Kurs ishi byudjet tashkilotlarida mehnat haqi hisobi. Bajardi: br-75 guruh talabasi Muydinov Dilmurod Ilmiy rahbar: Ergasheva Shaxlo Turg’unovna


Download 6.13 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi6.13 Kb.
#1031079
Bog'liq
Kurs ishi byudjet tashkilotlarida mehnat haqi hisobi. Bajardi b-fayllar.org


Kurs ishi byudjet tashkilotlarida mehnat haqi hisobi. Bajardi: br-75 guruh talabasi Muydinov Dilmurod Ilmiy rahbar: Ergasheva Shaxlo Turg’unovna

KURS ISHI Byudjet tashkilotlarida mehnat haqi hisobi. Bajardi: BR-75 guruh talabasi Muydinov Dilmurod Ilmiy rahbar: Ergasheva Shaxlo Turg’unovna

R E J A: 1. Xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi. 2. Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi. 3. Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi. 4. Stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi. 5. Xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar xisobini buxgalteriya xisobvaraqalarda aks ettirilishi.

Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish uning maqsadi va vazifalari.

Budjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadi:


  • Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);

  • Ish haqiga qo‘shimchalar;

  • Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro‘yxatlarga muvofiq);

  • Boshqa xarajatlar.

      Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida budjet tashkilotlari budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalarini shakllantiradi.

Xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi.

Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsentlari ko‘rsatiladigan hujjatlardir. Birinchi razryadning tarif koeffitsenti birga teng bo‘lib, razryad ortgan sari tarif koeffitsenti ham ortib boradi.

Budjet tashkilotlarida asosan vaqtbay asosida ish haqi to‘lanadi. Bunda xar qaysi budjet tashkiloti namunaviy shtatlar jadvaliga asoslanib shtat birliklarini shakllantiradi va belgilangan tartibda razryadlarini qo‘yib oylik ish haqini (okladlarini) hisoblaydi va shtatlar jadvalini shakllantiradi. Xozirda budjet tashkilotlarida shtatlar jadvaliga kiritilgan ba’zi lavozimlar bo‘yicha qonunchilikka asosan belgilangan oylik ish haqlari tayinlanadi. Budjet tashkilotlarida “Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi to‘g‘risida yo‘riqnoma” (O‘z.R AV. tomonidan 1995 yil 20 sentyabrda № 177-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) asosan oylik ish haqiga nisbatan 15 foiz miqdorida xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi va ushbu nizom talablari bo‘yicha mukofot, moddiy rag‘batlantirish ko‘rinishida sarflanadi.

Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi.


  • Hizmat safari harajatlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarida hizmat safari harajatlarini amalga oshirish “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi hizmat safarlari to‘g‘risida Yo‘riqnoma (O‘z.R AV. tomonidan 2003 yil 29 avgustda № 1268-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) va Xorijiy mamlakatlarga hizmat safarlari “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi” (O‘z.R AV. tomonidan 2000 yil 5 iyunda № 932-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan)ga asosan amalga oshiriladi.

Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi.


  • Mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 11 martdagi 133 son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi”ga ko‘ra o‘rtacha oylik ish haqi hisoblab topiladi.

  • Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqalarini hisoblash “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va tartibi to‘g‘risida Nizom” (O‘z.R AV. tomonidan 2002 yil 8 mayda № 1136-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) talablari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra kasallik varaqasiga asosan xodimning haqiqatda vaqtincha mehnat qobilyatini yo‘qotgan ish kunlari uchun yuqorida keltirib o‘tilgan tartibda o‘rtacha ish haqi aniqlanib mehnat stajidan kelib chiqib miqdori aniqlanadi.

Stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi.


  • Stipendiya to‘lovlari bo‘yicha hisoblashuvlar “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma”(O‘zR Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi va O‘zR Moliya vazirligining 2004 yil 2 martdagi 2P, 43 son qarorlari bilan tasdiqlangan) ga asosan amalga oshiriladi.

  • Stipendiya chuqur kasbiy bilimlarni egallash va davomatni oshirishda talabalarni rag‘batlantirish, mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar barpo etish maqsadida to‘lanadi.

Buxgalteriya hisobida xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar 17 “Xodimlar va stipendiatlar bilan hisob-kitoblar” schyoti quyidagi subschyotlarda yuritiladi:


  • 170 - “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar”;

  • 171 - “Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisob-kitoblar”;

  • 172 - “Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar”;

  • 173 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar”;

  • 174 - “Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”;

  • 175 - “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar”;

  • 176 - “Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo‘yicha hisob-kitoblar”;

  • 177 - “Deponentlangan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar”;

  • 179 - “Hodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar”


http://fayllar.org
Download 6.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling