Nutq o‘stirish bo‘yicha metodlari
Pochtalon posilka tashiydi.
O‘yinning maqsadi. Bolalar nutqini o‘stirish.
Qo‘llanmalar.
Paketga solingan o‘yinchoqlar (o‘yinda qatnashuvchilar soniga qarab).
O‘yinning borishi. O‘yinchoqlar yuk mashinasiga taxlanadi, bular posilkalar hisoblanadi. Pochtalon ularni tashiydi. U birinchi paketni logopedga beradi.
Logoped paketni ochadi va nima olganligini, (ya’ni predmetning nomini aytadi va shu predmetni ta’riflaydi, uning rangini, ba’zi hollarda esa hatto shaklini, u bilan qanday o‘ynash kerakligini aytadi. Bolalar ham paket olganlarida olgan predmetlarini logoped gapirib bergandek ta’riflab beradilar. Ko‘rgazmali materiallar, didaktik o‘yinlar bolalar tafakkurini takomillashtiradi, ularning idrokini o‘stirib, ma’lum izga soladi. Bunga misol keltiramiz.
Eslab qol o‘yini
Logoped o‘yin maqsadini tushuntirib beradi, ya’ni bolalar biron predmetning bir qancha belgisi va harakterli xususiyatlarini eslab qolishlari lozimligini ta’kidlaydi. Masalan, quyoshning issiqlik tarqatishi, nur sochishi, yorug‘lik berishi aytiladi. Havo haqida: toza xavo, issiq havo, sof havo, iliq havo, sovuq havo; shamol haqida: shamol esdi, iliq shamol, sovuq shamol, bulut haqida: bulut chiqdi, xavo bulut, bulutli kun kabi.
Bu o‘yinni o‘rgatishda bir gruppa Bolasiga bitta predmet belgisi haqida, ikkinchisiga boshqa predmet belgisi haqidagi so‘zlarni eslab qolish tavsiya etiladi. Qaysi gruppa Bolalari so‘zlarni puxta eslab qolsa, o‘sha gruppa g‘olib hisoblanadi. O‘yinni davom ettirib, gruppalar o‘rnini almashtirish ham mumkin.
«Nima uchun?» texnikasining sxemadagi ko‘rinish
«Nima uchun?» texnikasi sxemasini tuzish qoidalari
1.Qanday piktogrammadan foydalanishni o‘zingiz hal etasiz.
2.Mulohazalarning sxematik ko‘rinishi qanday bo‘lishini o‘zingiz hal etasiz.
3.Har bir strelka fikr yo‘nalishini ko‘rsatishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |