuntirish:
O‘qituvchi yangi mavzu yuzasidan globus, Yarimsharlar, tabiiy xaritasi hamda o‘quv atlasidan foydalanib mavzuni yoritadi. Mavzuga oid ma’lumotlar beriladi.
O‘rganiladigan mavzu quyidagi reja asosida tushuntiriladi:
- Yerning Quyosh atrofida aylanishi;
- yil fasllarining hosil bo‘lishi;
- yil fasllarida Quyoshning holati;
-Yer yuziga Quyosh nurining kelib tushishi natijasida issiqlik mintaqasi, sovuq mintaqalarning ajralishi.
Yer sharining o‘z aylanish o‘qi atrofida to‘liq bir marta aylanib chiqishiga ketadigan vaqt sutka deb ataladi. Yer sharining Quyosh yoritib turgan tomoni kun, orqa tomoni tun bo‘ladi. Yer sharining o‘z o‘qi atrofi da aylanishidan kun va tun almashinadi.
Fasllarning almashinishi Yer sayyorasi Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishi uchun 365 sutka va 6 soat vaqt ketadi. Yer sharining Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqt yil deb ataladi. Bir yil 365 sutka va 6 soat bo‘lgani uchun ketma-ket uch yil 365 sutkadan deb, to‘rtinchi yilni esa 366 sutka deb olinadi va kabisa yili deyiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Kun va tun hamda yil fasllari haqida videolavha namoyish etiladi.
Mustahkamlovchi test topshiriqlari beriladi.
1. Yerning Quyosh atrofidan aylanishida nechta holatni kuzatish mumkin?
a) 4 holat; b) 3 holat; d) 5 holat; e) 2 holat.
2.Yer sayyorasi Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishi uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi?
a)12 yilda; b) 365 sutka, 6 soat; d) 368 sutka, 5 soat; e) 365 sutka, 5 soat.
3. Yer sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishidan nimalar almashinadi?
a) sutka almashinadi; b) kun va tun almashinadi;
d) yil fasllari almashinadi; e) hafta almashinadi.
4.Quyosh nurlari ekvatorning yuqori va past qismi birday yoritilganda qaysi faslga to‘g‘ri keladi?
a) bahor; b) qish; d) yoz; e) kuz.
5. Quyosh nurlari ekvatorning yuqori qismini ko‘proq yoritganda qaysi faslga to‘g‘ri keladi?
a) bahor; b) qish; d) yoz; e) kuz.
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash:
O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan belgilangan javoblarni yig‘ib oladi, o‘z-o‘ziga qo‘yilgan ballar va javoblarning to‘g‘riligi tahlil qiladi. Javoblar asosida o‘quvchilar bilimi baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish:
Darslikda berilgan matnni o‘qib chiqib, tahlil qiling, matn so‘ngidagi savollarga javob toping va berilgan topshiriqni bajaring.
Ko`rildi:
Download 25.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling