Kurs ishi mavzu: Bolalarni ijtimoiy tarbiyalashning ahamiyati va muhim jihatlari. Bajardi


Download 51.25 Kb.
bet3/9
Sana21.01.2023
Hajmi51.25 Kb.
#1107051
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalarni ijtimoiy tarbiyalashning ahamiyati va muhim jihatlari

Mundarija:
Kirish.
Asosiy qism.
I-Bob. Bolalarning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishi.

    1. Kichik maktab yoshi.

    2. Bolaning ijtimoiy muhitda moslashuvi.

II-Bob. Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning tutgan òrni.
2.1.Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy xususiyatlarini shakllantirish.
2.2. Bolani ijtimoiy shakllantiruvchi asosiy omillar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda har yili muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha yil dasturi qabul qilinadi. Bu yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla Yili” deb nomlandi. Shunga binoan, Davlat dasturi amalga oshirilyapti. Bu yilgi davlat dasturining ko‘lami ham, marralari hamoldingilaridan ancha salmoqli, yuksak. Buni belgilangan chora-tadbirlar ijrosi uchun avvalgi yillardagiga nisbatan qariyb bir yarim barobardan ziyod mablag‘ ajratilgani ham ko‘rsatib turibdi. Bundan tashqari ta’lim sohasiga ham alohida rivoji uchun ham kòplab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni joriy etildi.Prezidentimiz “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim —Yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaing hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya uqtiradi.¹ Bundan kòrinib turibdiki yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularda vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, milliy ongi va tafakkurini rivojlantirish hamisha demokratik jamiyatning eng asosiy maqsadi va matlabi bo‘lib kelgan. Tarbiyadan murod komil insonni voyaga yetkazishdir. Komillikning belgisi haq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdan iborat. Inson kapitali qancha boy bo‘lsa, odamlarga shunchalik ko‘p foyda keltira oladi. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta’lim, uning rivojlanish jarayoni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichda ilmiy bilimlar darajasi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qiladi. Bunda pedagogikaning ijtimoiy taraqqiyot talabiga javob berganligi, ilmiy taraqqiyot bir butun tarbiya nazariyasi va amaliyot ekani hisobga olingan. U yoki bu pedagogik konsepsiyalar, ta’limotlarni tavsiflaganda shu ta’limotlar ijodkorining hayoti va faoliyatidagi eng muhim voqealarni asos qilib olish nazarda tutilgan.

Download 51.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling