Kurs ishi bajardi: Qa’bul qildi: Termiz-2020 Mavzu: O’quvchilarda “Elektr randa va ulardan foydalanish” mavzusini o’qitish metodikasi Reja: Kirish i-bob. Elektr randa va ulardan foydalanish haqida tushuncha


-Bob. “Elektr randa va ulardan foydalanish” mavzusini o’qitish metodikasi


Download 333.59 Kb.
bet3/3
Sana29.10.2020
Hajmi333.59 Kb.
#137919
1   2   3
Bog'liq
Kurs Ishi TM

2-Bob. “Elektr randa va ulardan foydalanish” mavzusini o’qitish metodikasi


2.1 Elektr randa va ulardan foydalanish mavzusini o’qitishda an‘anaviy va noan‘anaviy metodlardan foydalanish

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta‘lim tushunchasiga milliy-didaktik nuqtai nazardan yondashib quyidagicha tariflaydi: Talim Ozbekiston xalqi ma‘naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb kor, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi‖.



Ta‘kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta‘limning yangi modelini yaratishni taqozo qiladi. Modelni amaliyotga tadbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida

oquv-tarbiyaviy jarayonini yangi pedagogik texnologiyalari balan taminlashuning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Bugungi kunda ta‘lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: 1. An‘anaviy. 2. Noan‘anaviy.

An’anaviy ta’lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta‘lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an‘anaviy shakli, metodi va ta‘lim vositalarining majmuidan foydalanib ta‘lim-tarbiya maqsadiga erishishdir.

Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta‘lim jarayoni markazida o‘quvchi shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta‘lim - tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishga yo‘naltirishdir.

Noan‘anaviy ta‘lim texnologiyasi an‘anaviy ta‘lim texno-logiyasidan farq qilib, o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e‘tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Noan‘anaviy ta‘lim texnologiyasi o‘z navbatida uchga bo‘linadi: Hamkorlikda o‘rganish

Modellashtirish Tadqiqot (loyiha)

Hamkorlikda o’rganish - o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish, singdirish, mustahkamlash bo‘yicha reproduktiv faoliyatini ta‘minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik bo‘yicha o‘quvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va bilim olishdir. U o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta‘lim olishini ko‘zda to‘tadigan metodlardan iborat. Bularga Kitob bilan ishlash, Oquv suhbati, Davra suhbati, Aqliy hujum, Kichik guruhlarda ishlash, Bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin.

Modellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va

jarayonlarning ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini auditoriyada yaratish va ularda o‘quvchilarning shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta‘lim olishini ko‘zda to‘tadi. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini ta‘minlash orqali ta‘lim jarayonining samaradorligini oshirishga qara-tilgan. Bularga ishbop o‘yinlar va rolli o‘yinlar kabi metodlarni kiritish mumkin.

Tadqiqot - o‘quvchilar tomonidan muammoni tushunish va yechish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga unday-digan usullar yig‘indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida o‘quvchilarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg‘otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish o‘quvchilarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta‘minlaydi. Bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi.

Aqliy hujum” metodini qo’llash uslubi asosida trening mashg’uloti o’tkazish Aqliy hujum - g‘oyalarni generasiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum» metodi biror muammoni yechishda o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma‘lum bir yechimga kelinadigan

eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga o‘quvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. O‘quvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga o‘quvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy hujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma‘lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.

Aqliy hujum metodidan foydalanilganda o‘quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan o‘quvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O‘quvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi o‘quvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Vazifasi. «Aqliy hujum» qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko‘rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilligini yo‘qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o‘tiladi va guruh yanada jipslashadi.

Obyekti. Qo‘llanish maqsadiga ko‘ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o‘qitish jarayonida (o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o‘z-o‘zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.

Qo’llanish usuli. «Aqliy hujum» ishtirokchilari oldiga qo‘yilgan muammo bo‘yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib boriladi va ularning mualliflari o‘z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va

aqliy hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko‘ra eng yaxshi takliflar generasiyalanadi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.

«Aqliy hujum» metodi o’qituvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:

      1. O‘quvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

      2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda - yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.

      3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda - mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

«Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari:

  • natijalar baholanmasligi o‘quvchilarni turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;

  • o‘quvchilarning barchasi ishtirok etadi;

  • fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;

  • o‘quvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;

-o‘quvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otish mumkin.

«Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari:

  • trener-o‘qituvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;

  • trener-o‘qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.

«Aqliy hujum» metodining tarkibiy tuzilmasi:

«Aqliy hujum» metodining bosqichlari:

  1. O‘quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;

  2. O‘quvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

  3. O‘quvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitofonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;

  4. Fikr-g‘oyalar ma‘lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;

  5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.

«Aqliy hujum» metodini qo’llashdagi asosiy qoidalar:

    1. bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

    2. bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.

v) bildirilgan fikr-g‘oyalarni to‘ldirish va yanada kengaytirish mumkin.
    1. Elektr randa va ulardan foydalanish mavzularni o‘qitishda zamonaviy ta‘lim texnologiyalarini qo‘llash


Jamiyatimizning har bir fuqarosi XXI asr bo‘sag‘asida turar ekan, ortda qolgan yillar qadrini baholashga va kelajak hayotining turli jabhalarini belgilab olishga urinishi tabiiydir. Jumladan, ta‘lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotganlar ham bundan mustasno emas.

Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda, buning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan ta‘lim jarayonida o‘quvchi asosiy o‘rin egallaydi.

Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va malaka oshirish institutlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi.

An‘anaviy o‘qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish korishi tufayli axborotli oqitish sifatida tavsiflanadi, chunki o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta‘kidlagan holda baholanmoqda. Bu bir tomondan.

Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek kadrlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta‘lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.

Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta‘kidlaganidek, zamonaviy ta‘lim-tarbiya ishlarini davlat standarti darajasiga ko‘tarish uchun pedagogik jarayonga ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarur (3.4 modda).

1999 yil aprel oyida Toshkent shahrida hamda may oyida Andijonda o‘tkazilgan Respublika ilmiy-nazariy seminar qarorlariga muvofiq barcha ilmiy va oliy o‘quv muassasalariga kadrlarni tayyorlash milliy modeliga mos ilg‘or pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini ishlab-chiqish vazifasi yuklatildi.

Bu vazifani to‘liq bajarish maqsadida, eng avvalo, olimlar maktablarda va oliygohlarda ishlayotgan o‘qituvchi-trenerlar hamkorligida bir necha muammolarni yechishi lozim boladi. Shu jumladan Mehnat talimi fanini oqitishda quyidagilarga katta e‘tibor qaratish kerak:

yangi pedagogik texnologiyaning mohiyatini aniqlash va uning

nazariy asoslarini yaratish;



uning prinsiplarini ishlab chiqish;

pedagogik texnologiyani amalda qo‘llash uchun samarali yo‘llarini tanlash va hokazo.

Pedagogik texnologiya nima? Nega endi shuncha yillardan beri yarab kelgan ta‘lim jarayonini eskicha tashkil etishdan voz kechishimiz kerak va o‘quv jarayonini loyihalashtirishga yangicha yondashish zarur?

Bu yo‘nalishlar:



ta‘lim-tarbiya maqsadi, vazifasi, mazmuni, tizimini isloh qilish; ta‘lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;

ta‘limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;

ota-ona, o‘qituvchi-o‘quvchining ta‘lim jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;

va nihoyat, bu tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi - yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.

Tashxislanuvchan o‘quv maqsadlarini qo‘llashga o‘tilishi, o‘qitish texnologiyasida baholashning o‘ziga xos yangi mazmunga ega bo‘lishiga olib



keladi. Maqsad tashxislanuvchan usulda aniqlanar ekan, o‘quv jarayonining borishida uning belgilariga ham etalon sifatida qarash mumkin bo‘ladi. O‘qitish jarayonida joriy baho qaytuvchan aloqa rolini o‘ynaydi va etalon maqsadga (yoki uning qismlariga) erishishiga qaratilgan bo‘ladi. Agar maqsadga erishilmagan bo‘lsa, unda joriy nazorat natijalari asosida o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritilishi lozim. Shuning uchun ham, joriy baholar bilimlarni shakllantiruvchi funksiyani bajaradi. Demak, joriy nazoratlar baholanmaydi. Joriy mulohazalar mazmuniy harakterga ega bo‘lib, ular o‘quvchiga va uning faoliyatiga tegishli tuzatishlar kiritishiga yordam berishi lozim. Yakuniy baho ballarda ifodalanadi. Joriy baho kabi yakuniy baho ham tashxis usulida qo‘yilgan maqsadlarning etalon mezoniy belgilari asosida aniqlanadi va shuning uchun ham mezoniy harakterga ega bo‘ladi. O‘quv jarayoni ham shunga muvofiq yo‘nalishga ega bo‘ladi. Mezoniy baholash bu usulda o‘qitishning asosini tashkil qiladi.

O‘quvchilar bilimlarini shakllantiruvchi joriy baholar, ularga fan (kurs) ning har bir bo‘limi bo‘yicha tavsiya etilgan nazorat topshiriqlari bilan aniqlanadi. Bundan maqsad, o‘quvchilarda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf qilishdir. Bunday test variantlarining biri bo‘lim materialini to‘la qamrab olgan bir necha savollardan iborat bo‘lishi mumkin. Har bir savol ro‘parasida 4-5 ta javoblar (tanlab belgilash uchun) yoziladi. Har bir javob varianti bir qarashda to‘g‘riga o‘xshagan bo‘lishi, lekin faqat bittasi aniq to‘g‘ri bo‘lishi zarur. Javoblar A, V, S, D, Ye kabi harflar bilan belgilanadi. Javoblar o‘z-o‘zini tekshirish blankasiga o‘tkaziladi. Uni to‘ldirib bo‘lgandan so‘ng, o‘quvchi o‘z javoblarini test kaliti bilan taqqoslaydi va qaysi savollarga to‘g‘ri (noto‘g‘ri) javob berganligini o‘zi aniqlaydi. Javob bera olmagan savollarni o‘zi mustaqil ravishda (zarur bo‘lsa o‘qituvchi yordamida) o‘zlashtiradi. Bunda u alternativ o‘quv materiallari (o‘quv qo‘llanmalari, videomaterial, laboratoriya ishlarini bajarish uchun ko‘rsatmalar) dan foydalanishi ham mumkin.

Pedagogik texnologiyaning eng muhim yutuqlaridan biri - testlar fondini, o‘quv jarayonining borishini to‘la qamrab olgan nazorat - tekshiruv topshiriqlar to‘plamini yaratilishidir. Oldindan tayyorlangan, standartlashgan testlar ishda

anchagina qulaylik tug‘diradi. Har bir o‘quv siklida test yordamida baholash tezkor qaytuvchan aloqa o‘rnatishga imkon beradi va o‘quv jarayonini belgilangan maqsad tomon ketma-ket ravishda yo‘naltirib turadi.

Faol o’qitish metodlarini tanlash. Ta‘lim texnologiya elementlarini tanlash va amalga oshirishda o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatlarini e‘tiborga olish lozim. Amaliyotdagi oddiy qoida shu haqda guvohlik beradiki, nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida o‘quvchilarga yangi bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan‘anaviy metodlarni amalga oshirish orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim.

Har qanday holatda ham nazariy dars jarayonida, masalan faqat ma‘ruza o‘qiladigan vaqt 20 daqiqadan oshmasligi kerak.



Chunki o‘rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan keyin esa o‘rganishni davom ettirish motivasiyasi tezda pasaya boshlaydi.

Bu hamma takliflar o‘quvchining diqqatini uzoqroq vaqtgacha saqlab turishga xizmat qiladi.

Idrok qilish paytida qancha ko‘p sensorik (sezgi) kanallardan foydalanilsa,

esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar bilimlar faqat maruzalar orqali (passiv tinglash yolida) berilgan bolsa, unda 3 kundan so‘ng ularning faqat 25% ni eslash mumkin holos. Agar u ma‘ruzalar o‘qish (tinglash), namoyish va ko‘rgazmali qilish (ko‘rish, ushlab ko‘rish va shu kabilar) orqali berilsa va shu to‘g‘risida bahslashilsa, unda 3 kundan so‘ng 75% ini esga tushirish mumkin.

Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan bo‘lsa, ma‘lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o‘tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo‘lib hisoblanadi.



O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga o‘qitish metodlarining ta‘sir darajasi:

      1. Ma‘ruza - eshitganimizning 5%.

      2. O‘qish - o‘qiganimizning 10%.

      3. Videousul, namoyish - ko‘rganimizning 20%.

      4. Tajribani namoyish qilish-ko‘rgan va eshitganimizning 30%.

      5. Bahs-munozara - muhokama qilganimizning 40%.

      6. Mashqlar - o‘qigan, yozgan, gapirganimizning 50%.

      7. Ishbop o‘yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash - mustaqil o‘qiganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish qilganimizning 75%.

      8. Yo‘naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o‘qitish - mustaqil o‘rganganimizning, tahlil va muhokama qilganimiz-ning, boshqalarni o‘qitgan narsalarimizning 90%.

Yuqoridagi ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida noan‘anaviy metodlar qo‘llanilganda, o‘quvchilarning axborotni eslab qolish ko‘rsatkichining eng yuqori darajasi 30% ni tashkil etar ekan. Noan‘anaviy metodlar qo‘llanilganda esa, o‘quvchilarning axborotlarni o‘zlashtirish darajasi yanada ortib boradi.

Quyida ta‘lim jarayonida foydalanmoqchi bo‘lgan metodlarni tanlash vaqtida hisobga olish lozim bo‘lgan ayrim jihatlarni ko‘rib chiqamiz.

Har qanday ta‘limning maqsadi - bilimni hamda uni amalda qo‘llay bilish



ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish, shunga zarur shaxs sifatlari va ko‘rsatmalarni ishlab chiqishdir.

Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o‘rganayotgan ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya-bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq, hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan texnik vositalar, kompyuter, masofali o‘qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi-bu trener va o‘quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog‘liq deb hisoblaymiz, ya‘ni o‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har-bir ta‘lim texnologiyasi trener va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar,

tahlil eta olsalar, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, trener esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu, o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor, ya‘ni o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya-bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Ushbu fikrimizni chizma holatida quyidagicha ifodalash mumkin:




Yuqoridagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, maqsadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham trener, ham o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo‘ygan maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya‘ni texnologiyaga bog‘liq. Trener va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan. Bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar. Bular barchasi trener va o‘quvchiga bog‘liq.

Texnologik xarita o’quv jarayonini loyihalashtirishning asosi. O‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda trener o‘quv predmetining

o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o‘qitishning texnik vositalarini, eng asosiysi, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchini ta‘limning markaziga olib chiqish kerak.

Trener-o‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda trener-o‘qituvchiga u tomonidan bo‘lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir. Chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.

Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun trener- o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi, shuningdek, juda ko‘p metodlarni bilishi kerak bo‘ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko‘rinishda yoki shaklda tuzish, bu o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bulishi kerak. Texnologik xartaning tuzilishi trener-o‘qituvchini darsning kengaytirilgan konspektini yozishdan xolos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o‘z aksini topadi.

Quyida biz Mehnat talimi fanidan Duradgorlikda ishlatiladigan yogochlar (tyerak, tog‘tyerak, shumtol, qarag`ay, eman, nok, chinor va boshqalar)‖ mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan darsning oldindan loyihalashtirilgan texnologik xaritasini sizga havola qilamiz.

2.3 Elektr randa va ulardan foydalanishga oid mavzularni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Ta‘lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya-ta‘limining nazariy fazilatini ma‘lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deydi olim. Farobiy fikricha, yer yuzida faqat inson bilish qobilyatiga ega. Haqiqatni bilish esa, insonning tabiiy rivojlanish holatidan biridir, deydi.

Ta‘lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda Farobiy ikki usuldan foydalanishni tavsiya qiladi. Agar tarbiyalanuvchi bilim olishga ishtiyoqi zo‘r bo‘lsa, unga «yumshoq usul»ni ya‘ni xoxish bo‘lmasa «qattiq usul»ni qo‘llash joyiz, deydi.Beruniy esa bilimlarni egallash yo‘llari, usullari xaqida fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Ta‘lim berish jarayonida talabani zeriktirmaslik, bir xil fanni o‘tavermaslik, uzviylik, izchillik, mavzularini qizikarli asoslab, ko‘rgazmali bayon etish kerakligini uqtiradi. Bilim olishda tushunib o‘rganishga ilmiy tadqiqotchining ma‘naviy poklikka rioya qilishga aloxida e‘tibor berish. Sharqda mashhur bo‘lgan allomalardan biri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta‘lim-tarbiyada quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarurligini ta‘kidlaydi.

  • yoshlarga ta‘lim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;

  • ta‘limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;

  • olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;

  • jamoa bo‘lib maktabda o‘qishga e‘tibor berish;

  • bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish;

  • o‘qishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.

Yuqoridagi masalalarga Ibn Sino o‘zining «Tadbiri manzil» asarining «Bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash» bo‘limida to‘xtalib, ta‘lim va tarbiya jarayonini olib boradi.

Talabaga bilim berish o‘qituvchining asosiy burchidir. Shunga ko‘ra, Ibn Sino o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo‘l- yo‘riqlar beradi:

  • bolalar bilan muomala bosiq va jiddiy bo‘lish;

  • berilayotgan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e‘tibor berish;

  • ta‘limda turli usullardan foydalanish;

  • fanga qiziqtira olish;

  • berayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish;

  • bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;

  • har bir so‘zning bolalar xissiyotini darajasida bo‘lishiga erishish zarur.

XXI – asr innovasiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta‘lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.

Ta‘lim tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohaga yangi, zamonaviy, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ta‘lim samaradorligi oshirishda o‘quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan holda yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta‘lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi.

Quyida ta‘limning yangi pedagogik texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llanilishida misol keltirilgan.



Yangi pedagogik texnologiyaning maqsadi:

  • qatnashchilarni ko‘proq jalb etish va ularning bir-biridan o‘rganishga imkon berish;

  • qatnashchilarga ularning o‘z g‘oyalari va fikrlari bilan ko‘proq o‘rtoqlashish imkonini berish;

  • qatnashchilarni o‘zlarining o‘qishlari uchun ko‘proq ma‘suliyatni o‘z zimmalariga olishga majbur qilish.

Pedagogik texnologiya ta‘lim jarayoni yoki bitta darsning «qurilish

loyihasi», «o‘qitish san‘ati» bo‘lib, mavzuning umumdidaktik maqsadlarini aniqlab uni amalga oshirishga qaratilmog‘i zarur va uni ikki yo‘nalishga yangi va ilg‘or pedagogik texnologiyaga ajratish tavsiya etiladi.

Yangi pedagogik texnologiyani talablari quyidagilardan iborat:

  1. O‘quvchilarning qiziqish yo‘nalishini aniqlab olish.

  2. O‘quv materiallarini eng asosiylarini ajartib olish.

  3. O‘quv materiallarining maqsadlarini aniq belgilash va ularni tizimlashtirish.

  4. Ishlab chiqarish jarayonlari yo‘nalishining ilmiy-texnikaviyligini aniqlash.

  5. O‘qitishni motivasiyalashtirish.

  6. Ta‘lim jarayonini fanlararo aloqadorligini ta‘minlash.

  7. O‘quv materialini dasturli o‘qitish.

  8. O‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish Reyting tizimi qo‘llash.

Ilg’or pedagogik texnologiya o‘quvchilarning o‘quv maqsadlarini o‘rganish jarayonida ularning faolligini oshirish yo‘lida o‘qitishning uslub va shakllaridan samarali foydalanish. Bu esa didiaktikaning hozirgi kungacha erishgan yutuqlaridan tashabbuskor, ijodkor o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalaridan o‘rinli va unumli foydalanishdir, ya‘ni:

  1. O‘quv maqsadini suhbat, muloqat, hamkorlik usullarida amalga oshirish;

  2. Reproduktiv fikrlash (qabul qilish va qayta takrorlash);

  3. Produktiv fikrlash (mahsuldor, samarali);

  4. Tadqiqiy ijodiy fikrlash, o‘rganishning ilmiy siklik sxemasi (obyekt – model – gipoteza eksperiment);

  5. Nostandart darslar: seminar, bahs muloqot, darslik ustida mustaqil ishlash, ishchanlik o‘yinlarini tashkil etish.









Xulosa


Kurs ishi yuzasidan olib borilgan nazariy va amaliy tajribalarimiz asosida quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin. Umum ta‘lim maktablarining turli bosqichlarida elektr randa va ulardan foydalanish mavzusini o’qitish maqsadlari quyidagilardan iborat:

Boshlang‘ich maktabdagi (1-4 sinflar) mehnat ta‘limi o‘quvchilariga ta‘lim berish va tarbiyalash, ularni ruhan va jismoniy rivojlantirishning negizi bo‘lib, quyidagi maqsadlarni amalga oshirishini: oddiy mehnat turlari va mehnat jarayonlari hamda oddiymehnat qurollari bilan tanishtirishni, oddiy ish harakat usullarini to‘g‘ri bajarishni o‘rgatishni, ularni rejalashtirishni, ish o‘rnini tartibli saqlash, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi boshlang‘ich mehnat xislatlarini shakllantirishini nazarda tutadi.

Tayanch maktablari (5-9 sinflar) bosqichida o‘quvchilarda umummehnat ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi, ularning qiziqish va qobiliyatlariga ko‘ra, kasbiy moyilliklari, kasb-hunar turlarini tanlashga yo‘naltirilgan xislatlar, umummehnat madaniyati shakllantiriladi va rivojlantiriladi, iqtisodiyotning turli sohalari ularda ishlatiladigan texnika va texnologiya to‘g‘risida bilimlar beriladi. Mehnat faoliyatining turli sohalarni bilish amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratadi, ularni xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish usullariga o‘rgatiladi.

Mehnat ta‘limining yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarini amalga oshirish uchun quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish lozim:

-turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli vazifalarni yechish,

tajribalar o‘tkazish, o‘lchash-tekshirish asboblaridan, ma‘lumotnoma-lardan foydalana olish, mehnat operasiyalarini bajarish, olingan natijalarni qo‘yilgan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o‘rgatish;

-o‘quvchilarda bilim va mehnatga muhabbat, mehnat axllariga nisbatan hurmat xissini singdirish, ularni jamoatchilik, vatanga sadoqat ruxida tarbiyalash;
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

I. Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent.: «O'zbekiston» -1997 yil.

    1. Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi. -Toshkent: Sharq, 2002.-20 b.

    2. Avliyaqulov N.X. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. -: Toshkent. 2001 y.




    1. Txorjevskiy D.A. Mehnat ta‘limi metodikasi. –T.: «O‘qituvchi», 1987.




    1. Magzumov T.G. O‘quvchilarni mehnatga va kasb tanlashga tayyorlash. –T.:

«O‘qituvchi», 2001, 100 bet.


    1. Tolipov O‘. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish o‘quv- metodika kabineti faoliyatini tashkil qilish. Metodik qo‘llanma. –T.: 2000, 28 b.

    2. Varobev A.I. Mehnat ta‘limi va kasb tanlashga yo‘llash metodikasi. -T.:

Oqituvchi, 1984.


    1. Davlatov K., Magzumov G. Mehnat va kasb tanlashga yo‘llash nazariyasi hamda metodikasi. –T,: O‘qituvchi, 1990.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti. 5142000 Mehnat ta'limi yo‘nalishi zaruriy mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan TALABLAR. Nizomiy nomli TDPU. Toshkent -2003 y






Download 333.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling