Kurs ishi mavzu: Bajardi: 1-kurs talabasi Qabul qildi: t f. n dots. Toshkent-2023 O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakillantirish sharoitida davlat funksiyalarining òzgarishi va yangilanishi


Download 248 Kb.
bet12/14
Sana24.01.2023
Hajmi248 Kb.
#1115570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakill

Ettinchi ustuvor maqsad vazifa - islohotlarning bosh yo'nalishi va samaradorligining pirovard natijasi bo'lmish inson omili va mezoni. Darvoqe, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan O'zbekiston xalqining 8ta konstitutsiyaviy maqsadi hammasi bevosita inson omili bilan bog'liqdir.
Jumladan, “inson huquqlariga sodiqlik”, “hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyat”, “o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasi”, “demokratik va ijtimoiy adolatga sadoqat”, “xalqaro huquqni umum e'tirof etilgan qoidalari ustunligini”, “fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ...”, “tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash”, “insonparvar demokratik huquqiy davlat etish”.
Ayni paytda, Asosiy Qonunda demokratik jamiyat va davlat faoliyatida hamma narsa inson manfaati va insonliklari, uning burch-majburiyatlari aniq belgilab berilgan. Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga ko'ra, inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinadi, odamlar o'rtasida munosabatlarni madaniylashtirish va shu bilan demokratik huquqiy davlatning asosiy vazifasidir. Odamlarda demokratiya va siyosiy plyuralizm g'oyalariga sadoqatni tarbiyalab, erkin saylovlaru qonun ustuvorligi asosida demokratik jamiyat barpo etishga ongli safarbarlik madaniyati shakllandi. Bu, shubhasiz, jamiyatda tinchlikni, xavfsizlikni, adolat va hamkorlikning barqarorligini ta'minlaydi, shaxsning o'ziga va davlatga ishonchini mustahkamlaydi. Adolatli fuqarolik jamiyati ana shunday ishonchga asosidagina shakllandi, huquqiy davlat esa demokratik tartibga erishadi, demokratik taraqqiyot yo'lidan izchil borishda muntazamlikni ta'minlab, qonuniylikni ayniqsa, inson shaxsi oliy qadriyat ekanligini amalda isbot qiladi.
Inson huquqlari himoyasiga safarbar tashkilotlarning (Inson huquqlari Markazi, Ombudsman instituti) respublikada samarali faoliyatlari aynan ana shu xalqaro hujjatlarga asoslanayotgani, shubhasiz, insoniylik mezonlari talablari qat'i amalda ekanligini ko'rsatadi.
Inson shaxsiga qadr-qimmatni, odamlarning teng va ajralmas huquqlarini himoya qilish borasida mamlakatda olib borayotgan ustuvor siyosat oqibati o'laroq, jamiyatda adolat tantana qilmoqda. Zotan, inson omili va mezoni barcha islohotlarning pirovard natijasi bo'lib, u hamma narsa inson uchun, uning baxt-saodati uchun, degan tsivilizatsiyaga asoslanadi. Bu maqsad O'zbekistondek ko'p millatli va ko'p konfessiyali davlatda demografik va bo'lak xususiyatlarni inobatga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, degani. Bozor munosabatlariga o'tish jarayoni va bosqichlarida har bir fuqaro - inson ijtimoiy kuchli himoya qilinishi milliy taraqqiyot strategiyasi - mashhur besh tamoyilning bittasi qilib qo'yilgani sababi ana shu inson omili - mezonida. Mustaqil davlatimizning bu odil insonparvar demokratik siyosati o'laroq, ijimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa to'lash tizimini takomillashtirish, ekologik, boshqa xavf- xatarlardan xalqni muhofaza qilish, shaxsni muntazam kamol toptirish, fuqarolarning ijtimoiy talab hamda e'tirozlarini qondirish borasida aniq va amaliy ishlar bajarilmoqda.1
Zotan, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan “barcha islohotlarning pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezoni ekanligini, deydi I.A.Karimov. - Bu tamoyilning ma'no-mazmuni demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish demakdir.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling