Kurs ishi mavzu: “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test miyyorining maqsadi va vazifalari
Yosh toifalari asosida, uch bosqichga bo`linishi
Download 51.64 Kb.
|
Alpomish va Barchinoy testi
3. Yosh toifalari asosida, uch bosqichga bo`linishi.
Maxsus testlarning bosqichlarga bo`linishi, deyarli barcha yoshdagi kishilarni ularga jalb etishga qaratilgan. 1-bosqich — 6 yoshdan 17 yoshgacha; 2-bosqich — 18 yoshdan 33 yoshgacha; 3-bosqich — 34 yosh va undan katta yoshda bo`lganlar uchun. Ta’kidlash lozimki, har bir bosqichdan shug`ullanuvchilar ham anatomik va fiziologik funktsiyalar asosida turli yosh guruxlarga bo`linib, ularga alohida sinov talablari hamda miyorlari belgilangan. Maxsus testlarni ishlab chiqish va ularni tayyorlashda bir qator ijodkor olimlar hamda amaliy mutaxassislar yurtimiz sharoitlarini hisobga olishga harakat qilishgan. Bu amaliyotda o`zining ijobiy tomonlari bilan bir qator salbiy tomonlari ham yo`q emas. Ular haqida ba’zi bir mulohazalarni bildirish mumkin, ya’ni jobiy xususiyatlar haqida: Barcha yoshdagi kishilarni jismoniy madaniyatning majmui (kompleks) talablari asosida shug`ullanishni o`rganish, har tomonlama jismoniy barkamolikka erishishga da’vat etish. O`quvchi yoshlarning u yoki bu mashq turida o`zini sinovdan o`tkazish, o`z layoqatini bilish va shu asosida sportga yo`l olish, yangi qadamlar tashashga imkoniyatlar yaratish. Ko`pchilik (gurux) bo`lib musobaqalashish, tengdoshlar bilan kuch sinashish va g`oliblik uchun kurashishga otlantirish va x.k. Bu turlarni testga kiritish milliy qadriyatlarga sadoqatli bo`lish, qolaversa jismoniy barkamolikni egallashga imkoniyatlar yaratilishi tabiiydir. Hulosa qilib aytilsa, maxsus testlarning amaliy mohiyatlari shundaki, barcha yoshdagi kishilarning salomatligini yaxshilash, o`quvchi yoshlarning sportga bo`lgan havaslarini uyg`otishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Shu sababdan talabalar kelajakda maxsus testlarga tayyorgarlik jarayonlarini yaxshilash yo`llari va ularni tarkibini milliy sport turlari bilan boyitish usullarini kengroq, chuqurroq o`rganishlari zarur. Aholining salomatligini yaxshilash yo`lida «Alpomish»va «Barchinoy» maxsus testlari bo`yicha tayyorgarlik ishlarini yaxshilash xozirgi kun talablaridan biridir. Mahallalar va qishloqlarda sportni kengaytirish, xalq milliy o`yinlarini qiziqarli ravishda tashkil qilishga e’tibor berilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya muassasalari va oilalarda jismoniy tarbiyani yo`lga quyishda yangi qadamlar qo`yilmoqda. Barcha turdagi o`quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish Davlat ta’lim standartlari asosida olib borilmoqda. «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada», «5 ta tashabbus» kabi ko`p bosqichli sport musobaqalari amalga oshirilmoqda. «Yoshlar ittifoqi», kasaba uyushmalarining sport jamiyati va ularning quyi tarmoqlarida ommaviy sport musobaqalari maqsadli o`tkazilib kelinmoqda. BO`SMda iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, ularni sport mahoratlarini oshirishda katta faoliyatlar amalga oshrilmoqda. Ma’lumki, jismoniy madaniyat faoliyatining bunday keng tarmoqli tizimida o`qituvchilar, murabbiylar, tashkilotchilar, jamoatchi faollar mehnat qilishadi. Hozirgi kunda jismoniy madaniyat va sportga katta e’tibor berilmoqda. Bu soha tobora keng quloch yozib, mutaxassis kadrlarga bo`lgan ixtiyojlar kun sayin oshib bormoqda. Shu sababdan O`zDSU, viloyatlardagi jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat fakul’tetlari, Olimpiya o`rinbosarlari kollejlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo`limlari hamda sport turlariga ixtisoslashtirilgan turli sport maktablari mutaxassis kadrlar va mahoratli sportchilar tayyorlashda fidokorona mehnat qilmoqda. Bu jarayonlarni talabalarga o`rgatish va mutaxassislik bilan qurollantirish davr taqozosidir. Download 51.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling