TASHLASH, ULOQTIRISH USULLARI TEXNIKASI
SUPURMA USULLARI
Kurashchi usulga mos ravishda raqib yaktagining qulay joyidai ushlab, raqibni muvozanatdan chiqarib, o’ziga ishonch xosil qilib, o’ng yoki chap oyog’i bilan «sunurib» qilinadigan barcha usullar «Supurma» deb nomlanadi.
Oldindan supurib tashlashlar.
Raqib oldinga bukilgan yoki xarakatda bo’lgan paytlarda bu usulni bajarish qulayrok. xisoblanadi.
Dastlabki xolat (DYU- Kurashchilar olishuvni boshlash xolatda turishadi, kurashchi raqibni ikki tirsagi ostidan ushlab, yaqinroqdan ushlagan xolati (18-rasm)
18-rasm
— tayanch oyog’i bilan yon tomonga qadam qo’yishi, qo’l bilan raqibni qattiq siltab, xujumdagi oyoq orqali uning oyoqlarini chalish.
— silkitishni davom ettirgan xolda, raqib yelkalarini burib, xujumdagi oyoq yuzasi bilan, uning oyoq boldiriga qoqish.
— raqibning yelkalarini burgan xolda, uning gavdasini (oyoqlarini) gilamdan uzish.
— raqibning yiqilish yunalishi aniq bo’lgandan so’ng, kurashchi bir qulini pastga tushirib, uni va o’zini extiyot qilish uchun imkon berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |