Kurs ishi mavzu : jahon iqtisodiyotining globallashuvi muammolarining oqibatlari va hal etish yo‘llari


Download 0.5 Mb.
bet13/24
Sana23.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1383188
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
30 mavzu JAHON IQTISODIYOTINING GLOBALLASHUVI MUAMMOLARINING OQIBATLARI

a. Ishsizlikning o’sishi

  • Yangi texnologiya joriy etilishi natijasida sanoatda ish joylari qisqaradi va ijtimoiy keskinlikni kuchaytiradi;

  • Ishlab chiqarish tarkibining o’zgarishi va mehnat sig’imli tovarlar ishlab chiqarishning rivojlanayotgan mamlakatlar hududiga ko’chirilishi;

  • Ishchi kuchi harakatchanligining ortishi.

b. TMKlar salmoqli nufuzga ega bo’lishi natijasida ular o’z manfaatlarini yuqori qo’yadi, buning natijasida mahalliy hukumatning roli pasaya boradi va uning ba’zi funkstiyalari turli davlatlararo tashkilotlar va uyushmalarga o’tadi.
Globallashuvning asosiy muammolaridan biri jahon miqyosida milliy iqtisodiyotlarning o’zaro bog’liqligi tufayli global beqarorlikning muqarrarligi hisoblanadi. Natijada ma’lum bir mamlakatda ro’y bergan iqtisodiy o’zgarishlar yoki inqirozlar butun mintaqa yoki jahon miqyosida ta’sirini o’tkazishi mumkin. Bu holat faqat nazariy emas, hayotiy muammodir. Buni 1997 yil o’z ta’sirini o’tkazgan Osiyo moliyaviy inqirozi ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari XX asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQSh bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyoning boshqa mamlakatlariga ham keng yoyildi34. Buni Bitiruv malakaviy ishimizning 2.4 qismida ko’rib chiqamiz.

2.4 Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida xalqaro savdoning o’zgarish tendenstiyasi


Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan biri – uning qamrovi kengayib borayotganidadir. Bu jarayon rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari nafaqat savdo-sotiq sohasida, balki boshqa ko’lamlarda ham erkinlashib borayotganligi ularning milliy iqtisodlari tobora ko’proq o’z qobig’ini yorib, bir-biri bilan bog’lanib ketayotganligi bilan ajralib turadi. Ushbu jarayonlar quyidagi ikki g’oyat muhim holat natijasida hisoblanadi:

  1. Bir tomondan, amaliyotda tobora ko’proq milliy bozorlarning yaratilishi, milliy iqtisodiyotlarning tashqi aloqalarga urg’u berishi;

  2. Ikkinchi tomondan, xalqaro xo’jalik munosabatlarini rivojlantirish va chuqurlashtirish yo’lida uchraydigan transport, kommunikastiya sohalarida g’ov-to’siqlarini darhol bartaraf etuvchi texnologik innovastiyalar.

Bugungi kunda integrastiya jarayoni kuchayib bormoqda va bu sharoitda jahon iqtisodiga qo’shiluvning tub bahosi yuz chandon ortib ketmoqda.
1980-yillarning o’rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy muammolar haddan tashqari yuqori sur’atlarda o’sayotgan davrga qadam qo’ydi. 1986-yildan 1996-yilgacha bo’lgan davr ichida xalqaro savdo oboroti hajmi bir yilda o’rtacha 6,5% ga ortdi va o’n yil ichida 1,9 barobar ko’paydi. Ushbu yillar mobaynida xalqaro xizmatlar savdosi 2,4 marta ko’paydi. 1985-1995 yillar ichida xalqaro savdoning jahon yalpi mahsulotidagi salmog’i oldingi 10 yillikdagiga nisbatan uch marta va 1996-2004 yillarda esa qariyb 2 marta ko’proq jadallashdi. Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan, ularning bir-biriga muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat beradi35.
Hozirda ko’plab mutaxassis va ekspertlar tomonidan jahon moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi restessiya va iqtisodiy pasayishni, investistiyaviy faollik ko’lami cheklanib borishini, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda. Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
4-jadval

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling