Kurs ishi Alyuminiy gidroksidini olinishi va xossalari


Alyuminiyning birikmalari


Download 0.94 Mb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1153136
1   2   3
Bog'liq
Daler

Alyuminiyning birikmalari.
Aluminiy o’zining barcha birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Al2O3 ning bir necha shakl o’zgarishlari mavjud. Bulardan eng muhimlari alfa- Al2O3 va gamma- Al2O3. alfa- Al2O3 nihoyatda barqaror va u korund mineralini hosil qiladi. Korund oq rangli kristall modda u romboedrik panjarada kristallanadi. Uning qattiqligi Moos shkalasida 9 ga teng (olmosniki 10 ga teng). Korund 20460C da suyuqlanadi. Al2O3 ning hosil bo’lish entalpiyasi H0 = - 1676 kJ/mol. Shuning uchun aluminiy juda ko’p metal oksidlaridan metalni qaytaradi:
8Al + 3Fe3O4 = 4Al2O3 + 9Fe + 3326kJ [2.345-b]
Korund kimyoviy reagentlar ta’siriga nihoyatda jidamli modda. Xira korunddan
jilvir,tigel pechlarining astarlari va boshqa o’tga chidamli buyumlar tayyorlanadi.
Jilvir uchun kerakli korund, boksitlarni elektr pechda qizdirish yo’li bilan olinadi.
Tiniq korund (yoqut ko’rinishida) kuchli nur chiqaruvchi lazerlarning tarkibiy qismi uchun ishlatiladi. Kuchli lazerdan chiqqan ignasimon yorug’lik dastasi bir necha million kPa ga teng yorug’lik bosimini yaratadi. Bular yordamida qattiq tog’ jinslarini teshish kabi ishlarni bajarish mumkin. Xozirgi vaqta yoqut ham suni’y usulda olinadi.(buning uchun kukun holidagi Al203 bilan xrom oksid aralashmasi qizdirib suyuqlantiriladi).
a-Al203 kubsimon panjarada kristillanadi, u yaxshi adsorbent (yani boshqa
moddalarni o’ziga singdiruvchi) sifatida xromotografiyada ishlatiladi.
Alyuminiy (I) oksid Al20 uchuvchan modda bo’lib, alyuminiy bilan Al203 aralashmasi yuqori temperaturada qizdirilganda hosil bo’ladi.
NaAl02 – natriy metaalyuminat deb yuritiladi. Magniy metaalyuminat Mg(Al02)tabiatda shpinel nomli mineral tarzida uchraydi.
Alyuminiy gidroksidning olinishi va xossalari
Alyuminiy gidroksid Al(0H)3-oq qattiq modda, suvda amalda erimaydi. Bilvosita yo’l bilan alyuminiy tuzlariga ishqorlarning eritmalarini tasir ettirib olinadi:
AlCl3+3Na0H = Al(0H)3+3NaCl
U pH=4.1-6.5 qiymatga ega bo’lgan kuchsiz kislotali muxitda cho’kadi;uning eruvchanlik ko’paytmasi :
[Al3+] * [OH-]=8*10-32 mol*l-1 dir
Al(OH)3 –haqiqiy amfoter gidroksid. Kislotalar bilan o’zaro tasirlashganda tarkibida
alyuminiy kationlari bor tuzlar hosil qiladi; ishqorlarning eritmalari (mo’l miqdordagi) bilan o’zaro ta’sir ettirilganda alyuminatlar, ya’ni alyuminiy anioni tarkibiga kiradigan tuzlar hosil qiladi. Masalan:
Al(OH)3+3H+ = Al3++3H2O
Al(0H)3 + OH-+2H2O=[Al(OH)4(H2O)2]-
Al(0H)3 ning dissotsiyalanish tenglamasidan ko’rinib turibdiki, H+ionlari mo’l bo’lganda (ya’ni kislotali muhitda) suvdagi eritmada Al3+ionlari ko’p bo’ladi, ishqoriy muhitda esa asosan bir zaryadli anion [Al(0H)4(H20)2] hosil bo’ladi,u eng barqarordir.
Laboratoriya mashg’ulotlarida alyuminiy gidroksidning bo’yoqlarni adsorbsiyalashi
aniqlanadi, buning uchun alyuminiy tuzlaridan uning gidroksidi hosil qilinadi.
Alyuminiy gidroksid qollanilish sohalari
Alyuminiy oksidi Al203 ning tabiatda kiristall holatda uchraydigan turi korund deb ataladi. Qum aralashdan mayday korund ‘ jilvir’ deyiladi. Ozgina xrom qo’shimchasi bo’lgan korund kiristallari ‘yoqut‘ deb ataladi.
Alyuminiy ko’p ishlatiladiga soxa aviatsiya sanoatidir. Samolyotlar 2\3 qismi alyumiydan va alyuminiy qotishmalardan yasaladi.shuning uchun alyuminiyni qanotli metal ham deyiladi. Alyuminiydan kabellar , simlar tayyorlanadi.Mis bilan elektr o’tkazuchanligi juda yaqin bo’lgan alyuminiy buyumlarning massasi mis buyumlarnikidan ikki marta yengil bo’ladi.
Alyuminiy korroziyaga uchramasligi sababli undan mashinasozlikda turli detallar , nitrat kislota tashiladigan idishlar yasaladi. Avtobus , trolleybus va vagonlarning korpuslari alyuminiydan yasaladi. Alyuminiydan oziq-ovqat
sanoatida turli xil idishlar va choynaklar yasaladi.
Alyuminiy va uning qotishmalari harbiy soxada tanksozlikda, artilleriyada,portlovchi moddalar , yorutuvchi va yondiruvchi snaryadlar tayyorlashdaham ishlatiladi.
Temir buyumlarni korroziyada saqlash uchun ularning sirti alyuminiy kukunidan tayyorlangan kumushsimon bo’yoq bilan qoplanadi.
XULOSA
Alyumniy o’ksidi Al2O3 ning tabiatda Kristal xolatda uchraydigan turi korund deb ataladi. Qum bilan aralashmasidan jilvir tayyorlanadi. Ozgina xro’m qo’shimchasi bo’lgan korund kristallari yoqut deyiladi.
Alyumniy kop ishlatiladigan soxa aviatsiya soxasidir. Samolyo’tlar 2/3 qismi alyumiydan va alyuminiy qotishmalardan yasaladi.shuning uchun alyuminiyni qanotli metal ham deyiladi. Alyuminiydan kabellar , simlar tayyorlanadi.Mis bilan elektr o’tkazuchanligi juda yaqin bo’lgan alyuminiy buyumlarning massasi mis buyumlarnikidan ikki marta yengil bo’ladi.
Alyuminiy korroziyaga uchramasligi sababli undan mashinasozlikda turli detallar , nitrat kislota tashiladigan idishlar yasaladi. Avtobus , trolleybus va vagonlarning korpuslari alyuminiydan yasaladi. Alyuminiydan oziq-ovqat sanoatida turli xil idishlar va choynaklar yasaladi.

Etiboringiz uchun rahmat


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling