Kundalik etiket


Download 1.3 Mb.
bet1/3
Sana19.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1033582
  1   2   3
Bog'liq
Kundalik etiket

Kundalik etiket

Kundalik odob axloq qoidalari

Oilada odob axloq qoidalari

Oila

  • Oila — tarixan tarkib topgan o‘ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo‘lib, uning a’zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o‘zaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog‘langandir. Oila nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma’qullangan ifodasi hisoblanadi.
  • “Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi”.

Kelin bo‘lish odobi

  • Kelinning kiyinish madaniyati Yaxshi kiyinish ham o‘ziga xos san’at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo, kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining mashg‘uloti, voqea, muhit va Shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo‘lishi mumkin.
  • Salomlashish odobi Ertalab turgach, yuvinib, qaynota-qaynona, oila a’zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berish, "Yaxshi dam oldingizmi?" degan so‘zni aytish bilan boshlash joiz. Assalomu-aleykum, arabcha so‘z bo‘lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so‘z to‘liq aytilishi kerak. "Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", "Alaykum" kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak.

Oilada o‘zini tutish etiketi erkaklar

  • Doimo ayoli kiygan libosi bo‘yicha biron bir munosabatni bildirish lozim.
  • Rafiqasining oldida boshqa ayollarga o‘grilib qaramaslik joiz
  • «Seni boqyapman» deb da’vo qilish noo‘rin – bu erkak burchidir
  • Uydayarimyalang‘och holatda yurmaslik
  • ishga bormaydigan vaqtda uydan chiqishdan oldin ayoliga qayerga borayotganini aytish «erkaksiz yashashga o‘rganib qolishning» oldini oladi
  • pishirilgan taomni tanqid qilish yaramaydi, kezi kelsa boshqa biron vaziyatda gap orasida aytish mumkin
  • ayolingiz uyda nima ish bilan band ekanligiga ba’zan qiziqib qo‘yish kerak
  • rafiqasi bilan ro‘zg‘or masalalaridan tashqari boshqa mavzular bo‘yicha ham suhbatlashib turiish munosabatlarni mustahkamlaydi, ziddiyatlarni oldini oladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling