kurs Iqtisodiyot Esonova Maftuna Ijtimoiy va texnologik innovatsiyalarni o’zaro bog’liqligi


Innovatsion rivojlanishda davlatning o’rni


Download 0.56 Mb.
bet6/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#246528
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
21 тема индус топширик

Innovatsion rivojlanishda davlatning o’rni

Innovatsiyalarni yaratish, tarqatish va hayotga tadbiq qilish uchun iqtisodiyotning turli sektorlarida ijobiy ishchanlik muhitini hosil qilish juda muhimdir. Buning uchun mamlakatda biznes yuritish qulay bo’lishi va iqtisodiyot shaffof hamda raqobatbardosh bo’lishi talab etiladi. Shu jumladan, O’zbekistonda innovatsion o’zgarishlarni jadallashtirish uchun eksport-import operatsiyalariga, soliqqa tortishga oid qonunlarga va valuta bilan ishlash bo’yicha tartib-qoidalarga tegishli o’zgartirishlar qilish maqsadga muvovif bo’lar edi.

Halqaro savdo uchun yaxshi sharoitlar yaratilishi nafaqat mamlakatdagi biznes muhitini yaxshilash, balki boshqa mamlakatlardan texnologiyalar transferi va zamonaviy bilimlar tarqalishi uchun ham o’ta muhimdir. Masalan, innovatsiyalarni joriy qilayotgan yoki qilgan davlatga tegishli va hususiy korxonalarni mahsulot eksport qilishdan tushgan valyuta tushumlarining barchasini majburiy tarzda davlatga sotishdan ozod qilish O’zbekiston iqtisodiyotining yuqori texnologiyali sektorlarini rivojlantirishga imkon berar edi. Undan tashqari, eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish jarayonini soddalshtirish, uning muddatlarini qisqartirish va bojxona jarayonlarini osonlashtirish tashqi savdo uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga hizmat qilgan bo’lar edi

Keyingi yillarda taqdim etilgan soliq afzalliklari asosan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yo’naltirilgan, ammo kichik korxonalar innovatsion yangiliklarni yaratish, tarqatish va amaliyotga tadbiq qilish uchun yetarli bo’lgan resurslarga ega emas. Shuning uchun ham soliqqa tortish tizimini innovatsion nuqtai-nazardan optimallashtirish va innovatsiyalar bilan shug’ullanadigan korxona va tashkilotlar uchun turli ko’rinishlardagi soliq afzalliklari berish tizimini ishlab chiqish zamona talabi hisoblanadi. Innovatsion afzalliklardan yana biri – mamlakat uchun iqtisodiyotning eng muhim va dolzarb yo’nalishlarda innovatsiyalar joriy qilayotgan korxona va tashkilotlarga banklar tomonidan foizsiz, ammo kelajakda olinadigan foydaga sheriklik qilish (PLS) ni ko’zda tutadigan mahsus kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqish bo’lishi ham mumkin.

Xozirgi paytda respublikada innovatsion siyosatni milliy darajada kompleks ravishda muvofialashtiradigan bir maxsus davlat organi yo’q. Ammo innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirayotgan ko’pchilik mamlakatlarda bunday organlar mavjud.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling