Kurs ishi mavzu: Bo'g'imoyoqlilar(arthropoda) tipining sistematikasi Bajardi: Qabul qildi: Samarqand 2020 Mundarija


Jag‘oyoqlilar (Maxillopoda) kenja sinfi


Download 0.59 Mb.
bet9/13
Sana14.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#174022
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Usanov Abdujabbor Farxodovich

Jag‘oyoqlilar (Maxillopoda) kenja sinfi. Jag‘oyoqlilarning og‘iz organlari yaxshi rivojlangan bo‘ lib, ozig‘ini suvdan ajratib olish uchun xizmat qiladi. Fasetkali ko‘zlari va jabralari bo‘ lmaydi. Ko‘pchilik turlarida qon aylanish sistemasi rivojlanmagan yoki juda soddalashgan. Ko‘ kragi odatda 6 bo’g’imdan iborat. Ko‘ krakoyoqlari suzish uchun xizmat qiladi.

Jag‘oyoqlilar keng tarqalgan, dengiz va chuchuk suvlarda turli chuqurlikda uchraydi. Ba′zi turlari o‘ troq yashaydi yoki boshqa suv hayvonlari, jumladan qisqichbaqasimonlarda parazitlik qiladi. Ular mistakokaridlar, kurakoyoqlilar, karpxo‘ rlar, mo‘ ylovoyoqlilar, xaltako‘ kraklilar turkumlariga bo‘ linadi.

Kurakoyoqlilar (Copepoda) turkumi. Kurakoyoqlilar boshi ancha murakkab tuzilgan, unga birinchi ko‘krak bo‘g‘imi ham kiradi. Ko‘kragi beshta, qorin bo‘ limi esa to‘rtta bo‘g‘imdan iborat. Boshi ustida nauplius ko‘zi, qorin tomonida og‘zi, uzun antennulasi, kalta antennalari va ikki juft jag‘oyoqlari joylashgan. Uzun antennulalari suzish uchun xizmat qiladi. Ko‘ krak oyoqlari ikki shoxli, oyoqsiz qorin bo‘ limining uchki qismida ayrisi bo‘ladi. Urg‘ochi qisqichbaqalar yetilgan tuxumlarini qorin qismidagi 1-2 ta xaltachasida yopishtirib olib yuradi. Tuxumdan chiqqan nauplius lichinkasi ko‘p marta tullab voyaga yetadi.

Kurakoyoqlilarning 1800 ga yaqin turi ma‘lum. Ular dengiz va chuchuk suvlarda plankton hayot kechiradi. Ayrim hollarda ulilar planktonning asosiy qismini tashkil etadi. Mayda suv o‘tlari, bakteriyalar, organik qoldiqlar bilan oziqdanadi; parazit turlari ham bor.

Chuchuk suv havzalari va sholipoyalarda siklop -Cyclops va Diaptomus urug‘iga mansub qisqichbaqasimonlar keng tarqalgan. Ular noqulay sharoitda qalin po‘stga o‘ralib, qulay sharoit kelishi bilan tez ko‘paya boshlaydi. O‘rta Osiyo huddida kurakoyoqlilarning 30 dan ortiq turi tarqalgan. Sikloplar suv havzalarida baliqlarning ozig‘i sifatida katta ahamiyatga ega. Lekin ular ayrim parazit chuvalchanglarning oraliq xo‘jayini sifatida salbiy ahamiyatga ham ega. Dengizlarda kurakoyoqlilarning 1200 dan ortiq turi tarqalgan. Suvning chuqur bo‘lmagan qicmida kalanuslar ayniqsa ko‘p uchraydi. Calanus finmarchicus Barents dengizining ayrim joylarida planktonning 90% ga yaqinini tashkil etadi. Ko‘pchilik baliqlar va moylovli kitlar asosan kalanuslar bilan oziqlanadi. Ayrim kurakoyoqlilar turli hayvonlar paraziti hisoblanadi. Baliqlar jabrasida Ergasilus, Lamproglena va Achteres parazitlik qiladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling