Xorazm vikipediya
«Avesto» Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatining bizgasha yetib kelgan eng qadimgi yodgorligi bo’lib, Zardushtiylikning muhim qonun-qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan. Bu yodgorlik yer, yerdagi barsha manbalar-bog‘lar, tog‘lar, suv havzalari, dengizlar, barsha hayvonu o’simliklarning paydo bo’lishi va ularning tarixi, yashashi haqidagi o’lmas asardir. Shu bilan birga bu asar inson va insoniyat, umuman jamiyat haqida fikr yurituvshi manbadir. Unda ta’sirchan o’gitlar, foydali nasihatlar mavjudki, uni o’qigan har bir inson ma’naviy kush va qudrat oladi, tafakkurini boyitadi. Undagi hikmatlar barsha insonlarga taalluqli bo’lib, yomon va yaxshini ajratishga, ulardan xulosa chiqarishga yordam beradi. Ijtimoiy hayotni boshqarish, undagi
ziddiyatlarni eshish kabi g‘oyalar borki, bu g‘oyalar hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
Bu asarni tahlil qilar ekansiz, unda tabiat muammolariga ko’proq e’tibor berilganligining guvohi bo’lasiz. Undagi asosiy mavzu insonning tabiat va jamiyat
o’rtasidagi munosabatidir. Bu ta’limot bo’yisha tabiat bilan jamiyat, insoniyat bilan tabiat aloqadorligi abadiydir, u o’tkinshi emas. Odamlar tabiat bilan aloqada bo’lgandagina o’zining mavjudligini ta’minlaydi. Noz-ne’matlardan foydalanadi. Shunki tabiat insonni o’stiradi, rivojlantiradi, aqliy qobiliyatini mukammallashtirishga yordam beradi. Tabiatdan oladigan havo, quyoh nuri, suv bo’lmaganida, edi inson yashay olmas edi. Ana shu jarayonlarni biz tabiiy bir holdek sezamizu, lekin ularga jiddiy e’tiborni qaratmaymiz. Tabiat - tabiiyda deb qo’ya qolamiz. Holbuki, ajdodlarimizning tabiat to’g‘risidagi fikrlari shunshalik bebahoki, ularga amal qilmaslik natijasida ekologik halokatga yaqinlashib qoldik.
XX-XXI asrdagi insonlarning tabiatga munosabatiga nazar tashlar ekanmiz, yuqoridagi fikrlar haqiqatga aylanajtganligining guvohi bo’lamiz. Sababi, ba’zi bir insonlar tabiatga betakror zarar yetayotganligi bilan qiziqmaydilar. Masalan, yerdan olinayotgan gaz va neft evaziga yerga nima qaytayotganligini ko’plar o’ylarmikanlar? Yerning minglab nuqtalarida baland- baland quvurlardan chiqayotgan gazlaru neft qoldiqlaridan, hamda dengizlarda to’qnashib ketgan kemalardan to’kilgan neft zaxiralari qanday darajalarga olib kelajtganligini bilarmikanlar? Shularni o’ylagan kishi qadimiy manba «Avesto»ning muqaddasiligini e’tiborga olmay iloji yo’q. U tabiatga munosabatni o’zgartirishda, undan namuna olishga arziydi.
Zardusht hammadan ko’p bug‘doy, giyo va mevali daraxtlar ekkan Zotdir. U quruq yerlarga suv shiqargan va suvli yerlarni shudgor qilgan Zotdir.
«Avesto»da tabiatni muhofaza qilish oliy burch hisoblanadi. Yerdagi ekinlarni ko’paytirish, yerni e’zozlash, parvarishlash takror-takror aytiladi.
Shunday qilib, «Avesto»da yer, tuproq, o’simlik, jonivorlarning hayot qobiliyati o’sha davr nuqgai nazaridan sinchkovlik bilan ta’riflanganki, bu ta’riflar hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Yerni qanday parvarishlash, sug‘orish ishlarini yo’lga qo’yish, cho’lni bog‘u-
bo’stonga aylantirish, chorva mollarini asrash va ularni ko’paytirish, ayniqsa, chorvachilikning qo’ychilik, tuyachilik, yilqichilik sohalarini rivojlantirish tabiatni asrashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’riflangan. Agar kimda kim, chorvaning ko’payishiga, yaylovlarning gullab - yashnashiga e’tibor bersa, Axura Mazdaning xurmatiga sazovor bo’ladi, deyiladi. Unda aytilishicha, tabiatning bir butunligini ta’minlovshi hayvonlarni e’zozlash ham har bir insonning burchidir.
Ekologiya qonunlarini buzganlarga jumladan, ko’cha eshigi o’niga axlat to’plab qo’ygan xonadon sohibiga 25 qamchin, hovuz yoki buloqdan nopok idishda suv olgan shaxsga 5 qamchin urilgan. Quduq va sovuz suvlarini iflos qilganlarga katta jarima solingan.
Tabiatning buzilishiga ajdodlarimiz tish-tirnog‘i bilan qarshi shiqqanlar. «Avesto»da tozalikka rioya qilish, o’likka tekkan kiyim, to’shak, erlarni io’loslash, it o’ligi tekkan suv va idishlarni tozalash saqida o’ikrlar bajn qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |