Kurs ishi ilmiy rahbar: N. Alimova farg’ona 2022 kirish I bob O'zbek xonliklarining tashkil topishi


II bob Xonligining diplomatik munosabatlari


Download 58.96 Kb.
bet4/8
Sana30.03.2023
Hajmi58.96 Kb.
#1310272
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GULAFZO QO\'LDOSHEVA 3

II bob Xonligining diplomatik munosabatlari
2.1 Xiva xonligining diplomatik munosabatlari
XVI asrdan boshlab tarix sahnasida muhim iz qoldirgan Oʻrta Osiyo xonliklaridan biri Xiva xonligidir. Xiva xonligi oʻzining geografik jihatdan kulay joyda joylashganligi va suv yoʻli bilan taminlanganligi sababli Oʻrta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan boʻlgan. Xiva xonligi karvon yoʻllari ustida joylashgan. Ayniqsa, u Rossiyaning Buxoro bilan savdo aloqalarida muhim oʻrin egallagan. Xiva xonligi Gʻarb bilan Sharq urtasidagi savdoda faol qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi faol ishtiroki uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi taraqqiyoti bilan bogʻliq. Xiva xonligi iqtisodiyotining turli tarmoqlari jadal rivojlangan boʻlib, xonlikning yirik shaharlarida hunarmandchilikning maʼlum ishlab chiqarish sohalari boʻyicha ixtisoslashganligi ko’zga tashlanadi. Jumladan, Xivada gilam to’qish, yogʻoch oʻymakorligi, toʻquvchilik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari mavjud boʻlgan. Hunarmandchilikning sohalar boʻyicha rivojlanganligi savdo-sotiqning taraqqiyoti uchun muhim omil boʻlib xizmat qilgan. 1753-yil Xiva va Buxoroda boʻlgan rus savdogari D. Rukavkin paxta ekinining moʻlligi va hunarmandchilik korxonalari ochish uchun davlatning maʼlum tartib qoidalarining yo’qligini yozadi. Uning xabariga koʻra, bu yerda hech qanday ruxsat olmasdan, xoxlagancha zavodlar, yani korxonalar ochish mumkin boʻlgan. Bu oʻrinda albatta xivaliklarning xususiy korxonalarni ochishga davlat tomonidan to’siqning boʻlmaganligi etirof etiladi7. XIX asrning 30-40-yillarida Xivada hunarmandchilik sohalarining eng muhimlaridan biri zargarlik hisoblangan. Zargarlar tilla buyumlar, taqinchoqlar yasashda feruza, koral, marvarid, lal, zumrad, rangli shisha, sapfir kabi toshlardan koʻp foydalangan. XIX asrning ikkinchi yarmida saqlanib qolgan hunarmandlar va savdogarlar nomlari, Xiva bozorlarida tovarlar xilma- xilligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Jumladan, pazachi-yer haydash asboblari yasovchilar, xarrak-temirchilar, kuchanchi-buyincha yasovchi ustalar, misgar, zargar, pichoqchi, qinchi, boʻyoqchi, choponfurush, telpakduz, konchi, kovushdoʻz, tavoqchi, qulf- gar, kiyiz-furush, juvozchi, sholikor-sholitegirmonida ishlovchi, qassob, tuzchi, kallapoz-qoʻy kallasi sotuvchilar, baliqchi, nonvoy, choy va tamaki sotuvchilar, baqqollar, yogʻoch furushlar, koʻmirchi, shamchi, sovunchi, sarrof, jarchi va boshqalar. Bozorlarda bazi hunarmandlarning doʻkonlari ham boʻlib, mahsulotni shu yerda ham tayyorlagan va ham sotgan. Demak, doʻkon ham korxona, ham rasta vazifasini utagan. Masalan: temirchi, misgar, tunkachi, sandiqchi va boshqalar. Poʻstinduzlar, ipak mato toʻquvchilar, etikchilar va bogaqalar uylarida ishlaganlar, va bozor kunlari mahsulotni bozorga olib chiqib sotganlar1. Xiva ananaviy metall buyumlar ishlab chikarish markazi boʻlib, XIX asrning urtalarida u yerda 38 misgar boʻlgan. Shunday qilib, Xorazmning hunarmandchiligi iqtisodiy hayotda muhim rol oʻynagan. Eng muhim badiiy buyumlar yasash ananalari Xorazm ustalaridan meros boʻlib kelgan. Mamlakatda hunarmandchilikning rivojlanishi bevosita iqtisodiy taraqqiyotga, ichki va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga zamin yaratgan. Mahmud ibn Vali “Bahr-ul asror” asarida Balx viloyati, uning jugʻrofik oʻrni, odamlari, poliz va sabzavot ekinlari haqidagi boʻlimda u yerda yetishtiriladigan va chetdan olib kelinadigan mahsulotlar haqida xabar berib, Xorazmdan koʻk-tarnay qovuni, Buxorodan qora qovun, mulla payandagi va daroyi, Samarqandning zagare qovuni va gilosi, shimoliy Xitoyning shaftolilari, Xorazmning tut daraxtlari, Margʻilonning charxi deb atalgan oʻriklari, Samarqandning sangak olmasi va bosh- qalarning Balxga keltirilganligi va hattoki u yerda yetishtirila boshlanganligini taʼkidlaydi8. Demak, Xorazm qovunlari Balxda ham mashhur boʻlgan. Maʼlumki, qovun suvsiz oʻsmaydi, koʻp sugʻorilsa unchalik shirin ham bo’lmaydi. Mahmud ibn Vali Xorazmda sugʻormasdan qovun yetishtirish siri haqida maʼlumot beradi. Uning yozishicha, yantoqning uzun tomiri uzunasiga kesilib, unga qovun urigʻi joylashtiriladi, yaʼni ekiladi. Qovun oʻsib chiqib, pishgunga qadar yantoq ildizi suvi bilan oziqlanadi. Bunday qovun katta va shirin boʻlgan. Bu kabi qovun yetishtirish usuli hozirgi kunda ham Buxoro viloyatining baʼzi choʻl xududdarida qoʻllaniladi. Mahmud ibn Vali Xorazmning rus yerlari bilan savdodan katta foyda olishini taʼkidlab oʻtgan edi. Demak, serqirra hunarmandchilik tarmoqlarining mavjudligi Xivaning azaldan modsiy va maʼnaviy madaniyat markazi bulib kelganligini, xivaliklarning boshqa davlatlar bilan iqgisodiy- savdo aloqalarini davom etgirib kelganligini XVI asrda ham kuzatish mumkin, degan xulosa qilishga imkoniyat beradi. Xiva xonligi XVI asrda Rossiya, Hindiston, Eron, Buxoro xonligi bilan savdo aloqalarida boʻlgan. Xivaning tashqi iqtisodiy aloqalarini Xivaga kelgan rossiyalik va chet ellik elchilarning, hamda Rossiyaga borgan xivalik elchilarning keltirgan maʼlumotlarini taxdil qilish asnosida yoritishga harakat qilamiz. Jumladan, 1585-yil 11-noyabrda xivalik elchi Xoʻja Muhammadning Rossiya podshosi Fedor Ivanovichga keltirgan tortiqlari orasida tillo zari yuritilgan har xil ranglar bilan boʻyalgan, qimmatboho mashhad kamoni ham boʻlgan. Bu esa Xivaning Eron bilan savdo qilganligining bir isboti hisobanadi.

Download 58.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling